X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish usuli.
Ekish muddatlari. Kanop haroratga talabchan o„simlik, shuning
uchun tuproq harorati 14-16 ga yetganda ekiladi. Kanop ekish uchun qulay muddat aprel oyi hisoblanib, bunda tabiiy namga 370 maysalar unib chiqadi. Lekin urug'lik maydonlarda kanop, tola uchun ekilganiga nisbatan ertaroq ekilishi kerak. Chunki urug' to„la pishib ulgurishi lozim. Shunga ko„ra urug„lik kanop ekish uchun eng qulay muddat aprel oyining birinchi o„n kunligi, tola olish uchun esa shu oyning ikkinchi o„n kunligi hisoblanadi. Buni 0„zbekiston lub-tolali ekinlar tajriba stansiyasida 3876 kanop navi ustida olib borilgan tajribalar ma‟lumoti tasdiqlaydi. Ekish usuli. Kanop keng qatorlab qator orasi 50-60 sm, lentasimon qo„sh qatorlab ekiladi. Tola olish uchun qator orasi 50 sm, lenta orasi 15 sm, ya‟ni 50x15 sm shaklda ekiladi. Urug„ olish uchun qator orasi 60 sm qilib yakka qatorlab ekiladi. Ekish uchun SON-2,8: 2 SK-16 rusumli seyalkalardan foydalaniladi. Ekish me‟yori poya yoki urug„ olish uchun ekilishiga qarab beigilanadi. Kanop poya olish uchun gektariga 50 -55 kg urug„ sarflanadi. Bunda bir gektar yerda 1,2-1,4 mln. dona o'simlik boiishi kerak. Tuproqning unumdorligi pastroq, ma‟dan o„g„itlar kamroq beriladigan boisa, urug„ni ekish me‟yori ham 35-40 kg ga kamaytiriladi va bu holda bir gektarda 0,8-1,2 mln. o'simlik boiadi. Urug„ olish uchun qator orasi 60 sm qilib, bir qatorlab siyrak qilib ekiladi. Bunda bir gektar yerga 10-12 kg urug„ sarflanadi. Maysalar yaganalagandan so'ng har gektarda 160-180 ming dona o„simlik qoldiriladi. Urugiar 4-5 sm chuqurlikka ko„miladi. Ekinni parvarish qilish. Qatqaloqqa qarshi kurash, qator oralarini ishlash, oziqlantirish va sug'orishdan iborat. Maysa paydo boiguncha tuproq betida hosil bo'lgan qatqaloqni ekinlarni ko'nda- langiga borona qilish bilan yo'qotiladi. Maysa hosil boigandan so'ng tuproq betida hosil bo'lgan qatqaloqni o'simlik qator oralariga ishlov berish yo'li bilan yo'qotiladi. Vegetatsiya davrida hammasi bo'lib 4-5 marta kultivatsiya qilinadi, ikki marta oziqlantiriladi. Kanop suvga talabchan o'simlik. Yer ostki suvlari 1,0-1,5 m pastda joylashgan o'tloqi-botqoq tuproqlarda kanop 5-7 martacha sug'oriladi. Yer osti suvlari chuqur joylashgan tuproqlarda 8-10 marta sug'oriladi. Sug'orish normasi 800-1000 m 3 /ga. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling