X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Samolyotda sholi ekish.
Bu usulda sholi ekishda ish uriumi ancha 
yuqori bo'ladi, ya‟ni kuniga 150-200 ga yerga sholi ekish mumkin. 
Samolyotda sholi ekishda har gektar maydonga sarfla- nadigan mehnat 
xarajatlari ancha qisqaradi, shuning uchun ham bu istiqbolli usul deb 
hisoblanadi. Ob-havo sharoiti noqulayligi, vaqtida suv kelmaganligi 
oqibatida va boshqa sabablarga ko„ra, ekish muddati surilib ketgan 
hollarda samolyotda foydalanish mumkin. Lekin, bunda yer ekishga juda 
yaxshi tayyorlangan bo„lishi shart. AQSH, Rummiya, Vengriyada 
samolyotda sholi ekish keng miqyosda qo„llaniladi.
Ekish me‟yori.
Ekish me‟yori o„simliklaming ko„chat qalinligini 
belgilaydi. Ekish me‟yori qancha yuqori bo„lsa, har gektar yerdagi 
ko„chatlar soni shuncha ko„p bo„ladi. Ekish me‟yori sholi navining 
biologik xususiyatlariga, tuproq unumdorligiga, ekish muddatiga va 
usuliga hamda boshqa sharoitlarga bog„liq bo„ladi.
0„zbekiston sharoitida gektariga 5,0-7,5 mln. donagacha sholi 
ekiiganda, ya‟ni 1 metr kvadrat yerda o„rimga qadar 250-350 tup atrofida 
o„simlik va 450-500 ta unumdor ro„vakli poya bo„lgan taqdirda sholidan 
mo„l hosil olinadi.
0„zbekiston sholichilik institutida olib borilgan kuzatishlarga 
qaraganda, urug„ning unuvchanligi 37-56% atrofida o„zgarib turadi,
158


o'rimga qadar esa unib chiqqan maysalaming 75-93% saqlanib qoladi. 
Urug„ ekishning muqobil me‟yorini belgilashda bunday ka- mayishni 
hisobga olish, shuningdek, yuqori hosil yetishtirishga im- kon beradigan 
barcha agrotexnik tadbirlami amalga oshirish zarur.
Ekish me‟yori urugiikning vazniga qarab belgilanadigan bo„lsa, bu 
ko„rsatkich urug'ning xo'jalik jihatdan 100% yaroqligi va 1000 dona 
urug'ning vazniga qarab hi sob lab chiqariladi 
Sug„orish usullari.
Tabiiy iqlim sharoiti va sholi yetishtirish 
texnologiyasiga ko„ra, dunyo sholichiligida sug„orishning to„rt usuli: 
doimiy suv bostirish, qisqa muddat suv bostirib sug„orish, dam oldirib 
sug„orish va vaqti-vaqti bilan sug„orish usullari ma‟lum.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling