X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

0„tmishdosh.
Jo„xorini har qanday ekindan bo„shagan yerga ekish 
mumkin. Uni asosan donli va dukkakli-don ekinlaridan, kartoshka 
ildizmevali ekinlardan va g„o„zadan bo„shagan yerlarga ekish mumkin. 
Takroriy ekin sifatida kuzgi don ekinlaridan keyin ham eksa bo„ladi.
0„g„itlash.
Jo„xori ekiladigan yerlarda organik va mineral o„g„itlar 
beriladi. Yerni kuzda shudgorlash oldidan uning har gektariga 15-20 
tonnadan chirigan go„ng solinadi. Tuproqning unumdorligiga qarab har 
gektar jo„xori ekilgan maydonlarga yil davomida 120-150 kg azot, 100-
120 kg fosfor va 50-60 kg kaliy o„g„itlari beriladi. Fosfor o„g„itining bir 
qismi (50-60 kg) kuzda yerni shudgorlash oldidan beriladi. Boshqa 
mineral o„g„itlar, shu jumladan fosforli o„g„itning qolgan qismi ham 
ekish vaqtida va o„suv davrida
143 


solinadi. Jo„xori o„suv davrida ikki marta oziqlantiriladi. Birinchi marta 
ekinlar yagana qilingandan so„ng oziqlantirilib, har gektar yerga 60-70 kg 
azot, 30-40 kg fosfor va 20-30 kg kaliy solinadi. Ikkinchi marta 
o„simliklarda o'rtacha 8-10 ta barg hosil boiganda oziqlantiriladi. Bunda 
ham har gektar yerga 60-70 kg azot, 30-40 kg fosfor va 20-30 kg kaliy 
solinadi.
Jo„xorini qanday rnaqsadlarda ekilganligiga qarab azot yoki fosfor 
miqdorini ko„paytirish yoki kamaytirish mumkin. Agar jo„xori don uchun 
ekilgan boisa, fosfor miqdorini ko„paytirib, azot miqdorini kamaytirish, 
aksincha, jo„xori ko„k poya uchun ekilgan boisa azot miqdorini 
ko„paytirish mumkin.
Yerni ekishga tayyorlash.
Jo„xori maysa hosil qilgandan so„ng 
dastlabki davrda juda sekin o„sadi. Shu sababli u begona oilardan toza 
boigan yaxshi ishlangan yerlami xohlaydi. Yer kuzda 27-30 sm 
chuqurlikda chimqirqarli yoki ikki yarusli plug yordamida shudgor 
qilinadi. 0„tloq botqoq tuproqlarda haydash chuqurligi yer osti 
suvlarining sathiga bogiiq. Sho'rlangan yerlarda shudgor qilishdan oldin 
tuproq yuviladi. Erta bahorda tuproqda nam saqlash maqsadida shudgor 
boronalanadi. Jo„xori kechki bahorgi ekinlar jumlasiga kiradi. Shuning 
uchun uni ekishga qadar shudgomi 1-2 marta 10-12 sm chuqurlikda 
kultivatsiya qilinadi va ketma-ket boronalash mumkin. Buning natijasida 
yangi paydo boigan begona o„tlar yo„qotiladi, yer yumshatiladi. Borona 
qilingandan so„ng mola bostiriladi.
Ekish.
Urugii jo„xori quritilib, ro„vagida (yanchilmagan holda) 
shamollatib turiladigan xonalarda saqlanadi. Ekishga 7-10 kun qolganda 
ro„vaklardagi don yanchiladi, yanchilgan urug„ tozalanadi va ekish uchun 
bir xilda boigan yirik va sara don ajratib olinadi. Urugiikni ekishdan oldin 
issiq havoda shamollatib qizdiriladi. Buning natijasida urugiik tola 
yetiladi, unib chiqish darajasi ortadi, tez va qiyg„os unib chiqadi. Bu hoi 
hosildorlikni oshirishga olib keladi.
Toshkent davlat agrar universiteti 0„simlikshunoslik kafed- rasining 
tajribalariga qaraganda, urug„ oftobda qizdirilib shamollatib ekiiganda har 
gektaridan 778 ts, qizdirilmay ekiiganda esa 698 ts ko„k poya olingan.
144 


Davlat andozasi bo'yicha urugiikning tozaligi 90-95% dan va unib 
chiqish darajasi 80-85% dan kam bolmasligi kerak.
Jo'xori urug„i ekish oldidan dorilanadi. Jo'xori makkajo'xoriga 
nisbatan kechroq, ya‟ni tuproq harorati 13-15 °C ga yetganda ekiladi. 
0„zbekistonning janubiy viloyatlarida (Surxondaryo, Qashqadaryo) 
jo„xori mart oylarining oxiri-aprel oyining boshlarida ekiladi. 
Qoraqalpog„istonda may oyining boshlarida ekiladi. 0„zbekistonning 
markaziy tumanlarida aprel oyining ikkinchi yarmida ekiladi. Lekin, 
jo„xorini qandli va supurgisimon navlarini birmuncha erta ekish 
mumkin, chunki bu navlarining urug„i qobiqli bo„lib, tuproq nami 
ortiqcha boigan taqdirda ham chirimaydi. Jo„xori qator orasi 60, 70, 90 
sm qilib ekiladi. 0„simlik qalinligi jo„xorining naviga qarab har xil 
boiadi. Baland bo„yli, kechpishar navlar yuqori hosilli dalalarda don 
uchun ekiiganda bir gektar yerga 60-80 ming tup o„simlik ekiladi. Past 
bo„yli tezpishar navlar qalinroq qilib ekiladi. Jo„xorini keng qatorli, 
ya‟ni qator orasini 90 sm qilib ekish ham mumkin.
Keng qatorli qilib ekiiganda ham bir gektardagi o„simlik soni 
yuqoridan ko„rsatilgan miqdorda boiishi kerak. Bu holda har 15-20 sm 
masofadan bittadan yoki ikkitadan o'simlik qoldiriladi. Umumiy bir 
gektarda qoldiriladigan 
0
„simlik sonini aniqlashda yeming unumdorlik 
darajasini, suv va o„g„it bilan ta‟min etilganligi hamda navning 
xususiyatini hisobga olish kerak. Yer unumdor boisa, oziqlanish 
maydoni kichik, unumdorligi past boisa, oziqlanish maydoni katta 
boiishi lozim. Bo„yi baland o„sadigan, kechpishar navlari uchun 
oziqlanish maydoni katta, past bo„yli navlar uchun kichik boiishi kerak.
Jo„xori don yoki silos uchun yetishtiriladigan boisa, har gektar 
yerga 8-12, ko„kpoya uchun ekiladigan boisa 15-20 kg urug„ ekiladi. 
Urug„ ekish chuqurligi tuproqning mexanik tarkibiga hamda ekish 
muddatiga bogliqdir. Zichligi o'rtacha boigan tuproqlardan urug„ 4-5 sm, 
og„ir tuproqlarda esa 3-4 sm chuqurlikka ekiladi.
Erta muddatlarda tuproqda nam yetarli darajada boigan vaqtda 
urug' 3-4 sm kechki muddatlarda, ya‟ni tuproq betida nam kam boiganda 
urug„ chuqurroq 5-6 sm/ga ekiladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling