Suvga talabi.
Marjumak namlikni yaxshi ko„radigan
ekin turi
bo„lib hisoblanadi. Bu yuqori hosil olish uchun suvning yuqori sarfi
bilan o„zaro bog„liq. E.A.Stoletovaning ma‟lumotlariga ko„ra 20 ts. don
va 50 ts. somon hosili yaratish uchun 1 ga 3500 t. suv talab qilinadi.
Olimlaming ma‟lumotlariga ko„ra transpiratsion koeffitsiyent 371 dan
600 gacha boiishi kerak. Ma‟dan o„g„itlarning turi va me‟yoriga ko„ra
transpiransiyaga koeffitsiyenti NPK-322, NP-323, PK-464, N-327, P-
484, K-530 va o„g„itsiz 506.
Marjumakning urug„i unib chiqayotganda urug„
vazniga nisbatan
40-50% sarflaydi. Dala sharoitida urugiar tuproqning quruq vazniga
nisbatan tuproq namligi 30% boiganda normal rivojlanadi.
Gullash
davrning ikkinchi yarmida suvga munosabati bo„yicha kritik davr boiib
hisoblanadi va u odatda 20 kun davom etadi.
Oziq elementlariga bo„lgan talabi.
Marjumak ko„p miqdorda oziq
elementlarini talab etadi va iste‟mol qiladi. 1 ts.
donni va shunga mos
somonni yaratish uchun, tuproqdan 4,4 kg azot, 3 kg fosfor va 7,5 kg
kaliyni olib chiqib ketadi. Azot
va fosfoming miqdori mevasida, kaliy
esa vegetativ massasida ko„p boiadi. Marjumakning
ildiz tizimi oziq
moddalarning qiyin o„zlashtiradigan shakllarini qabul qilish
qobiliyatiga
ega.
Marjumak
fosfor
kislotasini
qiyin
eruvchi
fosforitlardan ham o„zlashtiradi. Oziqa unsurlaming eng ko„p miqdorini
marjumak gullash va meva hosil qilish
davrida qolgan qismini esa
gullashgacha o„zlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: