X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Gullash va changlanish.
Tariqda uch tip changlanish kuzatiladi:
1. Yopiq gulda changlanish bu bulutli ob-havoda kuzatiladi.
2. Ochilgan gulda changlash, guidonlar guldan tashqariga 
chiqayotgan paytda ular yoriladi va changlar gul ichiga sochilib ketadi va 
guldan chiqayotgan onaligiga yoyiladi.
3. Issiq va ochiq havoda changlash, bunda changdonlar gul 
tashqarisiga sochilib ketadi va chanlar gulga tushmaydi. Uchinchi 
variantda chetdan changlanish mumkin.
172


Gullash ro„vakning uchidagi gul plyonkalarining ochilishidan 
boshlanadi, keyin shoxlar bo„ylab pastga tushadi. Issiq va ochiq havoda 
guflashi ertapishar navlar uchun ro„vaklashdan 2-3-kundan keyin 
boshlanadi, o„rtapishar navlarda ham xuddi shunday boiadi, kechpishar 
navlar uchun 4-6 kun.
0„rta Osiyo sharoitida tog'oldi zonalari uchun gullash ertalab 8 da, 
baland togii zonalar uchun ertalab soat 10 da. Ko'pchilik holatlarda 25 
°C da gullaydi, lekin 13 °C dan to 40 °C gacha o'zgarib ham turadi. 
Qulay sharoitda bitta gul 3-4 daqiqa gullaydi. Bitta ro'vakda bu davrda 
67-121 gul ochiladi. Gullashning davomiyligi bitta gulda 15-40 daqiqa, 
bitta ro'vakda esa gullashning davomiyligi 6-20 kun davom etadi.
Tashqi muhit omillariga munosabati 
Issiqlikka talabi.
Tariq issiqsevar o'simlik. Urug'ning unib chiqishi 
uchun eng past harorat 8-10 °C. Lekin, bunda unib chiqish 15 kungacha, 
16-19 °C haroratda esa jami 3 kun davom etishi mumkin. Olimlaming 
aniqlashicha tariqning shimoliy shakllari 5-8 °C da unib chiqadi. 
Tariqning maysalari sovuqqa juda ta‟sirchan, 2-
3 °C da esa maysalar jarohatlanadi, 3,5-4,0 °C da ko'p qismi nobud 
boiadi, 6-10 °C da fotosintez energiyasi tezda pasayib ketadi. Tariq 
asosan gullash davrida sovuqliklarga ta‟sirchan. Bu davrda o'simlik 1-2 
°C da nobud boiadi. Yuqori harorat o'sib rivojlanishni tezlash- tiradi. 
Past harorat esa ro'vaklash, pishish davrining davomiyligini uzaytiradi.
Tariq amal davrida issiqlikka chidamliligi bilan farq qiladi, 
shuning uchun yuqori haroratdan kamroq zarar ko'radi. Kuchli tuplanish 
15-20 °C da kechadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling