X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish me‟yori.
- Parvarishlash.
Yerga ishlov berish.
Kuzda yer 22-25 sm chuqurlikka haydaladi, bahorda 1-2 marotaba borona yurgiziladi. Ekishdan oldin kultivatsiya qilinadi. Kuzda yer shudgorlashda fosforli va kaliyli o„g„itlar solinadi, odatda 2,0-2,5 sentner superfosfat solinadi. Ekishdan oldin 20-30 kg azot qo'llanadi. Ekish. Ekishdan oldin urug„ga nitragin qoplanadi. Maqbul ekish muddati - erta bahor. Burchoq yoppasiga qatorlab ekiladi, qator orasi 30 sm, keng qatorlab, qator orasi 45 sm qilib ekiladi. Ekish me‟yori. Ukrainada, Shimoliy Kavkazda 150-180 kg oddiy qatorlab ekishda, 80-100 kg keng qatorlab ekiiganda. Shimoliy Qozog'istonda yoppasiga qatorlab ekishda 120-150 kg va keng qatorlab ekishda 75-100 kg ekiladi. O'zbekistonda lalmi yerlarda 110 kg, sug„oriladigan sharoitda 150-160 kg. Yirik donli naviaming ekish me‟yori 20-25% oshiriladi. Ekish me‟yori urug„ soni bo„yicha 0,8-1,4 mln donani tashkil qiladi. Burchoq suli, arpa va bahorgi bug„doy bilan birga qo'shib ekiladi. Parvarishlash. Qurg'oqchil mintaqalarda ekilgandan keyin zichlagich yurgiziladi. Qatqaloq hosil bo'lsa yengil borona yurgiziladi. Amal davrini boshlanishida begona o„tlarga qarshi keng qatorlab ekiiganda 1-2 marotaba ishlov beriladi. Begona o'tlarga qarshi ekishgacha gezagard 50% (3-6 kg) ishlatiiadi. Burchoq poyasi yotib qolishi mumkin. Shuning uchun burchoq no„xat bilan qo„shib ekiladi. No'xatning ekish me‟yori 25% ni tashkil qiladi. Qo'shib ekiiganda burchoq past o'sadi, sershoxlanadi, dukkagi ko'payadi, urug'i maydalashadi. Dukkagi 60-80% yetil- ganda o'riladi, yanchiladi, tozalanadi. Namligi 15% holatda saqlanadi. 217 22 -rasm: 1-burchoq ekini. 2-burchoq doni. Takroriash uchun savollar: 1. Burchoqni xalq xo„jaligidagi ahamiyati? 2. Burchoqni tarqalishi? 3. Burchoqni hosildorligi qancha bo„ladi? 4. Urug'i qanday haroratda unib chiqadi? 5. Burchoq uchun qaysi ekinlar yaxshi o„tmishdosh bo'lib hisoblanadi? 6. Burchoqni ekish me‟yori va muddati? 7. Nima uchun burchoq boshqa ekinlar bilan qo„shib ekiladi? 8. Burchoq hosili qanday yig„iladi? Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling