Yetishtirish texnologiyasi
0„imishdosh.
Makkajo„xori, jo'xori, texnik ekinlar,
poliz ekinlar va
kartoshka bu ekin uchun yaxshi o„tmishdosh bo„lib hisoblanadi,
Vetnamda vignani sholi uchun ko„k o„g„it sifatida yetishtirishadi.
Vignani yoglngarchilik boshlanish davrida ekishadi va sholi ekishga 3 -4
hafta qolganda shudgorlab, tuproqqa oziqa sifatida kirgizishadi.
Avstraliyada (Yangi Janubiy Uels shtatida) vignani makkajo„- xori
yoki shirin jo„xori bilan keng qatorlab ekishadi, qator orasi 60- 90 sm.
Ekinlar qator oralab ekiladi. Bunday ekish
usulida vigna tuproqni
yemirishdan saqlaydi. Makkajo„xorini hosili yig„ilgandan keyin vigna
mollarga yediriladi yoki ko„k o„g„it sifatida haydab yuboriladi.
2
-mevasi.
Shimoliy Italiyada ekinlar qo„shib ekiiganda yuqori ko„kat
hosili
makkajo'xori 140 kg/ga va vigna 100 kg/ga ekiiganda olingan.
23-rasm: 1-Xitoy loviyasining
guli;
220
AQSH ning ayrim shtatlarida vigna makkajo'xori, jo'xori va sudan
o'ti bilan qo'shib ekiladi.
Yerni ishlash.
Yerga ishlov berish va ekishga
tayyorlash makkajo'xoriga tayyorlaganday bajariladi.
Ekish uchun
chigit, makkajo'xori yoki don seyalkalaridan foyda- laniladi.
Tuproqning harorati ekish chuqurligida (6-8 sm) 13-15 °C bo'lganda
ekiladi.
Vigna keng qatorlab ekiladi, qator orasi 60-70 sm.
Ekish me‟yori.
300-400 ming dona urug', vazn bo'yicha 30-50 kg/
ga. Ekish chuqurligi 4-6 sm. Don uchun vigna keng qatorlab ekilib,
qator orasi 60-100 sm, ekish me‟yori 68-136 kg/ ga.
0„g„itlash.
Kalsiy yetarli bo'lsa inokulatsiya jarayoni yaxshi o'tadi,
chunki kalsiy tuganak bakteriyalariga ozuqa bo'ladi.
Florida shtatida azot me‟yori 40 kg/ga bo'lganda yuqori don hosili
olingan-31 s/ga. AQSHda vignani iyun-iyul
oylarida ekib yuqori hosil
olishgan.
Do'stlaringiz bilan baham: