X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Atabayeva H.N., Qodirxodjayev O. O„simlikshunoslik, Toshkent 2006 y
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekinlarni parvarish qilish.
- Hosilni yigUsh.
Atabayeva H.N., Qodirxodjayev O. O„simlikshunoslik, Toshkent 2006 y.
182 A) yoppasiga qatorlab, qator orasi 13-15 sm qilib, don ekadigan seyalkalarda ekiladi; B) keng qatorlab, qator orasi 60 sm qilib ekiladi. Ko„pgina ma‟lumotlarga ko„ra toza, unumdor yerlarda yoppasiga qatorlab begona o„tlar bilan zararlangan yerlarda keng qatorlab ekiladi. Ekish chuqurligi tuproqning mexanik tarkibiga bog„liq holda 4-8 sm atrofida bo„ladi. Ekish miqdori ekish usuliga bog„liq bo„lib, yoppasiga qatorlab ekiiganda gektariga 3-5 mln. dona urug 1 keng qatorlab ekiiganda 2- 3 mln. dona urug„ ekiladi. Bu urug„ning vazni 45-100 kg/ga bo„ladi. Ekinlarni parvarish qilish. To„la maysalanishdan keyin yer yuzida qatqaloq hosi! bo„lsa, borona qilinadi. Maysa to„la chiqib bo„lgandan keyin keng qatorlab ekiiganda qator orasiga ishlov beriladi. Gullaguncha 1-2 marta kultivatsiya qilinadi. Gullarining yaxshi ehanglanishi uchun dalaga gullash davrida asal uyalari qo„yiladi. Don hosili 5-8 ts/ga oshadi. 16-rasm: 1-marjumak 2-mevasi; 3-marjumak ekinzori. o„simligi; 0„g„itlash me‟yori N 120 P 90 K 6 o. Bu me‟yor quyidagi muddatlarda bo„lib solish tavsiya etiladi: azot ekishda 30 kg, shonalashda 45 kg va gullashda 45 kg; fosfor shudgorlashda 45 kg, ekishda 45 kg; kaliy shudgorlashda 60 kg. Takroriy ekin sifatida ekilgan marjumak ekishdan oldin sug„o- riladi, shunday qilinsa qatqaloq hosil bo„lmaydi. Marjumak 183 shoxlanish, gullash, meva shakllanishi davrida kam sug„oriladi (500-700 m 3 /ga). Keng qatorlab ekiiganda sug„orishning ta‟siri yuqori bo„ladi. Hosil 5-6 ts/ga oshadi. Hosilni yigUsh. Mevasining 75% pishganda don hosilini yig„adigan mashinalarda o„riladi va 3-5 kundan keyin yanchiladi. Poyalari yaxshi o„sgan bo'lsa jatka yordamida (JSB-4,2S) o„riladi, o„rish balandligi 15- 20 sm ni tashkil etadi. Qurigandan keyin o„rilgan va dalada quritilayotgan hosil yig„ishtiriladi va yanchiladi. Buning uchun RSM-10- 08; APPT-3A podborshchiklar, don kombaynlari (“Don-1500”, “Enisey- 1200”, “SK-6”) bilan bir agregatda bajariladi. Marjumakni yanchish aksariyat hollarda bir barabanli don kombaynlari ishlatiladi-SK-5A (M), “Niva”, “Don-1500”. Bu kombaynlar boMmasa, ikki barabanli “Enisey-1200” kombaynida yanchiladi. Ish sifatini oshirish uchun “Don-1500” kombayniga PPK-10 qo'shimcha moslama biriktiriladi. “Don-1200”ga PKK-8 moslama biriktiriladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling