X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

muhit omiliariga talabi 
Issiqlikka talabi. Zig„ir urugi 3-5 °C unib chiqadi. Maysa harorat 
3,5-4 °C gacha pasayishiga bardoshli. Maqbul harorat 15-18 °C bulutli 
havoda. Havo issiq boiganda poya o„sishi to„xtaydi. Amal davridagi 
harorat yigindisi 1400-2200 °C boiadi.
Suvga talabi. Tolali zig„ir suvga talabchan. Ekishdan boshlab erta 
sariq pishish davrigacha tuproqda suv yetarli boimasligi salbiy
365


ta‟sir ko„rsatadi. Amal davrida bir o„lchamda organik modda hosil qilish 
uchun 400-430 oichamda suv sarflaydi. Tuproqning namligi ekishdan 
tez 
0
„sish davrigacha 60%, tez o'sish davridan gullashgacha 80%, 
pishish davrida 40-60% boiganda yuqori sifatli tola yetishtiriladi.
Yorug„likka talabi. Tolali zigir uzun kunli o„simlik. Amal davrida 
iliq buiutli kunlarda zigir yaxshi rivojlanadi, fotosintez jarayoni faol 
o'tadi. Quyosh nurlari ta‟sirida kuchli shoxlanishi mumkin, bu tola 
sifatini va chiqishini pasaytiradi.
Oziqaga talabi Ildiz tizimi sust rivojlanganligi tufayli tuproqda 
oziqa elementlarini yengil o„zlashtiradigan shaklda boigani talab 
qilinadi. Azot me‟yoridan ortiq bo'lsa poya yo'g'onlashadi, yotib qoladi, 
tola sifati past bo'ladi. Azot “archa” davridan shonalash davrigacha 
azotni ko'p talab qiladi.
Amal davrining boshlarida fosforga juda talabchan bo'ladi. Kaliy 
elementi yetarli miqdorda bo'lsa tola sifati yuqori bo'ladi, poyani yotib 
qolishdan saqlaydi. Olimlaming tavsiyasi bo'yicha azot, fosfor va 
kaliyning nisbati quyidagicha bo'lishi kerak: 1:2:2, 1:3:3 va 1:3:4.
Zig'ir mikroelementlardan borga talabchan. Tavsiya qilinadigan 
o„g„it me‟yorlari: azot 90, kaliy 60, fosfor 20 kg/ga.
Tuproqqa talabi Zigir uchun unumdor, havo tizimi maqbul donador 
tuproqlar ma‟quldir. Zig„ir ekiladigan mintaqalardagi podzol tuprogi 
zigir uchun eng maqbul bo'ladi. Tuproq muhiti neytralga yaqin 
tuproqlar yaxshidir.
Navlar: Hamdo'stlik Davlatlarida baland bo'yli tolali zig'ir- ning 
«Krom», «Smolich», «Smolenskiy», «Pskovskiy-359», «Toms- kiy-17», 
«Ormanskiy-2», «Torjokskiy-4» va boshqa navlari ekiladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling