X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi muhit omillariga munosabati Issiqlikka talabi.
Gullash va changlanish.
Tariqda uch tip changlanish kuzatiladi: 1. Yopiq gulda changlanish bu bulutli ob-havoda kuzatiladi. 2. Ochilgan gulda changlash, guidonlar guldan tashqariga chiqayotgan paytda ular yoriladi va changlar gul ichiga sochilib ketadi va guldan chiqayotgan onaligiga yoyiladi. 3. Issiq va ochiq havoda changlash, bunda changdonlar gul tashqarisiga sochilib ketadi va chanlar gulga tushmaydi. Uchinchi variantda chetdan changlanish mumkin. 172 Gullash ro„vakning uchidagi gul plyonkalarining ochilishidan boshlanadi, keyin shoxlar bo„ylab pastga tushadi. Issiq va ochiq havoda guflashi ertapishar navlar uchun ro„vaklashdan 2-3-kundan keyin boshlanadi, o„rtapishar navlarda ham xuddi shunday boiadi, kechpishar navlar uchun 4-6 kun. 0„rta Osiyo sharoitida tog'oldi zonalari uchun gullash ertalab 8 da, baland togii zonalar uchun ertalab soat 10 da. Ko'pchilik holatlarda 25 °C da gullaydi, lekin 13 °C dan to 40 °C gacha o'zgarib ham turadi. Qulay sharoitda bitta gul 3-4 daqiqa gullaydi. Bitta ro'vakda bu davrda 67-121 gul ochiladi. Gullashning davomiyligi bitta gulda 15-40 daqiqa, bitta ro'vakda esa gullashning davomiyligi 6-20 kun davom etadi. Tashqi muhit omillariga munosabati Issiqlikka talabi. Tariq issiqsevar o'simlik. Urug'ning unib chiqishi uchun eng past harorat 8-10 °C. Lekin, bunda unib chiqish 15 kungacha, 16-19 °C haroratda esa jami 3 kun davom etishi mumkin. Olimlaming aniqlashicha tariqning shimoliy shakllari 5-8 °C da unib chiqadi. Tariqning maysalari sovuqqa juda ta‟sirchan, 2- 3 °C da esa maysalar jarohatlanadi, 3,5-4,0 °C da ko'p qismi nobud boiadi, 6-10 °C da fotosintez energiyasi tezda pasayib ketadi. Tariq asosan gullash davrida sovuqliklarga ta‟sirchan. Bu davrda o'simlik 1-2 °C da nobud boiadi. Yuqori harorat o'sib rivojlanishni tezlash- tiradi. Past harorat esa ro'vaklash, pishish davrining davomiyligini uzaytiradi. Tariq amal davrida issiqlikka chidamliligi bilan farq qiladi, shuning uchun yuqori haroratdan kamroq zarar ko'radi. Kuchli tuplanish 15-20 °C da kechadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling