X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Meva hosil bo„lishi.
Marjumakning gullari chang uchun qulay 
joylashgan va chang bemalol o'tiradi. Chang onalikning og'ziga 
tushgandan keyin tezda o'sishni boshlaydi, ya‟ni tepalik hosil qilib 
naychaga o'tadi, u yerda ogizchaga joylashib olib keyin
179


ustunchasining to'qimasiga o'tadi. 3-8 soat o'tgandan keyin naycha 
murtak xaltasi holigacha yetishadi. Naychaning tarkibi bo„g„inchaga 
o'tadi va tuxum hujayra bilan quyiladi va natijada zigota hosil bo'ladi.
Mevaning to'liq pishishi changlangandan keyin 20-30 kundan so'ng 
sodir bo'la boshlaydi, meva o'ziga xos rangga ega bo'la boshlaydi. Amal 
davrining 
davomiyligi 
navga 
va 
ekish 
sharoitlariga 
bog'liq. 
Marjumakning ekiladigan navlarini uch guruhga bo'lish mumkin:
1. Tezpishar-70 kungacha;
2. 0„rtapishar-70-90 kungacha;
3. Kechpishar-90 kundan yuqori.
Tashqi muhit omillariga munosabati 
Issiqlikka talabi.
Marjumak issiqsevar o'simlik urug'i 8-9„°С 
haroratda una boshlaydi, lekin bu haroratda maysalar qiyg'os paydo 
bo'lmaydi. Yuqori harorat unib chiqishni tezlashtirib o'simlikning 
qiyg'os o'sib chiqishi uchun sharoit yaratadi. 36-38 °C haroratda urug'lar 
Petri chashkasida 1-2 kunda unib chiqadi, tuproqda esa 5-6 kunda unib 
chiqadi. Urug'ning uzoq muddatlarda yetarli boimagan haroratda bo'lishi 
ularning nobud bo'lishiga olib keladi.
Urug'ning unib chiqishi uchun maqbul harorat 18-20 
°C, 
tuproqniki 
esa 10 °C bo'lishi kerak. Marjumakka o'rtacha ekkandan to unib 
chiqqanga qadar 100-130 °C, ekkandan to gullaguncha 450- 650 °C va 
gullashdan to pishgunga qadar 600-1000 °C va butun amal davri uchun 
1000-1800 °C, kechpisharlarida esa 1800-2000 °C o'rtacha sutkalik 
harorat kerak bo'ladi. Amal davrining davomiyligi havo haroratiga 
bog'liq: 16 °C havo haroratida amal davri 78 kunni, 18 °C 74 va 20 °C 
da 72 kunni tashkil qildi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling