X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlikka talabi.
Yorug„likka talabi 0„simlikka yorugiik xuddi boshqa omillar singari
zarur boiib hisoblanadi. Amal davrining birinchi kunidan boshlab o„simliklarga yorugiik kerak boiadi. Koleoptile yoruglik- ning ta‟siri ostida yoriladi va tashqarida birinchi chinbarg paydo boiadi. Yoruglikning va issiqlikning maqbul miqdorida barglar yashil rangga ega boiadi. Tuplanish bo„g„ini faqat yoritilganlik hisobiga ko„ra tuproq yuzasiga yaqinroq yoki chuqurroq, joylashadi. Tuplanish bo„g„ini yorugiik yetarli bolmaganda tuproq yuzasiga yaqinroq joylashadi. Jadal yorugiik va haroratning pasa- yishi birinchi bo„ginning o„sishini to„xtatishi mumkin va tuplanish bo„g„inining yanada chuqurroq joylashishiga yordam qilishi mumkin, bu esa yaxshi qishlashga yordam beradi. Yorugiik yaxshi boiganda qisqa va mustahkam poyalar hosil boiadi. Quyosh nurining va issiqligining ta‟siri ostida o„simlikda fotosintez jarayoni boiib o„tadi va uning natijasida ularda organik moddalar hosil boiadi. Bug„doy uzun kun o„simligi. Gullash uzun kunda tezroq boshlanadi, shuning uchun gullash davrida 14-16 soatli, kunduzgi kun talab qiladi. 8 soatli yorugiik kunida bug„doyning ko„pchilik navlari yorugiik bosqichini o„tamaydi va boshoqlanmaydi. Lekin bug„doyning shun day shakllari uchraydiki, qaysiki qisqa yorugiik kunida ham hosil olish mumkin. Issiqlikka talabi. Amal davrida bug„doyning issiqlikka boigan talabi o„zgarib turadi. Bug'doy urugi 1-2 °C da unib chiqishni boshlaydi, havo haroratining ko„tarilishi bilan urug„ning unib chiqishi tezlashadi. Kuzgi bug'doy 4,4 °C haroratda 6 kunda, 10,2 °C da 3 kunda, 15 °C da 2 kunda unib chiqadi. Bahorgi bug„doy navlari 5 °C haroratda 20 kunda unib chiqa boshlaydi, 8 °C da 13 kunda, 15 °C da 7 kunda unib chiqa boshlaydi. Unib chiqish va tuplanish davrida 12-14 °C, donning to„lishish davrida 22-25 °C harorat maqbul bo„lib hisoblanadi. Bizning ma‟lumotlarimiz bo„yicha amal davrida kuzgi bug'doy 1800-2100 °C, bahorgi bug'doy esa 1100-1300 °C harorat qabul qiladi. Qishga tayyorlash uchun imkon qadar kunduz kuni quruq havo 10-12 °C harorat, kechasi haroratning 0 °C gacha bo'lishi yaxshi bo„ladi. Bahorda bug'doy yaxshi o„sishi uchun 12-15 °C talab qilinadi. Naychalash davrida 15-16 °C talab qilinadi. Boshoqlash va gullash davrida 18-20 °C harorat yetarli bo'ladi. Bug'doy 40-42 °C gacha chidaydi. Bu sharoitlarda qoniqarli ravishda changlanadi. Pishish davrida maqbul harorat 22-30 °C hisoblanadi. Kuzgi bug'doy juda sovuqlikka chidamli, qoming qalinligi 20 sm bo'lganda qariyb -20-30 °C sovuqqa ham chidamli. 0„zbekis- tonda doimo qor qalinligi yetarli emas, shuning uchun bug'doy -10 °C sovuqlikka chidaydi. Lekin gullash va donning to'lishishi davrida -1 -2 °C sovuq bo'lsa ham shikastlanadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling