X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Hosilni yig„ish.
Jo'xori qanday maqsadlarda ekilgan bo„lsa, shu 
maqsadga muvofiq yig„ishtirib olinishi kerak. Ko„kligicha molga 
yedirish maqsadida ekilgan bo'lsa, jo„xori ro„vak chiqargan davrida 
yig„ib olinadi. Don uchun ekilgan jo„xori doni to'la pishib yetilganda 
yig„iladi.
Don uchun ekilgan jo'xorining past bo„yli navlari qayta 
uskunalangan don kombaynlarida o„rib olinadi, baland bo'yli navlarini 
esa kombaynda faqat ro'vaklari qirqib olinadi va ular quritilib, don 
kombaynlarida yoki oddiy molotilkada yanchib olinadi.
Jo„xori yanchilgandan so„ng doni quritiladi va namligi 12-14% 
bo„lgan don qoplarda yoki polda 1,5m qalinlikda omborlarda, urug„lik 
uchun qoldiriladigan jo„xori bino ichida ro„vaklari bilan birga saqlanadi.
147 


Jo'xori silos hamda ko'kligicha molga yedirish maqsadida ekilgan 
bo'lsa, uni KS-2,6 rusumli kombayn yoki KIR-1,5 rusumli o„rish 
mashinasida yig„iladi.
Takrorlash uchun savollar: 
1. Sug'oriladigan yerlarda jo'xori uchun yaxshi o'tmishdosh ekin 
turlarini bilasizmi?
2. Jo'xori ekish muddati nimaga bog'liq bo'ladi?
3. Jo'xorini ekish usuli qanday bo'ladi?
4. Jo'xori ekish me‟yoriga nima ta‟sir ko'rsatadi?
5. Jo'xori oziqaga talabi qanday bo'ladi?
6. Jo'xori uchun o'g'itlar miqdori qanday aniqlanadi?
7. Jo'xori qaysi rivojlanish davrida qo'shimcha oziqlantiriladi?
8. Jo'xori qaysi rivojlanish davrida suvni ko'p talab qiladi?
9. Jo'xori qaysi rivojlanish davrlarida sug'oriladi?
10. Jo'xori hosilini yig'ib olish texnologiyasi?
2.9. Sholi 
Ahamiyati
Yer yuzidagi ko'pgina mamlakatlarda sholi eng qa- 
dimgi oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Sholi qimmat- baho 
yorma ekini, dunyoda bug'doy ekinidan keyingi ikkinchi ekin.
Sholi guruchi to'yimliligi bilan, tez hazm bo'lishi bilan ajralib 
turadi, guruch tarkibida 75,2% karbon suvlari (asosan kraxmal), 7,18% 
oqsil, 0,26% moy, 2,2% kletchatka, 0,5% kul moddalari va 14% suv va 
har xil vitaminlar bor. Guruch qaynatmasi tabobatda davolash maqsadida 
ko'p ishlatiiadi. Guruch bilan parhez yuqori qon bosimida foydalaniladi.
Guruch odam organizmi uchun yuqori sifatliligi va tez hazm 
bo'lishi bilan ajralib turadi. Uning tarkibida inson organizmi uchun kerak 
bo'lgan oziq moddalar: oqsil, fosforli birikmalar va vitaminlar mavjud. 
Guruchdan tayyorlangan ovqat juda tez pishadi, inson organizmida u 
boshqa yormalarga qaraganda tez hazm bo'ladi va to'liq o'zlashadi. 
Guruchning o'zlashtirilish koeffitsiyenti eng yuqori 96% ga, kaloriyaliligi 
3594 ga, bug'doyniki esa 6310 ga teng.
148 


Sholining maxsus turidan (glyutinozli sholidan) Koreys xalqi non 
tayyorlaydi. Sholining oqlig„idan spirt, aroqning alohida xillari (sake), 
pivo 
tayyorlanadi 
va 
kraxmal 
olinadi. 
Guruchning 
kraxmali 
to„qimachilik sanoatida, parfyumeriya, meditsina sohasida ko„p 
ishlatiiadi.
Sholi somonini yem-xashak sifatida chorvachilikda ishlatiiadi, 1 kg 
somonda 22 g xom oqsil va 0,24 oziqa birligi mavjud. Bundan tashqari, 
sholi somoni kiyim-kechak sanoatida, oyoq kiyim, ip, qop, qog„oz va 
kompas tayyorlashda ishlatiiadi. Sholi somonida 1% protein, 0,55 moy, 
30% uglevod bor. Sholi somoni o„g„it sifatida ham ishlatiiadi, chunki 1 t 
somonda 8 kg azot, 1 kg fosfor va 12 kg kaliy mavjud.
Sholi guruchi Osiyo mamlakatlarida ko„p ishlatiiadi, aholining har 
biriga Yaponiyada 104 kg, Xitoyda 120 kg, Pokistonda 98 kg, 
Hindistonda 66 kg, AQSH 2,5, Angliyada 1,1 kg dan to„g„ri keladi.
Sholini oqlaganda 
0
„rtacha 48% guruch, 16% maydalangan don, 
13% qoldiqlari, 3% un va 20% qipiq chiqadi. Sholini oqlab guruch 
olganda don ishqalanadi natijada guruchning sifati o„zgaradi. 
Ishqalanish natijasida oqsil kamayadi: 8,44 dan 7,75% gacha, moy 1,82 
dan 0,53% gachani tashkil etadi.
Gen injeneriya uslubida olingan sholi doni yadrosida beta- karotin 
ishlab chiqaradi va sholi sariq rangli boMadi. Beta-karotin tarkibida 
inson sog„lig„i uchun o„ta muhim vitamin A bor va u sholining 
to„yimliligini oshiradi. Kelajakda yangi modifikatsiya uslubida 
yaratilgan sholi navlari rivojlanayotgan davlatlarda millionlab bolalami 
ko„zi ojizlikdan saqlaydi.
19
Tarixi.
Sholi eng qadimgi ekin hisoblanadi. Ekin qatoriga neolit 
zamonida kiritilgan. Olimlaming fikricha sholi ekini birinchi 
Hindistondan kelib chiqqan yoki Hindi-Xitoy va Xitoyda shu bilan birga 
Janubiy va Janubiy Sharqiy Osiyodan kelib chiqqan. Hindistonda 
sholining yovvoiy shakllari topilgan. Tarixiy arxeologik qazilmalardagi 
ma‟lumotga qaraganda sholining vatani Hindistonning yarim oroli 
deyish mumkin, chunki bu yerda ko„p miqdorda yovvoiy holda o„$ib 
yotgan sholi ekini topilgan.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling