X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


P. sativum  ssp.arvense L


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

P. sativum 
ssp.arvense L.
eng ko„p ekiladi.
Morfologiyasi 
Ildizi.
0„q ildizli boiib, yaxshi rivojlangan, sershoxli. Agar 
tuproqda 
Rhizobium leguminozarum Baldwin et Frect
bakteriyalari 
mavjud boisa ildizida tuganaklar rivojlanadi.
Poyasi.
Ekma ko„k no„xatning o„tsimon boiib, ko„pincha yotiq 
holda o„sadi, uzunligi 250-300 sm boiadi. Poyasining o„sishiga qarab: 
past bo„yii (50 sm) yarim past bo„yli (51-80 sm), o„rta bo„yli (87-150 
sm) va baland bo„yli (151-300 sm) xillariga boiinadi. Poyada bo„ginlar 
mavjud, shu bo„g„inlardan barglar o„sadi. Bo„g„in oraliqlari uzun va 
kalta boiadi.
207 


Barglari.
Murakkab bo„lib 2-3 juft bargcha va jingalaklardan 
iborat. Jingalaklar yordamida ko'k no'xat tayanch o„simlikka o„raladi. 
Bargchalarining shakli cho„zinchoq, ponasimon bo„Iib rangi yashil
sarg„ich yashil, to„q yashil bo„ladi.
Gullari.
Ikki jinsli, yirik, barg qo'ltiqlarida 1-3 ta bo„lib gulbandda 
joylashadi. Gultojisi kapalaksimon, yelkani yirik, tuxumsimon, qanotlari 
cho„zinchoq, qayiqchasi rangsiz, antotsion dog
1
lari boiishi mumkin. 
Gulning rangi oq bo„ladi.
Mevasi.
Dukkak bo'lib, dukkakda 3-12 tagacha urug
1
bo'ladi. 
Dukkagida pergament qavati bo„lganda chatnaydi, oson yanchiladi. 
Dukkakning shakli xanjarsimon, o„roqsimon bo„ladi. Rangi-sariq, och 
yashil, to'q yashil, to„la yetilganda och sariq va binafsha rangda bo'ladi. 
Dukkakning uzunligi 3,0-15,0 sm gacha bo„ladi.
Urug„i.
Ko„pincha yirik, yumaloq bo'ladi. Urug
1
kattaligiga qarab 3 
ta guruhga bo'linadi:
1) mayda urug'lar - diametri 3,5-5 mm, 1000 ta urug'ni vazni 150 
g. gacha.
2) o'rta urug'lar - diametri 5-7 mm, 1000 ta urug'ning vazni 150-
200 g.
3) yirik urug'lar - diametri 7-10,5 mm, 1000 ta urug' vazni 250 g. 
dan yuqori. Urug'ning yuzi silliq yoki burishgan bo'ladi. Rangi oq, sariq, 
yashil, to'q yashil, sarg'ich-jigar rang, ayrim holda naqshli (rangli 
dog'lar) bo'ladi (20-rasm).
Biologiyasi.
Ko'k no'xatning o'suv davri navi va o'suv sharoitiga 
qarab 70-140 kun davom etadi. Tezpishar navlari band shudgor- da 
takroriy ekin sifatida ekiladi. Urug'pallasi unib chiqish davrida yer 
betiga chiqmaydi. O'zidan changlanadi. Xo'raki navlarining poyasi 
egiladi, chirmashib o'sadi. O'sish davrining boshlanishida (ekish - 
maysalanish) va oxirida (pishish) fotosintez jarayoni kuzatilmaydi.
Ko'k no'xat yorug'sevar uzun kun o'simligi. Urug'i 4-5 °C da unib 
chiqadi, harorat 10 °C boiganda maysa 5-7 kunda ko'karadi. Maysasi-4 
°C sovuqqa bardosh beradi. Ekish-maysalanish davrida sutkalik o'rtacha 
harorat yig'indisi 150,5-170,8 °C ni tashkil qiladi.
Vegetativ organlarining rivojlanishi uchun 12-16 °C talab etadi. 
Harorat 26 dan oshsa, hosilning shakllanishiga salbiy ta‟sir qiladi. 
Foydali harorat yig'indisi 1200-1600 °C bo'ladi.
208 


Ko„k no„xat namsevar o'simlik, Maysalanishi uchun 100- 120% 
suv sarflanadi. Ko„k no'xat shonalash, gullash, meva hosil qilish 
davrlarida suvni ko'p talab qiladi. Tuproqqa talabchan, unum- dor, toza 
tuproqlarda ekiladi. Nordon, og'ir loyli va sho'rlangan tuproqlarda 
ekilmaydi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling