X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

368


Sistematikasi. Kanop gulxayridoshlar 
Malvaceae
oilasiga, 
Hibiscus 
cannabinus
turkumiga va turiga mansub bir yillik o'simlik.
Biologiyasi. Kanop namga, haroratga va yorug'likka talabchan, 
qisqa kunli o'simlik hisoblanadi. Transpiratsion koeffitsiyenti 580- 700 
birlikka teng. Kanop o'simligi issiqsevar hisoblanib, urug'lari 10 -12 
issiqlikda unib chiqa boshlaydi, lekin qulay harorat 20 °C hisoblanadi. 
Sovuqqa chidamsiz, 1,0-1,5 °C sovuq maysalarga kuchli ta‟sir ko'rsatib, 
ularni nobud qiladi. Kanopning o'sishi va rivojlanishi uchun eng qulay 
harorat 23-25 °C hisoblanadi. Maysalar hosil bo'lgandan so'ng 35-40 
kun davomida kanop juda sekin o'sadi. Bu davrda uning ildizi yaxshi 
rivojlanib shakllanadi va shundan so'ng kanop tez o'sgan holda sutkalik 
o'sishi 4-5 sm ni tashkil etadi. O'suv davri uning nav va agrotexnikasiga 
qarab HOMO kunni tashkil qiladi. Kanop yorlik yetishmagan yerda past 
va nimjon bo'lib o'sadi.
Kanop tuproqqa talabchan o'simlik bo'lib, sizot suvlari 80-100 sm 
chuqurlikda joylashgan sho'rlanmagan chirindi moddalarga boy o'tloqi 
va o'tloqi-botqoq tuproqlarda yaxshi o'sadi.
Navlari: O'zbekistonda kanopning «Kuban-338» va «3876» navlari 
ekiladi.
Yetishtirish texnologiyasi. O'tmishdosh. Kanop almashlab ekishda 
kuzgi bug'doy, dukkakli-don, bedadan keyin ekiladi. Uni g'o'zadan 
keyin ekish ham mumkin, chunki qator oralari ishlanadigan 
o'simliklardan keyin ekiiganda tuproqda begona o't kam bo'ladi. Kanop 
boshlang'ich o'sish davrida sekin o'sganligi uchun begona-o'tlardan toza 
tuproqlami xohlaydi.
Kanop ekish uchun yer kuzda 28-30 sm chuqurlikda shudgor 
qilinadi. Erta bahorda tuproqda namni saqlab qolish va begona o'tlarni 
yo'qotish maqsadida kuzgi shudgor ko'ndalangiga borona qilinadi. 
Shudgor zichlashib ketgan yoki begona o'tlar ko'p bo'lgan maydonlarda 
ekishdan oldin kultivatsiya qilinadi yoki diskali kultivatorlar yordamida 
ishlanadi, so'ngra borona qilinadi va mola bosiladi. Kanop o'simligi 
kechki ekin va urug'lari mayda bo'lganligi uchun ekishgacha shudgor 
yaxshi ishlanishi kerak. Ayniqsa, tuproq yuzasi tekis va mayda bo'lishi 
kerak. Shundagina urug' tekis ko'miladi va maysalar qiyg'os unib 
chiqadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling