X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Urug'ning unib chiqishi
. Urug'lar bir murtakli ildizcha bilan unib 
chiqadi, o'sib chiqqandan boshlab to 3-4 ta barg hosil bo'lgunga qadar u 
jadal shoxlanadi, bunda ildiz tuklari bilan qoplangan katta rniqdordagi 
yon ildizchalar hosil bo'ladi.
Murtak ildizcha haqiqiy ildizlar paydo bo'lguncha tuproqdan suv 
va oziq unsurlarini shimib olib, o'simlik hayotining oxirigacha 
saqlanadi. Unib chiqqandan 4-8 kundan keyin tuplanish bo'g'ini 
shakllanadi va ikkilamchi ildizlar hosil bo'lishi sodir bo'ladi, tashqi 
ko'rinishi jihatidan murtak ildizchaga o'xshaydi.
Poyaning yer osti qismining pastki bo'g'inlaridan havo ildizlari 
yoki tayanch ildizlari paydo bo'lib o'simlikning mustahkamligini 
ta‟minlaydi va qo'shimcha oziqlanish manbasi bo'lib xizmat qiladi.
Jo'xori ildizlari 180-190 sm chuqurlikkacha kirib boradi, 
ildizlaming yarmidan ko'p massasi 0-20 sm li qatlamida joylashgan. 
Tezpishar navlarida 5-10 ta bo'g'in oraliqlari mavjud, kechpisharlari 20-
25 ularning uzunligi poyaning pastki qismida 1-2 sm, yuqori qismida esa 
40 sm gacha bo'ladi.
Jo'xorining muhim biologik xususiyatlaridan biri bu uni o'rgandan 
keyin yana o'sishidir-bunda poyaning kurtaklaridan va kesilgan joyining 
uyqudagi tuplanish bo'g'inchasining kurtaklaridan va poyaning 
o'rilganda o'rmasdan ketsa, o'sish nuqtalaridan va yangi paydo bo'lgan 
novdalardan yana o'sadi.
141 


Ro„vak to„la shakllanganda gullash 8-12 kun davom etadi, ba‟zi bir 
navlarda esa 16 kungacha davom etishi mumkin. Gullash ertalab havo 
harorati 16-18 °C, havoning nisbiy namligi 60-80% bo„iganda sodir 
bo„ladi, Har bir gulning gullash davomiyligi 1-2 soat. Pishgan 
changdoniari yoriladi va changlar havo oqimi bilan butun dalaga 
tarqaladi, bunda u onalikning og„izchalariga tushib o„sadi va 
bo„g„inchaga kirib boradi, u yerda urug„lanish jarayoni sodir bo„ladi.
Jo„xori fakultativ o„z-o„zini changlatuvchi, ya‟ni chetdan 
changlanish qobiliyati ham bor, lekin unda o„z-o„zini changlantirish 
ustunlik qiladi.
Tashqi muhit omillariga munosabati

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling