X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproqqa talabi.
- Navlar: Davlat reestriga kiritgan “Oltin don” va "Darmon” navlari ekiladi. Kasallik va zarakunattdalar.
- Otmishdosh.
- Parvarishlash.
Issiqlikka talabi.
Urug'i 4-5 °C da unib chiqadi, harorat 7-10 °C bo'lganda maysa ko'karib chiqadi. Harorat 12-15 °C maysa 6-7 kunda o'sib chiqadi, 9-11 °C haroratda 8-9 kunda. Maysa-5-6 °C sovuqqa bardoshli. Maysa o'sib chiqqandan keyin issiqlikka talabi oshadi. Harorat 17-19 °C bo'lganda yaxshi rivojlanadi. Amal davrida 1350- 1900 °C faol harorat yig'indisi talab qilinadi. Yasmiqning issiqlikka talabi don to'lishi va pishish davrida yuqori bo'ladi. Harorat pishish davrida 19 °C dan past bo'lsa, pishish davomiyligi ancha uzayadi. Harorat 14-16 °C bo'lsa, pishish davri to'xtaydi. Tuproqqa talabi. Yasmiq yengil qumoq tuproqlarda yaxshi o'sadi. Sho'rlanish 0,02-0,03% bo'lganda juda sekin o'sadi va hosil kamayadi. 1 t don va tegishli spoya-barg hosil qilish uchun yasmiq 70 kg azot, 23 kg fosfor va 38 kg kaliy sarflaydi. Uzun kun o'simligi. Navlar: Davlat reestriga kiritgan “Oltin don” va "Darmon” navlari ekiladi. Kasallik va zarakunattdalar. Kasalliklari: zang, ildiz bakteri- ozi, fuzarioz so'lish, askoxitoz, antraknoz, soxta un shudring, chirish va mog'orlash. Zararkunandalari: yasmiq donxo'ri, loviya 213 donxo„ri, tuganak uzunburuniar, shira, besh nuqtali uzunburun va boshqalar. Yetishtirish texnologiyasi O'tmishdosh. Yasmiq kuzgi don yoki chopiq qilinadigan ekinlardan keyin ekiladi. Bir ekilgan dalaga 5-6-yildan keyin ekiladi. Yerga ishlov berish. Yasmiq gektariga 30-50 kg azot to„p- laydi. Kuzda yer 22-25 sm chuqurlikda shudgorlanadi. Erta bahorda borona qilinadi. Ekishdan oldin yana borona qilinadi va mola bostiriladi. 0„g l itlash. Yasmiq o„zi azot to„pla$h xususiyatiga ega bo'lganligi tufayli quyidagi me‟yorlarda o„g„itlash tavsiya etiladi: 20- 30 kg azot, 60-80 kg fosfor va 30-40 kg kaliy. Fosforli va kaliyli o„g„itlar kuzda yer haydashdan oldin, azotli o„g„itlar ekishdan oldin va amal davrida qoilaniladi. Yasmiq hosildorligiga mikroo„g„itlar ijobiy ta‟sir ko'rsatadi. Ayniqsa molibden nitragin bilan birga qoMlanilsa, yaxshi natija beradi. Bunda 100 kg urug'ga 20-30 g ammoniy molibdeni 1 1 suvda eritilib urug'ga yuqtiriladi. 21- rasm: 1-yasmiq o'simligi: 2-yasmiq donlari. Ekish. Ftfsmiq erta bahorda (fevral-mart) gektariga 2-4 mln. dona urug„ ekiladi. Ekish usuli yoppasiga qatorlab, qator orasi 15 214 sm qilib ekiladi, ekish chuqurligi 3-6 sm. 0„rtacha 60-120 kg urug' ekiladi. Parvarishlash. Qurg'oqchil mintaqalardai ekilgandan keyin zichlagich yurgiziladi. Qatqaloq hosil bo'lsa, yengil borona yurgiziladi va qo'l mehnati yordamida chopiq qilinadi. Amal davrini boshlanishida begona o'tlarga qarshi keng qatorlab ekiiganda 1-2 marotaba ishlov beriladi. Begona o'tlarga qarshi ekishgacha «gezagard» 50% (3-6 kg) ishlatiiadi. Maysalanish davrida yer betiga urug'pallasi chiqadi. Maysa qurigandan keyin qatqaloqqa qarshi borona yurgiziladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling