X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Begona o„tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Agrotexnik kurash chora-tadbirlari.
Begona o„tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari.
Hozirgi vaqtda sholi unib chiqqandan keyin va o'suv davrida begona o'tlarga qarshi, boshqa agrotexnik tadbirlarga xalal bermagan holda, gerbitsidlardan foydalaniladi. Endilikda O'zbekistondagi barcha sholikor tumanlarda asosiy maydonlar gerbitsidlar bilan ishlanadi. Gerbitsidlar tanlab (selektiv) va yoppasiga (qirib tashlaydigan) ta‟sir qiladigan bo'ladi. Sholi ekilgan maydonlarga gerbitsidlar samolyotda yoki (traktorga o'matilgan OTN-8-16, OVX-14, ONK-400 kabi) apparatlarda kurmak maysalari 1-3 ta chinbarg chiqargan paytda sepiladi. Bir gektar ekinzorga sepish uchun 5 kg ta‟sir etuvchi modda 100 litr suvga aralashtirilib, ishchi eritma tayyorlanadi. Shu xildagi eritmadan yerga sepiladigan bo„lsa, gektariga 400 litr, samolyotda sepiladigan bo'lsa, 100 litr sarflanadi. Gerbitsidlar bilan ishlanadigan dalalar oldindan tayyorlab qo'yiladi. Buning uchun dori sepishga 2-3 kun qolganda sholipo- yalardagi suv chiqarib yuborilib, biroz selgitiladi, lekin yer betini qurib yori lishiga yo„l qo'ymaslik kerak. Kurmak maysalari suv qatlami tagida qolmasligi nihoyatda muhimdir. Sholipoyalarni uzoq vaqt suvsiz qoldirmaslik kerak, aks holda bu o'simlikning yaxshi o'sishiga xalal beradi va o„suv davri cho'zilib ketadi. Suvo'tlami yo'qotish uchun mis kuporosi xaltachalariga solib, pollarga suv kiradigan joylarga qo'yiladi va shu yerda pollarning hamma tomoniga tarqaladi. Gektariga 10-12 kg hisobida preparat sarflanadi. Agrotexnik kurash chora-tadbirlari. Bu tadbirlarga almashlab ekish, sholi ekish muddati va usuliari, begona o'tlami yo'qotish hamda ekishni sug'orish rejimi kiradi. Urug'lami to„la unib chiqi- shini ta‟minlash va hasharotlardan saqlash uchun urug'ga pestitsidli preparatlar yuqtirish oldini olish tadbirlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun 1 t urug'ga 0,6 kg TMTD, 0,3 kg GXSG preparatlaridan olib, unga MF-17 yopishqoq modda qo'shiladi va hosil bo'lgan suyuqlik 1 s urug'ga 2,5 litr hisobidan yupqa qilib yuqtiriladi va urug' namlanadi. Bu moddalami fentiuram (gektariga 0,6-0,8 kg) deb ataladigan kompleks preparat bilan almashtirish ham mumkin, Urug„ PS-10 yoki “Mobitoks” apparatlarida ishlanadi, agar bunday apparatlar boimasa, S-2276 va boshqa rusumli beton qorishlirgichlardan foydalaniladi. Komponentlami qorishtirish uchun ular mashinalarda 1-1,5 daqiqa saqlab turiladi. Urug'likni preparatlar bilan ishlashda 0„zbekiston 0„simliklami Himoya Qilish Ilmiy Tekshirish institutining maxsus vo'riqnomasidan foydalanish tavsiya qilinadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling