X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Hosilni yig* ish.
Amal davrida qator orasiga ishlov beriladi, 1-3 
marotaba sug'oriladi. Dukkakning 50% yetilganda hosilni yig'ish 
mumkin. Hosil kombaynlar bilan yig'iladi.
O'zbekiston sharoitida ertapishar nav 85 kunda yetiladi, 
kechpishar nav 100-128 kunda. Don namligi 14-15% da saqlanadi.
Takrorlash uchun savollar: 
1. Vignani kelib chiqish markazlari?
2. Vignaning tarqalishi?
3. Urug' unib chiqishi uchun qanday harorat talab qilinadi?
4. Amal davrining davomiyligi necha kunni tashkil etadi?
5. Vigna qanday changlanadi?
6. Vigna uchun o'tmishdosh ekinlar?
7. Vignani ekish me‟yori qancha bo'ladi?
8. Vignani ekish usuli?
9. Vignani ekish muddati?
10. Vigna hosili qanday yig'iladi?
221 


Pedagogik texnologiya 
“BBB” texnologiyasi 
Mavzu matnini o„qib chiqib, olingan ma‟lumotlami induvidual 
sohalarga ajrating. Qadam bilan qo„yilgan belgiiar asosida BBB jadvalini 
to„!diring
BBB jadvali 
 
Mavzu savoilari 
Bilaman 
Bilishni 
istayman 
Bilib 
oldim 
1 
2 
3 
4 
222


IV bob. YEM-XASHAK O'TLAR
 
4.1. Yem-xashak 
o„tlarning umumiy tavsifi 
Chorva mollarining to„yimli ozuqaga bo„lgan talabi tabiiy 
yaylovlardan, pichanzorlardan va maxsus ekilgan yem-xashak 
ekinlardan tayyorlangan ozuqalar bilan qondiriladi. Yem-xashak 
ekinlarining orasida yem-xashak o„tlardan: ko„kat, pichan, silos, 
vitaminli un, senaj kabi to„yimli ozuqalar tayyorlanadi. Bu 
ozuqalaming tarkibida hayvonlar hayoti uchun zarur bo„lgan 
vitaminlar, oqsil moddalar, moy, mineral tuzlar mavjud. 0„tlardan 
tayyorlangan ozuqalar xushbo„y, oson hazm bo„ladi.
Yem-xashak o„tlar guruhiga ko„p yillik dukkakli, qo„ng„irbosh va 
bir yillik dukkakli, qo„ng„irbosh o„tlar hamda boshqa oilaga mansub 
ekinlar kiradi.
1) 
Bir gektardan boshqa o„tlarga nisbatan 2-3 marta ko„p, 
o„rtacha 2,5-3,0 t, oqsil to„playdi. Shuning uchun dukkakli o„tlardan 
eng to„yimli ozuqalar tayyorlanadi.
2) 
Dukkakli o„tlar tarkibidagi oqsil yuqori sifatli boiib, unda 
hayot uchun zarur aminokislotalar mavjud, shu tufayli bu oqsil yaxshi 
hazm boiadi.
3) 
Eng muhim biologik xususiti shundaki, bu o„tlar biologik azot 
to„playdi.
4) 
Mineral azot ko„p ishlatilsa, tuproq mikroflorasi faollashib 
organik yig„indini mineral moddalarga aylantirib tuproqning tarkibidagi 
chirindini kamaytiradi va oqibatda unumdorligi pasayadi. Azotning 
ortiqcha qismi sizot suvlariga yetib boradi.
5) 
Dukkakli o„tlami mohiyati ularning biologik xususiyati bilan 
bogliqdir, bu - dukkakli o„simliklaming havo azotini o„zlash- tirib 
tuproqda azot to„plash xususiyati, ko„p yillik dukkakli o„tlar 2- 3-yilda 
bir gektarda 200-400 kg azot va ancha ildiz qoldiqlarini to„playdi. Bu 
ekinlardan bo'shagan yerlarga ekilgan dala ekinlarining hosildorligi 
ancha oshadi.
223


6) 
Ko„p yillik dukkakli o„tlar uzoq o„suv davri davomida ekin 
maydonlarini tuproq yemirilishidan saqlaydi, ayniqsa, erta bahor va kuz 
davridagi yoglngarchilik paytida.
8
) Ko„p yillik ekin bo'lganligi uchun har yili ekilmaydi, urug„ talab 
qilinmaydi, tuproqqa ishlov berilmaydi. Umuman, ko„p yillik o'tlarni 
yetishtirishda sarf-xarajat kam bo'ladi. Ko„p yillik dukkakli o'tlarning 
salbiy tomoni: tuproq muhitiga talabchan, tuproqda fosfor, kaliy, bor, 
molibden yetarli miqdorda talab qiladi, urug'chiligi ancha qiyin.
Dukkakli o„tlar o'rilgandan keyin o'sish boshlanishidan shonalash 
va gullash davrigacha ko'kat miqdori tez ko'payib boradi. Gullash 
davridan boshlab bu jarayon sustlashadi, ko'kat tarkibida azot kamayib 
boradi.
O'simlikdagi oziq moddalar ildizida to'planadi. Bu qishlab 
chiqishga yordam beradi. Gullash davrining boshlanishida ko'kat 
tarkibida 14-18% oqsil bo'ladi. Gullash davrini oxirida uning miqdori 
kamayadi, to'qima ko'payadi, oziq sifati pasayadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling