X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Yetishtirish texnologiyasi. O'tmishdosh


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Yetishtirish texnologiyasi. O'tmishdosh 
Ko„p va bir yillik 
o'tlardan keyin ekiladi.
Yerni tayyorlash. Yerni ekishga tayyorlash ang„izni ishlashdan 
boshlanadi. Yer 22-25 sm chuqurlikda yer shudgorlanadi.
Ekish. Dag„al kanop ertagi donli ekinlar bilan bir vaqtda ekiladi. 
Ayrim hollarda kuzda ham ekiladi. Dag„al kanop keng qatorlab (goho 
qo'sh qatorlab), qator orasi 60-70 sm qilib ekiladi. Keng qatorlab 
ekiiganda ekish me‟yori 8-10, qo„sh qatorlab ekiiganda 12-16 kg/ga 
ekiladi, sug'oriladigan sharoitda ekish me‟yori 30-50% ga oshiriladi, 
ekish chuqurligi 3-5 sm bo'ladi.
Parvarishlash. Ekinlarni parvarishlashda qator oralariga ishlov 
beriladi, begona o'tlar yo'qotiladi, qo'shimcha oziqlantiriladi, qalin 
ekilgan bo'lsa yagana qilinadi, o'simliklaming orasi 8-12 sm bo'ladi.
Sug„orish. Qozog'istonda va O'rta Osiyo davlatlarida dag'al kanop 
sug'oriladigan sharoitda yetishtiriladi, amal davrida 3-4 marotaba 
sug'oriladi, mavsumiy sug'orish me‟yori 3000 m
3
/ga.
Hosilni уig„ish. Tola olish uchun yetishtirilganda hosil 1-2 ta 
ko'sak shakllanganda yig'iladi. Urug' olish uchun o'sirnlikda 4-5 ta 
ko'sak yetilganda hosil yig'iladi. Dag'al kanop o'roq mashinalarida o'rib 
olinadi, bog'lamlarga bog'lanadi va quritiladi. Quritilgan poya suv 
havzalarida ivitiladi va maxsus texnikada tola poyadan ajratiladi. Tola 
sinmasligi uchun NaOH ning 1% eritmasida 1 soat 90 °C da 
qaynatiladi.
379 


IX bob. TAMAKI 
Tamaki ekinlaridan 0„zbekistonda tamaki va maxorka ekiladi. Bu 
ekinlarning tarkibida eng zaharli alkoloidlardan biri-nikotin mavjud. 
Xromat kislota bilan nikotin qo„shilganda nikotin kislotasi paydo 
bo„ladi. Nikotin kislotasi farmokologiyada qoilaniladi.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling