Buning uchun magniy xlorid yoki reglan ishlatiiadi. Dukkaklar 45- 55%
pishganda bir gektarga 100 litr hisobidan
eritma bilan desikatsiya
qilinadi.
Bunda yig'ilgan donning namligi 14% dan oshmasligi kerak.
Qo„ng„irbosh ekinlar bilan soyani qo„shib ekish.
Silos
tayyorlash
uchun soyani makkajo'xori, jo'xori, sudan o'ti bilan qo'shib ekiladi,
chunki bunday aralash ko'katlardan tayyorlangan
silios zootexnika
talabiga javob beradi. Soya bilan makkajo'xori
bir qatorda yoki
qatorlarda navbatma-navbat joylashtiriladi. Makkajo'xori, jo'xori va
sudan o'tining ekish miqdori o'zgarmaydi, soya 75 kg me‟yorda ekiladi.
Birga ekiladigan ekinlar o'suv davri bilan bir- biriga yaqin bo'lishi kerak.
Shuningdek, bu ekish usulida
ekish miqdoridan tashqari, o'g'it-
lash, sug'orish tizimlarini ham hisobga olish lozim. Ko'p
yillik ilmiy va
amaliy tajribalar qo'shib ekish usulining samarasi isbotlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: