X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Yerga ishlov berish.
Dala o'simlik qoldiqlaridan tozalanadi, 200 kg 
ammofos va 100 kg kaliy o'g'iti solinadi. Yer 22-25 sm chuqurlikda 
shudgorlanadi. Bunda PD-3-35, PD-4-35, PYA-3-35 rusumli texnika 
qo'llaniladi. Kuzda ekish uchun dala tozalanadi, 2 marotaba chizel 
yurgiziladi 16-18 sm chuqurlikda, so'ngra borona yurgiziladi. Bohorda 
ekish uchun erta bahorda 2 marotaba borona «zig-zag» yurgiziladi. 
Ekishdan oldin 16-18 sm chizel qilinadi va mola bosiladi.
Urug„ni ekishga tayyorlash va ekish.
Urug' Davlat andozasiga javob 
berishi lozim. Ekishdan oldin maxsus nitragin bilan urug' qoplanadi. 
Lalmi yerlarda no'xat erta bahorda (fevral-mart oylarida) ekiladi. Kuzda 
ekish ham mumkin. Ammo yog'ingarchilik ko'p bo'lgan yillari 
askoxitozdan ko'p zararlanadi. No'xat keng qatorlab, qator orasi 45 -60 
sm yoki oddiy qatorlab, qator orasi 15 sm dan qilib ekish mumkin.
Ekish me‟yori 0,5-0,8 mln. dona urug' yoki 40-100 kg ga ekiladi. 
Ekish chuqurligi ekish muddatiga, tuproqning mexanik tarkibiga qarab 4 -
7 sm bo'ladi. Ekish uchun STX-4, SXU-4 yoki SPCH-6M seyalkalar 
qo'llanadi. Lalmi yerlarda SUB-48M rusumli donli seyalkalar ishlatiiadi, 
qator orasi 45 va 60 sm bo'ladi. Keng qatorlab ekiiganda 80 -100 kg/ga 
urug' sarflanadi.
No'xat unib chiqquncha va unib chiqqandan keyin qatqaloq va 
ko'karayotgan begona o'tlarni yo'qotish maqsadida yer bir-ikki
194


marta borona qilinadi. 0„rmalovchi traktorga tirkalib qatorlami 
ko„ndalang yoki “zig-zag” borona bilan diagonal bo„ylab boronalash 
o'simlikka deyarli zarar yetkazmaydi. No„xat kunduz kuni 
0
„simlik 
so„libroq turganda va mo„rtligi kamayganda boronalanadi. Qator 
oralaridagi begona 
0
„tlar bir-ikki marta kultivatsiya qilib yo'qotiladi, 
bunda kultivatorga o„tkir charxlangan yassi kesuvchi panja va tig'lar 
o'matiladi.
17-rasm: 1 -mahalliy no„xat. 
2-no„xat doni.
Shartli sug„oriladigan yerlarda qator oralariga ishlov berishdan 
tashqari gullab turgan va don yetilayotgan paytlarda 1-2 marta jo'yaklar 
orqali jildiratib sug'oriladi. Sug'orish no'xat hosildorligini ancha 
oshiradi.
Sug'oriladigan sharoitda hosil ancha oshadi. Sug'orish me‟yori 
o'rtacha 800 rrr'/ga. Hindistonda olib borilgan tajribalar bo'yicha R.M. 
Shah, A.R. Pathak, I.A. Patel ma‟lumotlariga ko'ra, no'xat- ning yangi 
ICCC-4 navidan lalmi yerlarda 12,5 s/ga, sug'orilganda 32,9 s/ga don 
olingan.
J.Xudayqulov maiumotiga ko'ra, «Malhotra» navi loshkent 
viloyatining tipik bo'z tuproqli sharoitida kuzgi mavsumda ekilib,
195


bahorgi mavsumda ikki marta sug'orib yetishtirilganda no'xat hosiii 35,7 
s/ga ni tashkil etgan.
Dukkaklar to„la pishib, doni qotganda no'xat yig'ishtirib olina- di. 
Hosil kunning ertalabki soatlarida yig'iladi, bunda don korn- baynlari 
ishlatiiadi. No„xat urugi don tozalaydigan mashinalarda tozaianib yopiq, 
quruq joylarda saqlanadi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling