ustunchasining to'qimasiga o'tadi. 3-8 soat o'tgandan keyin naycha
murtak xaltasi holigacha yetishadi. Naychaning tarkibi bo„g„inchaga
o'tadi va tuxum hujayra bilan quyiladi va natijada zigota hosil bo'ladi.
Mevaning to'liq pishishi changlangandan keyin 20-30 kundan so'ng
sodir bo'la boshlaydi, meva o'ziga xos rangga ega bo'la boshlaydi. Amal
davrining
davomiyligi
navga
va
ekish
sharoitlariga
bog'liq.
Marjumakning ekiladigan navlarini uch guruhga bo'lish mumkin:
1. Tezpishar-70 kungacha;
2. 0„rtapishar-70-90 kungacha;
3. Kechpishar-90 kundan yuqori.
Tashqi muhit omillariga munosabati
Issiqlikka talabi.
Marjumak issiqsevar o'simlik urug'i 8-9„°С
haroratda
una boshlaydi, lekin bu haroratda maysalar qiyg'os paydo
bo'lmaydi. Yuqori harorat unib chiqishni tezlashtirib o'simlikning
qiyg'os o'sib chiqishi uchun sharoit yaratadi. 36-38 °C haroratda urug'lar
Petri chashkasida 1-2
kunda unib chiqadi, tuproqda esa 5-6 kunda unib
chiqadi. Urug'ning uzoq muddatlarda yetarli boimagan haroratda bo'lishi
ularning nobud bo'lishiga olib keladi.
Urug'ning unib chiqishi uchun maqbul harorat 18-20
°C,
tuproqniki
esa 10 °C bo'lishi kerak. Marjumakka o'rtacha
ekkandan to unib
chiqqanga qadar 100-130 °C, ekkandan to gullaguncha 450- 650 °C va
gullashdan to pishgunga qadar 600-1000 °C va butun amal davri uchun
1000-1800 °C, kechpisharlarida esa 1800-2000 °C o'rtacha
sutkalik
harorat kerak bo'ladi. Amal davrining davomiyligi havo haroratiga
bog'liq: 16 °C havo haroratida amal davri 78 kunni, 18 °C 74 va 20 °C
da 72 kunni tashkil qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: