X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Issiqlikka bo„lgan munosabati.
Tasbqi muhitga talabi
Suvga talabchanligi. Sholi boshqa qishloq xo„jalik ekinlaridan suvda o'sish va rivojlanish qobiliyati bilan farq qiladi. Suv serob bo'lmasa, sholi yuqori hosil berolmaydi. Sholi gigrofit, ya‟ni suv bostirilgan sharoitda o'sadi. lekin suvga bo'lgan talabi rivojlanish davrlariga qarab o'zgaradi. Sholiga maysalanish davrida suv qatlami kerak bo'lmaydi va mum pishish hamda to'liq pishish davrida ham xuddi shunday. Urug'ning unib chiqishi uchun suv kerak, lekin suv qatlami tuproqda faqat murtakning rivojlanishiga olib kelishi mumkin, lekin ildizchalar rivojlanmaydi shuning uchun urug' nishlagandan keyin to unib chiqqunga kadar (1-barggacha) daJadan suv oqizib yuboriladi. Sholi unib chiqqandan keyin suv qatlami 15-20 sm balandlikkacha ko'tariladi. Ildiz tizimining va yon shoxlarining yanada yaxshiroq rivojlanishi uchun tuplanish davrida suv qatlami to singib ketgunga qadar kamaytiriladi, lekin qurib qolmasligi kerak. Shu davrda o'g'it berib oziqlantiriladi va shundan keyin yana suv qatlami mum pishish davrigacha 15-20 sm balandlikka ko'tariladi. Suv qatlami sholi dalasining issiqlik rejimiga qulay sharoitlar tug'diradi, ya‟ni havo haroratining sutkalik tebranishirii yaxshilaydi, sho'r tuproqlarda sho'r yuvish ta‟sirini o'tkazadi, begona o'tlami yo'q qiladi, tuproqni eroziyadan saqlaydi hamda sholini bir dalada bir necha yil ekish uchun sharoit yaratiladi. Issiqlikka bo„lgan munosabati. Sholi issiqlikka juda talabchan. Sholining rivojlanishi uchun turli rivojlanish davrlarida suvning harorati katta ahamiyatga ega. Urug'ning unib chiqishi uchun suvning eng past harorati 10-14 °C, lekin bu haroratda urug' 12-15 kun davomida unib chiqadi. Harorat 20-25 °C bo'lganda urug' 5-7 kunda unib chiqadi. O'simlikning barcha davrlarida past harorat o„simlikka salbiy ta‟sir ko„rsatadi, asosan gullash davrida. Sholi uchun suvning mo„tadil harorati 30-33 °C bo„lib hisoblanadi. Harorat 40 °C va undan yuqori boiganda gullash va urug'lanish jarayonlari buziladi. Suvning cheklarda doimiy ravishda oqib turishi suvning haroratini kamaytirib sholining hosildorligini ko„paytirish uchun xizmat qiladi. Aniqlanishicha ro„vakning murtak holidagi paytida suv haroratining 154 bostirib sug„orish yo„li bilan yoki oqar suv bilan 20-22 °C gacha pasaytirilishi ro„vak shoxchalarining ko„payishiga olib keladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling