X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg)
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sistematikasi. Dukkakli-don ekinlar dukkakdoshlar Fabaceae
- Phaseolus vulgaris L. > Yasmiq - Ervurn Lens L. > Burchoq - Lathyrus sativus L.
- Canavalia DC. Morfologiyasi Ildiz
Almashtirilmaydigan aminokislotalarning miqdori (g/kg)
( G.S.Posypanov ma‟lumotlari) __ _________ _________ ______ _______ ________ 34-jadva Aminokis lotalar Soya Loviya Yas miq Ekma ko'k no'xat Ekma burchoq No'xat Lizin 24,0 23,3 22,3 22,7 18,4 ^ 20,7 Metionin 5,0 1,5 4,0 1,0 4,1 5,2 Sistin 4,6 6,2 6,3 2,8 3,0 4,8 Arginin - - - - 23,1 - Leysin - - - - 33,5 - Fenilalanin 16,0 14,6 13,0 11,6 15,5 11,3 Treonin 13,0 11,0 10,9 - 12,0 10,5 Valin - 16,0 15,8 11,0 12,5 - Triptofan - - - 1,8 2,9 - Gistidin 8,0 6,5 - 4,9 - - Yer yuzida dukkakli-don ekinlar 135 mln. ga maydonga ekiladi. Yer yuzida soya, loviya, ko'k no'xat ko'p ekiladi. O'zbekiston- ning suvli yerlarida loviya turlari, shu jumladan, mosh, lalmi 186 yerlarda no„xat qadimdan ekilib kelinmoqda. Oxirgi yillarda soya ekiniga ancha e‟tibor berilmoqda, oraliq ekin sifatida kuzgi vika, ko„k no„xat ekilmoqda. Sistematikasi. Dukkakli-don ekinlar dukkakdoshlar Fabaceae oilasiga mansub bo„lib bir nechta avlodlami o„z ichiga qamrab olgan. Ulardan asosiylari: > No„xat - Cicer arietinum L. > Ko„k no„xat - Pizutn sativum L. > Soya - Glycine hispida Max. > Loviya - Phaseolus vulgaris L. > Yasmiq - Ervurn Lens L. > Burchoq - Lathyrus sativus L. > Lyupin - Lupin L. > Vigna - Vigna catjang. > Kayanus - Cajanus Spr. > Kanavaliya - Canavalia DC. Morfologiyasi Ildiz - don-dukkakli ekinlarning ildizi o„q ildiz bo„lib, tuproqqa 2 metr chuqurlikka kirib boradi, asosiy miqdori tuproqning 30 sm. Chuqurligigacha joylashadi. Dukkakli ekinlarning ildizida tuganaklar bo„ladi, bu tuganaklarda havo azotini o„zlashtiradigan bakteriyalar - Rhizobium yashaydi. Ekinlarni turiga qarab ildizda bakteriyalarni har xil turlari bo„ladi. Tuganaklar shakli va kattaligi bilan farq qiladi. Tuganaklar yirik va ko„p bo„lsa, demak, havo azoti yaxshi o'zlashtiriladi va tuproqda ancha azot to„pianadi. Ekinlarning ildizida tuganaklar yaxshi rivojlanishi uchun urug‟lar ekilishidan oldin sun‟iy maxsus bakteriya yuqtiriladi. Bu bakteriyali o„g„it nitragin deb ataladi. Poya - dukkakli ekinlarning poyasi o„tsimon yoki chirmashib o„sadi, tukli va tuksiz bo„ladi. Masalan, no„xat, xashaki dukkaklar, soya ekinlarining poyasi tik o„sadi, ko„k no„xatni poyasi chirmashib o„sadi. Dukkakli ekinlarning poyasi shoxlanadi. Yon shoxlar barg qo„ltiqlaridan o„sib chiqib ikki xil bo'ladi: monopodial va simpodial. Monopodial shoxlar poyada pastdan yuqoriga qarab 187 rivojlanadi, simpodial shoxlar esa yuqoridan pastga qarab rivojlanadi, bu holda asosiy poyani uchki qismida gulto„plam hosil bo„ladi. Barg - barcha dukkakli-don ekinlarining bargi, tuzilishi bo„yicha bir-biridan ancha farq qiladigan 3 ta guruhga boiinadi: 1) patsimon barglar 2) uchtali barglar 3) panjasimon barglar. Patsimon barglar juft va toq patsimon bo„ladi. Toq patsimon barglaming uchida toq yaproqchasi bo„ladi. Juft patsimon barglar uchida yirik-mayda va har xil darajada shoxlangan jingalaklar mavjud. Ba‟zi bir ekinlar jingalaklar yordamida tayanch o„simlikka o„ralib o„sadi. Umuman barglar yirik-mayda, tukli-tuksiz boiishi mumkin. Bargning asosida har xil shakldagi yonbargchalar bo„ladi. Yonbargchalarga qarab ekin turlarini aniqlash mumkin. Gul — dukkakli ekinlarning gullari aksariyat holda barg qo„ltiqlarida, 1-2 tadan joylashadi, ayrim turlarida shingil shakldagi gulto„plam hosil qiladi. Dukkakli ekinlarning gullari kapalaksimon boiadi, gullar ikki jinsli bo„lib 5 ta gultojibargdan tashkil topgan. Gultojibarglar har xil bo„ladi, eng yirigi yelkan, yon tomondan ikkita kichikrog„i qanot va pastki cheti bilan bir-biriga tutashib o„sgan, ikkita pastkisi qayiqcha deb ataladi. Changchisi 10 ta bo„lib, to„qqiztasi tutashib o„sadi, o„ninchisi erkin o„sadi. Meva - gullar changlangandan keyin tugunchasi o„sib mevaga aylanadi. Mevasi dukkak deyiladi. Mevada kalta bandga joylashgan urugiar mavjud. Ko„pchilik dukkakli don ekinlari yetilganda dukkagi uzunasiga chatnaydi, urug„ sochiladi. Ayrim ekinlarda (mahalliy no„xat, yasmiq, oq lyupin) mevasi chatnamaydi. Dukkakning shakli cho„zinchoq, romb shaklida, silindrsimon, buyraksimon, yuzasi silliq, burushgan, tukli yoki tuksiz bo'ladi. Dukkakda bittadan o„ntagacha urug„ bo„ladi. Urug„ - dukkakli don ekinlarini urug„i qo„ng„irboshli don ekinlaridan farq qilib urugi dukkagining ichida joylashadi. Urug„ qalin po„st bilan qoplangan. Uning yuzasi ekin turiga qarab silliq, yaltiroq, burishgan bo„ladi. Urug„ning ustida turlami bir-biridan ajratishga yordam beradigan har xil belgilari bo„ladi. Shulardan biri - urug„ kertigi, urug„ bandining, urug* rivojlanib chiqadigan 188 urug„kurtakka birikadigan joyidir. Urug„ yetilganda ana shu joyda dukkak pallasidan ajraladi. Dukkakli-don ekinlar urug' kertigini katta- kichikligi, rangi, shakli va holati bilan bir-biridan farq qiladi. Urug 4 bo'ktirilganda o 4 sha kertik orqali urug 4 ichiga suv kiradi va kertigining o„rtasida kertik izi, urug 4 kertigining bir uchida uruqqa kirish izi (mikropile), ikkinchi uchida urug 4 kurtakning asosi-xalaza- dog„chalar ko 4 rinishdagi tuzilmalami ko 4 rish mumkin. Mikropile loviya urug'larining kertigida yaxshi seziladigan bo'ladi. Urug 4 qobiglning tagida murtak joylashgan. Dukkakli ekinlarda qo 4 ng„irboshli don ekinlari kabi endosperm bo 4 lmaydi. Murtak rivojlanishining birinchi davrida zarur oziq moddalar uning o 4 zida, urug 4 palla barglarida zaxira holda to'planib boradi. Dukkakli o'simliklar urug 4 ining murtagi urug'ning ikkita yarmidan iborat bo 4 lgan, ikkita urug 4 palladan tashkil topgan bo'lib, ular bir tomondan ochiladi, ikkinchi tomonidan esa urug' kertigi yonida tutashgan bo'ladi. Urug'pallalar urug 4 kertigi bilan tutashgan joyda murtak ildizchasi bilan kurtakcha bo'ladi. Ba‟zi dukkakli ekinlar urug'ining kurtakchasi ancha baquvvat rivojlangan va dastlabki ikkita chinbarg boshlang 4 ichiga ega bo'ladi, o'simlikning o 4 sish nuqtasi shularning orasida bo'ladi. Urug'ning tuzilishini bo'rtgan urug'lardan ko 4 rish eng qulay bo 4 ladi. Bunday urug'laming po'sti oson ajraladi va murtagining barcha qismi yaxshi ko'rinib turadi. Biologiyasi Dukkakli-don ekinlarda maysalanish, shoxlanish, shonalash, gullash, dukkak shakllanishi, pishish davri kuzatiladi. Issiqlikka boigan talabi har xil boiadi, buni quyidagi jadvaldan ko'rish mumkin. Dukkakli-don ekinlar namsevar, qisqa muddatda suv tanqisiigi yuz bersa, tuganak mevalari nobud boiadi. Erkin azotni o'zlashtirish jarayoni susaysa hosil kamayadi. O c suv davrida tuproq namligi DNS nisbatan 60-100% boiishi o'simlikning yaxshi rivojlanishini ta‟minlaydi. Maysalanish davrida urug' unib chiqishi uchun 100% dan ortiq suv sarflanadi. Yorug'likka bo'lgan talabi bo'yicha dukkakli-don ekinlar uch guruhga boiinadi: 189 1) Uzun kunli ekinlar-ko„k no'xat, yasmiq, burchoq, lyupin, xashaki dukkaklar. 2) Qisqa kunli ekinlar-soya, loviya turlari. 3) Neytral ekinlar-no„xat, loviya turlari. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling