Dehqonchilikda o„tlaming ahamiyati ham katta, chunki bu
o„simlikIar dala ekinlari uchun eng yaxshi o„tmishdosh bo„la oladi,
tuproqda chirindi ko'payadi, tuproqning fizikaviy, kimyoviy holati
yaxshilanadi, sho'rlanish kamayadi, tuproq yemirilishini ham
kamaytiradi.
Dukkakli o„tlarning urug‟ unuvchanligini saqlash muddati
43-jadval
Ekin
Toshsimon
urug'
soni,
%
Unuvchanligini
saqlash muddati,
yil
Unuvchanligi
yo'qolgan urug'ning
belgilari
Qizil sebarga
80 gacha
3-4
Xira jigar rangda
Beda
90 gacha
3-7
Xira jigar rangda
Oq
qashqarbeda
90 gacha
6-15
Sarg'ish jigar rang
Sariq
qashqarbeda
90 gacha
10-17
Sariq jigar rang
Qumoq bargak
20
gacha
1-2
Jigar rang
Urug'chiligi qiyin bo„lganligi tufayli dukkakli o„tlarning ekin
maydonini kengaytirish ancha murakkab. Dukkakli o„tlar urug„i bir
vaqtda yetilmaydi, erta yetilgani to„kiladi. Hosilni yig„ish
muddati
ekinlar bo'yicha har xil bo'ladi.
Qizil sebargani, bargakni urug'i aksariyat
holda ikki bosqichli
usulda yig'iladi. Qashqarbedaning hosilini yig'ishda
kombayn deyarli
ishlatilmaydi.
Dukkakli o'tlarning urug' unuvchanligini
saqlash davri har xil
bo'ladi. Bargakning ayrim turlarida urug' unuvchanligi 1-2-yil
saqlanadi, sariq qashqarbeda 16-17 yil saqlanishi mumkin.
Dukkakli
o'tlarda toshsimon urug'lar mavjud. Urug' qobig'idan suv o'tmaydi,
urug' bo'rtmaydi, unib chiqmaydi. Bunday urug'lar ko'p
yildan keyin
unib chiqishi mumkin. Bu xususiyat dukkakli o'tlami
tabiatda
saqlanishini ta‟minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: