X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet263/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Sistematikasi. Jut 
Corchurus (Toigp.) 
L. lipadoshlar (
Tiliacea) 
oilasiga mansub. Jutning 40 ta turlari mavjut, shulardan faqat 2 tasi 
ekiladi: uzunmevali va kaltamevali turlari.
373 


Vzunmevali jut. С. olitorius L. - bir yillik o„tsimon 
0
„simlik. Tolasi 
ipaksimon, sariq rangli, poyada 20,1-22,7% bo„ladi.
Kalta mevali jut. C.Capsularis L. - bir yillik o„tsimon o„simlik. 
Tolasi pishiq, kaltaroq, poyada 20,2-24,6% tola mavjud.
Biologiyasi. Jut namsevar va issiqsevar o„simlik. Dala sharoitida 
urug„i 16-18 °C unib chiqadi. Tuproq namligi yetarli bo„lsa maysa 5-7 
kunda unib chiqadi. Maysa va 
0
„simligi -1 °C sovuqda nobud bo„ladi.
Maysalanishdan keyin birinchi 34-45 kunda jut sekin o„sadi, 
ammo keyingi 40-50 kunda tez o„sadi.
Jut tuproq qurg„oqchiligiga chidamsiz, shuning uchun yog„in- 
garchilik kam bo„lsa, sug'orish lozim. Suvni shonalashdan birinchi 
ko„sak rivojlanish davrigacha ko„p talab qiladi.
Jut qisqa kunli o'simlik. Qisqa kunda meva shoxlar uzayadi
ko'saklar soni ko'payadi va pishishi tezlashadi.
O'zbekistonda uzun mevali jut navlari o'rganilgan. Eng yaxshi 
navlar deb “Uzbekskiy 53” va “Uzbekskiy 420” (Pervenets Uzbekistan) 
topilgan. Bu navlar O'rta Osiyo 0„simlikshunoslik IT1 da yaratilgan. 
Quruq poya hosili 80 s gacha, tola 15-25 va urug„ hosili 4-6 s/ga ni 
tashkil qilgan.
Yetishtirish texnologiyasi. Jut qumoq tuproqli yerlarda yaxshi 
o„sadi. 0„zbekistonda o„tloqi va o„t!oqi-botqoqlangan tuproqlarda yaxshi 
natijalar olingan. Jut ekiladigan dala tekislanadi, so„ngra yer haydaladi.
Jut yetishtirishda organik va mineral o„g„itlar qo„llanadi. Oziqa 
elementlar bilan yaxshi ta‟minlansa bir yerda jut 2-3-yil ekiladi. Azotli 
va kaliyli o„g„itlar tola va urug' hosilini oshiradi. Go'ngni me‟yori 20-30 
t/ga. Azot, fosfor va kaliy 90 kg dan sof modda hisobida qo'llanilganda 
tola hosili 5-6 s/ga oshgan.
Maysa ko„ringandan 30 kun o„tganda birinchi oziqlantirish 
o„tkaziladi. Bunda 40-60 kg azot va 30-45 kg fosfor bir gektarga 
qo„llangan. Ikkinchi oziqlantirish birinchisidan 30-35 kun o„tganda 
o„tkaziladi, 6 kunda faqat azot 40-60 kg/ga qo'llanadi.
Fosforli o'g'itlaming 50% yer shudgorlashda tuproqqa solinadi
25% ekish bilan bir vaqtda va 25% qo'shimcha oziqlantirishda. Kaliyli 
o„g„itlarning 50% shudgorlashda va 50%
374


qo'shimcha oziqlantirishda. Azotli o'gitlar faqt amal davrida qo„llanadi.
Go'ng kuzda fosfor va kaliyli o'g'itlar bilan birgalikda qoilaniladi 
(tuproqqa solinadi).

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling