X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Begona o„tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Begona o„tlarga qarshi kimyoviy kurash choralari.
Hozirgi vaqtda 
sholi unib chiqqandan keyin va o'suv davrida begona o'tlarga qarshi, 
boshqa agrotexnik tadbirlarga xalal bermagan holda, gerbitsidlardan 
foydalaniladi. Endilikda O'zbekistondagi barcha sholikor tumanlarda 
asosiy maydonlar gerbitsidlar bilan ishlanadi. Gerbitsidlar tanlab 
(selektiv) va yoppasiga (qirib tashlaydigan) ta‟sir qiladigan bo'ladi.
Sholi ekilgan maydonlarga gerbitsidlar samolyotda yoki (traktorga 
o'matilgan OTN-8-16, OVX-14, ONK-400 kabi) apparatlarda kurmak 
maysalari 1-3 ta chinbarg chiqargan paytda


sepiladi. Bir gektar ekinzorga sepish uchun 5 kg ta‟sir etuvchi modda 100 
litr suvga aralashtirilib, ishchi eritma tayyorlanadi. Shu xildagi eritmadan 
yerga sepiladigan bo„lsa, gektariga 400 litr, samolyotda sepiladigan 
bo'lsa, 100 litr sarflanadi.
Gerbitsidlar bilan ishlanadigan dalalar oldindan tayyorlab qo'yiladi. 
Buning uchun dori sepishga 2-3 kun qolganda sholipo- yalardagi suv 
chiqarib yuborilib, biroz selgitiladi, lekin yer betini qurib yori lishiga yo„l 
qo'ymaslik kerak. Kurmak maysalari suv qatlami tagida qolmasligi 
nihoyatda muhimdir. Sholipoyalarni uzoq vaqt suvsiz qoldirmaslik kerak, 
aks holda bu o'simlikning yaxshi o'sishiga xalal beradi va o„suv davri 
cho'zilib ketadi. Suvo'tlami yo'qotish uchun mis kuporosi xaltachalariga 
solib, pollarga suv kiradigan joylarga qo'yiladi va shu yerda pollarning 
hamma tomoniga tarqaladi. Gektariga 10-12 kg hisobida preparat 
sarflanadi.
Agrotexnik kurash chora-tadbirlari.
Bu tadbirlarga almashlab 
ekish, sholi ekish muddati va usuliari, begona o'tlami yo'qotish hamda 
ekishni sug'orish rejimi kiradi. Urug'lami to„la unib chiqi- shini 
ta‟minlash va hasharotlardan saqlash uchun urug'ga pestitsidli preparatlar 
yuqtirish oldini olish tadbirlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun 1 t 
urug'ga 0,6 kg TMTD, 0,3 kg GXSG preparatlaridan olib, unga MF-17 
yopishqoq modda qo'shiladi va hosil bo'lgan suyuqlik 1 s urug'ga 2,5 litr 
hisobidan yupqa qilib yuqtiriladi va urug' namlanadi. Bu moddalami 
fentiuram (gektariga 0,6-0,8 kg) deb ataladigan kompleks preparat bilan 
almashtirish ham mumkin,
Urug„ PS-10 yoki “Mobitoks” apparatlarida ishlanadi, agar bunday 
apparatlar boimasa, S-2276 va boshqa rusumli beton qorishlirgichlardan 
foydalaniladi. Komponentlami qorishtirish uchun ular mashinalarda 1-1,5 
daqiqa saqlab turiladi. Urug'likni preparatlar bilan ishlashda 0„zbekiston 
0„simliklami Himoya Qilish Ilmiy Tekshirish institutining maxsus 
vo'riqnomasidan foydalanish tavsiya qilinadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling