X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yetishtirish texnologiyasi. Otmishdosh.
- Hosilni yigish.
359
Sistematikasi. Qora zira soyabonguldoshlar Apiaceae oilasiga, Carum carvi L. avlodiga mansub ikki yillik o„simlikdir. Birinchi yili o„q ildizi va barg dastasi rivojlanadi, ikkinchi yili meva hosil qiladi. Gul to„plami soyabon, mevasida 2 ta urug„ boiadi, 1000 ta mevasining vazni 2,3-2,5 g, mevaning tarkibida 4-7% moy boiadi. BiologiyasL Issiqlikka talabchan emas, sovuqqa chidamli. Birinchi yili barg dastasi davrida qishlaydi, Namsevar va yorug 4 - sevar o„simlik. Yetishtirish texnologiyasi. O'tmishdosh. Qora zira uchun o„t- mishdosh: toza va band shudgor, bir yillik o„tlar, siiosbop ekinlar, sabzavot va don ekinlari. Yerga ishlov berish. Kuzda yer 22-25 sm chuqurlikda haydaladi. yer yuzi tekis boiishi talab qilinadi, chunki urugi mayda. Ekish. Arpabodiyon bilan bir xil, erta bahorda keng qatorlab 45, 60 sm ekiladi. Gektariga 4-5 mln. dona urug„ ekiladi. Ekish chuqurligi 2-3 sm. Ekinlarni parvarishiashda qator orasiga ishlov beriladi, qatqaloq yo„qotiladi, ikkinchi yili erta bahorda borona qilinadi. Hosilni yig'ish. 60% mevasi yetilganda hosil don kombaynlari bilan yigiladi, saqlashda urug„ namligi 12% dan oshmasligi lozim. 360 VIII bob. TOLALI 0„SIMLIKLAR Tolaii o'simliklar to ! qishga yaroqli boigan tola beradi. Bu tola har xil gazlama, mato tayyorlash uchun ishlatiiadi. O'simliklar botanik jihatidan har xil oila, avlod va turlarga mansub boiib, ular quyidagi uch guruhga boiinadi. 1. Urugida yoki mevasida tola hosil qiladigan o„simliklar. Bu guruhga: eng ko'p tarqalgan g'o'za o„simligi kiradi. 2. Poyasida tola hosil qiladigan o„simliklar. Bu guruhga: tolaii ziglr, tolaii nasha, kanop, djut, rami, kendir va boshqalar kiradi. 3. Bargida tola hosil qiladigan o'simliklar. Bu guruhga: Yan- gizelandiya zigiri, tekstil banani, ogava, yukka va boshqalar kiradi. 4. Mevasida tola hosil qiladigan o„simliklar: kokos palmasi. Tolali o„simliklardan eng ko'p ekiladiganlari g'o'za, ziglr, nasha hisoblanadi. 0„zbekistonda g„o„zadan tashqari dag„al tola olish uchun kanop ham ekiladi. Xalq xo'jaligida o'simlik tolasining ahamiyati juda katta, o'simlik tolasidan to'qimachilik sanoatida uning mayin va dag'ai- ligiga qarab, har xil gazmollar ishlab chiqiladi. Eng ko'p ishlatiladigan paxta tolasi hisoblanib, undan mayin gazlamalar tayyorlanadi. Poyasida tola hosil qiladigan o'simliklar tolasi paxta tolasiga nisbatan dag'ai bo'lganligi sababli undan uy jihoziarida ishlatiladigan dag'al gazlamalar, qop, qanor arqon va shunga o'xshash har xil mahsulotlar tayyorlash uchun ishlatiiadi. Ammo zig'ir tolasidan sifatli gazlamalar to'qiladi. Zig'ir tolasi sifati bo'yicha paxta tolasidan keyingi o'rinda turadi. Bundan tashqari, bu o'simliklaming urug'ida 18-42% moy bo'ladi. O'simlik moyi oziq-ovqatda, texnikada, lak-bo'yoq sanoatida, sovun tayyorlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiiadi. Shuning uchun bu o'simliklaming xalq xo'jaligidagi ahamiyati juda katta hisoblanadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling