X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Vaqti-vaqti bilan sug„orish
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Begona о „tlar va ularga qarshi kurash choralari.
Vaqti-vaqti bilan sug„orish.
Bunda sholi quruqlikda ekiladigan ekinlar singari sug'oriladi va butun o„suv davrida pollarga suv bostirib qo„yilmaydi. Sholi navlarining o„suv davri uzun-qisqaligiga qarab mavsumda 10-14 marta sug'oriladi. Shu usulda sug„orilganda sug„orish me‟yori ikki barobar va undan ham ko„proq qisqaradi, qimmatga tushadigan injenerlik tipidagi sug„orish tizimini qurishga ehtiyoj qolmaydi, lekin sholini hosildorligi keskin pasayib ketadi. Yuqorida aytilgan barcha sug„orish usullari orasida 0„zbe- kiston sholikorligida dastlabki ikki usul eng keng tarqalgan, mana shu ikki usulda sug„orish suvga ekilgan sholining fiziologik talablariga to„liq javob beradi. 0„zbekistonning turli sholichilik tumanlarida sug„orish davri qariyb 100 kun davom etadigan o„rtapishar nav sholini sug„orish uchun 1 ga yerga 20-30 ming. m 3 gacha suv talab qilinadi. Begona о „tlar va ularga qarshi kurash choralari. Begona o„tlar sholi hosildorligiga katta zarar yetqazadi, ya‟ni 20-30% gacha hosilni kamaytiradi. 0„zbekistondagi sholipoyalarda begona o„tlarning 50 ga yaqin turi aniqlangan, shulardan sholiga eng katta zarar yetkazadigan 22 turi muttasil sholi ekiladigan maydonlarda 7- 12 turi, sholi almashlab ekish dalalarida yanada ko„prog„i tarqalgan. Begona o„tlaming suvga bo„lgan munosabatiga asoslanib, ular quyidagi guruhlarga ajratiladi: 1. Quruqlikda o„sadiga begona o„tlar (mezofitlar). Oddiy namlangan yerlarda o'sadi. Sholi almashlab ekish dalasiga kiritilgan quruqlikda o„sadigan ekinlar orasida eng ko„p tarqalgan. 2. Nam sevuvchi begona o„tlar (gigrofitlar). Ular haddan tashqari semam yerlarda botqoqda o„sadigan o„tlar. Bular uzoq vaqt suv bostirilgan joylarda o„sadi. Ularning yer usti qismlari havoda (ochiqda) o„sishga moslashgan. 3. Suvda o„sadigan begona o„tlar (limnofiilar) muttasil suv bostirilgan yerlarda, tabiiy ko„l va havzalarda o„sadi. Ularning poyasi va barglari suvda bo ! ladi yoki suv yuzasida qalqib yuradi. 160 Eski sholipoyaiarda va ariqlarda, muttastl sholi ekiladigan joylarda ko„p o„sadi. 4. Suv gullar (gidrolxaritlar). Bular faqat suvli botqoqliklarda va ko„llarda o„sadi, ildizi bo'lmaydi. Poyasi va barglari suv tagida yoki suv yuzida qalqib yuradi. Ular asosan ariqlarda kamdan-kam hollarda suv bostirib sug'oriladigan eski sholipoyaiarda o'sadi. 5. Suv o'tlar (algarlar) ko'zga ko'rinmaydigan bir hujayrali eski birmuncha yirik to'p-to'p shilliqsimon parda yoki ipsimon massa hosil qiladigan tuban o'simliklar. Ular nam tuproqda, boshqa o'simliklaming suv osti qismlarida yoki suv yuzasida o'sadi, sholipoya hamda ariqlami ifloslantiradi. Bulardan sholiga eng ko'p zarar yetkazadiganlari g'alladoshlar oilasiga mansub kurmaklar; shamak, kurmak va itqo'noqdir. Bu begona o'tlar biologik belgilari jihatidan sholiga yaqin turadi. Ularning hammasi bir yillik bahori o'simlik hisoblanadi. Faqat urug'dan ko'payadi. Ular O'zbekistonda sholi orasida o'sadigan begona o'tlaming eng ashadiysi hisoblanadi. Begona o'tlarga qarshi agrotexnikaviy kurash choralari. Bahorda sholi ekishga qadar yerni ishlash imkoni boricha begona o'tlar urug'ini undirib olish va boshqa begona o'tlarga qarshi yerni plug, yumshatgichlar, har xil kultivatorlar, diskli qurollar va boronalar bilan bir necha marta ishlash yaxshi samara beradi. Suv qatlami begona o'tlar maysasini yo'qotishda katta rol yo'naydi. Sholipoyalarga bostirilgan suv qatlami qalin bo'lsa, ma‟lum vaqtdan keyin begona o'tlarga halokatli ta‟sir etadi. Masalan, kurmakni maysaligida yo'qotish uchun 5-7 kun davomida sholipoyalarga 20- 30 sm qalinlikda suv bostirib qo'yish keng qo'llaniladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling