X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Navlari: Genetik-1, Do„stlik, Nafis, Orzu, Oltin toj, Oyjamol,  O„zbek-2, O„zbek-6, Parvoz, Favorit. Yetishtirish texnologiyasi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Navlari:
Genetik-1, Do„stlik, Nafis, Orzu, Oltin toj, Oyjamol, 
O„zbek-2, O„zbek-6, Parvoz, Favorit.
Yetishtirish texnologiyasi 
OHmishdosh.
Soya g„o„za, sholi bilan almashlab ekiladi. Soyani 
kungaboqar va akatsiya daraxti yoniga ekmaslik kerak (aks holda 
hasharotlar soya ekinzoriga ko„chadi). Yerni tayyorlashda asosiy tadbir 
22-25 sm chuqurlikda shudgorlash. Begona o„tlar ko„p bo'lsa shudgordan 
oldin disklanadi yoki chizellanadi. Bahorda borona qilinadi. Ekish 
muddatigacha zaruriyat bo„lsa, yoppasiga kultivatsiya qilinadi yoki 
chizellanadi, g„ovak tuproqlarda borona bilan mola bostiriladi.
0„g„illash.
Yer haydashdan oldin chirindisi kam tuproqlarda 10- 15 t 
go„ng, 100 kg fosfor va kaliy o„g„iti solinadi, ekishdan oldin 20- 30 kg 
azot, ekish bilan bir vaqtda 10-15 kg NPK va o„suv davrida 1-2 marta 
oziqlantiriladi, bunda 30-50 kg fosforli o„g„it solinadi. Nitragin 
ishlatilmasa gektariga 100-150 kg azot solinadi. Ammo bu me‟yorda 
azotli o„g„it qo„llamaslikka harakat qilish kerak. Soya asosiy ekin 
sifatida aprelning oxiri, mayning birinchi o'n kunligida ekiladi.
Takroriy ekin sifatida kuzgi boshoqli ekinlardan bo„shagan yerlarga 
ekiladi. Ekish usuli keng qatorlab, qator orasi 60 sm, ekish chuqurligi 4 -6 
sm, ekishdan oldin urug
1
nitragin (rizotrofin) bilan ishlansa erkin azotni 
o„zlashtirish jarayoni faol o„tadi. Buni “Mobi- toks” yoki PS-10 
mashinalarida bajarilish mumkin va quyosh tush- maydigan joyda sal 
selgitib darhol ekish lozim. Ekiladigan navlariga qarab gektariga 300 -
550 ming dona urug„ ekiladi. Kechpishar navlar kam ekiladi, ertapishar 
navlar ko„p ekiladi. Don uchun ekilgan soya kam ekiladi, ko„kat olish 
uchun ekilsa ko„proq ekiladi. Toshkent davlat agrar universitetida olib 
borilgan tajribalarda quyidagi ma‟lumot olingan (40-jadval).
0„suv davrida qator orasiga ishlov beriladi, sug'oriladi. Sug'orish 
soni 3-5 marta, me‟yori 600-800 m
3
. Begona o'tlarga qarshi 
gerbitsidlardan ekishdan ordin treflan (1-1,5 kg/ga), maysalanish davrida 
bazagran (1,5-3,0 kg/ga) qo'llaniladi. Shuningdek, ruxsat
204


etilgan ishlab chiqarishga kirib kelayotgan xorijiy va davlatimizda 
ishlab chiqariladigan boshqa gerbitsidlar ham qo„llanishi mumkin. 
Kasallik va hasharotlarga qarshi ruxsat etilgan kimyoviy moddalar 
ishlatiiadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling