X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parvarishlash
Ko„k no'xat kasaliiklari:
askoxitoz, zang, ildiz chirishi, pero- nosporoz, un shudring. Ko'k no'xat zararkunandalari: uzunburunli tuganak don- xo'r, ko'k no'xat shirasi. Navlar : 0„zbekistonda dala ko'k no'xatining “Vostok-55”, “Vostok-84”, “Usatiy-90” navlari ekiladi. Yetishtirish texnologiyasi 0„tmishdosh. Ko'k no„xat kuzgi don ekinlaridan, kartoshka, qand lavlagi, makkajo„xoridan bo„shagan yerlarga ekiladi. Dukkakli ekinlardan bo„shagan yerlarga ekiimaydi va bir ekilgan dalaga 5-6- yildan keyin qayta ekish kerak. Kuzda 25-27 sm. Chuqurlikda yer haydaladi, erta bahorda borona yurgiziladi. Ekishdan oldin yoppasiga kultivatsiya qilinadi, keyin borona va talab qiiinsa mola bostiriladi. Ko'k no„xat kuzda oraliq ekin sifatida ham ekiladi. Kuzgi don ekinlariga yer qanday tayyorlansa, shunday tayyorlanadi. 0„g„itlash. Bir tonna urug„ va tegishli barg-poya yetishtirish uchun 45-60 kg sof modda hisobida azot, 16-20 kg fosfor, 30 kg kaliy, 25-30 kg kalsiy, 8-13 kg magniy sarflanadi. Erkin azotni o„zlashtirish xususiyatini nazarda tutib gektariga 20-30 kg azot, 60- 80 kg fosfor va 30-40 kg kaliy sof modda hisobida solish tavsiya qilinadi. Fosforli va kaliyli o'g'itlar yer haydashdan oldin solinadi, azotli o'g'it ekishdan oldin va o'suv davrida solinadi. Ekish. Sifati bo'yicha 1 sinfga javob beradigan urug' ekish (tozaligi 99%, unuvchanligi 95%) maqsadga muvofiqdir. Ko'k no'xat erta ko'klamda bahori don ekinlari bilan bir vaqtda ekiladi. Gektariga 0,8-1,4 mln. dona miqdorida urug' ekiladi. Yirik donli navlar gektariga 240-300 kg ekiladi, mayda donli navlar 150-200 kg miqdorida ekiladi. Bu miqdorlar suvli yerlarda yoppasiga qatorlab ekish uchun tavsiya qilingan. Lalmi yerlarda ko'k no'xat keng qatorlab ekiladi, qator orasi 45 sm, ekish me‟yori 60 kg. 209 Poyasi egiladigan navlar poyasi tik o„sadigan ekinlar bilan qo„shib ekiladi, bo„lmasa hosilni yig„ib olish juda qiyin. Aksariyat holda arpa yoki suli qo'shib ekiladi. Ekish me‟yori asosiy ekish me‟yoridan 15-20% ekiladi. Parvarishlash . 0„suv davrida jo„yaklar olinib (orasi 60-70 sm), 1-3 marta sug„oriladi. Maysalanish davrida qatqaloqqa qarshi boronalanadi. Maysalanish davrida begona o'tlarga qarshi 48% li bazargan 2-3 1 qo'llanadi. Hasharotlarga qarshi 65% karbofos 0,65- 1.2 1, vismetrin 255-0,3 1 ishlatiiadi. 20-rasm: 1 -ko„k no„xat o„simligi; 2-ko„k no„xat dukkaklanish davrida. Dukkaklaming 60-70% yetilganda hosil o'riladi, don kombaynlar yordamida yanchiladi. Dukkagi chatnamaydigan navlar kech o„rilishi mumkin. To„la pishgan davrida oson yanchiladi. Doni 14-16% narnlikda saqlanadi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling