X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Ekinni parvarish qilish.
Jo„xorini parvarish qilish tuproq 
qatqaloglga qarshi kurashish, qator oralarini ishlash, yaganalash,
145


oziqlantirish va sug„orishdan iborat. Urug„ unib chiqqunga qadar va unib 
chiqqan davrda tuproq qatqalog„ini yumshatish va begona o„tlami 
yo„qotish uchun yengil borona yoki rotatsion motiga bilan ishlanadi.
Jo„xori maysalari dastlabki 30-35 kun ichida juda sekin o„sadi va 
qator oralarini o„t bosib ketadi. Shuning uchun maysalar to
1
la paydo 
bo'lgandan so„ng tez orada qator oralarini ishlash va begona o„tlarni 
yo„qotishga kirishish kerak.
0„sish davrida jo„xori 2-3 marta kultivatsiya qilinadi. 0„sim- likda 
0
„rtacha 4-5 ta barg hosil bo„lganda birinchi kultivatsiya o„tka- ziladi, 
so„ngra yagana qilinadi. Uyalar atrofidagi begona o„tlar yulib tashlanadi 
va xato (bo„sh) uyalarga qo„shimcha urug
1
ekiladi.
12-rasm. 1-Jo„xori 
13-rasm. 2-pishish davri.
ro„vaklari,
Jo„xorini mollarga ko„kligicha yedirish yoki pichan qilish uchun 
yoppasiga qalin qilib ekilgan bo„lsa yagana qilinmaydi. Birinchi 
kultivatsiya qilingandan 10-15 kun o„tgach, ikkinchi va yana 10-15 kun 
0
„tgach, uchinchi kultivatsiya qilinadi.
146 


Birinchn sug„orishgacha boigan davrda jo'xorining qator oralari 5-
6 sm chuqurlikda ishlanadi. Keyingi ishlovlarda kultiva- torning chetki 
panjalari yerni 6-8 sm, o'rtadagi panjalari esa 10-12 sm chuqurlikda 
yumshatiladigan qilib o„rnatiladi. Bu ishlovlarda 10 sm dan himoya 
zonasi qoldiriladi.
0„simlik qator oralari g„o„za va makkajo'xoriga ishlatiladigan 
KRN-4,2, NKU-4,6, KRX-4, KRN-2,8A rusumli kultivatorlar bilan 
ishlanadi. Qator oralarini ishlashda bir yo„la kultivatorga o'matilgan 
SUZ rusumli o„g„itlagich yordamida o„simlik oziqlantiriladi. Begona 
o„tlar 2,4D gerbitsidi bilan yo„qotiladi.
Jo'xorining kechpishar navlari o'sish davrida 5-6 marta sug„oriladi. 
Birinchi suv maysa paydo bo'lgandan so„ng 25-30 kun o„tgach, beriladi. 
Keyingi suvlar esa har 17-20 kunda berib turiladi. Jo„xorining tez o'sish 
va ro'vak hosil qilish davrlarida suvga talabchanligi ortadi. Shu davrda 
uni tez-tez sug„orib turish kerak. Erta va o„rtapishar navlar 3-4 marta 
sug„oriladi. Sug'orish miqdori ro'vak chiqarguncha bo„lgan davrlarda 
600-800 m
3
, keyinchalik esa 800-1000 nr bo'lishi kerak.
Jo'xori ko'kligicha molga yedirish uchun ekilgan bo'lsa, uni o„rib 
olingandan so„ng gektariga 60-90 kg azot berilib, so„ngra sug'oriladi. 
Buning natijasida jo„xorining qayta o„sishi tezlashadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling