X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet268/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

9.1.Tamaki 
Barg tarkibi. Tamakini ekishdan maqsad - uning bargidan pa- piros, 
sigara, sigaret, trubkali tamaki, hidlaydigan tamaki ishlab chiqarishdir. 
Tamaki bargida 1-4% nikotin, 1% efir moyi, 4-7% smola, 7-10% oqsil, 
4-13% uglevod, 13-15% kul moddasi boiadi. Uglevodlar yonish 
jarayonida tutunning achchiqligini kamaytiradi. Ularning 45% ni 
kraxmal tashkil qiladi. Barg yetilganda kraxmal ko„payadi, shuning 
uchun barg sarg„ayadi.
Oqsil miqdori pishish davrida kamayadi. Uglevodlarning oqsilga 
boigan nisbati 1,2-1,5 ga teng, bu son “Shmuk” soni deb yuritiladi. 
Nikotin - bu rangsiz kuchli zaharli modda, yoqimsiz hid beradi. Sifatli 
tamaki xomashyosida 1,5-2% nikotin boiadi. Tamaki tarkibida 
nikotindan tashqari nomikotin, anabazin kabi alkoloidlar ham uchraydi. 
Tamaki tarkibida sirka, chumoli, moy, olma, limon va boshqa organik 
kislotaiar boiadi. Bu kislotalaming uchuvchan (sirka, chumoli, moy) va 
uchmaydigan (olma, limon) turlari mavjud. Sifati past tamakida 14 -16% 
organik kislotaiar boiadi. Faqat limon va olma kislotalarining tuzlari 
tamakining yonuvchanlik xususiyatiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Limon 
kislotasi 18% gacha boiadi. Tamakida 12-15% gacha pektin moddalari 
boiadi. Tamakining xushbo„yligi asosan undagi efir moylarining 
miqdoriga bogiiq.
Tarixi. Tamakining vatani Janubiy Amerika. Yevropaga taxmi- nan 
1518-yilda keltirilgan. Dastlab u Portugaliya va Ispaniyada manzaraii 
o„simlik sifatida o„stirilgan. Yevropaning boshqa davlatlariga 1560-yil 
tarqalgan. Shu yili Fransiyada Jon Nika tamaki urugini ekib ko„rilgan va 
tamaki avlodiga “Nicotiana” deb nom
380 


beriladi. Yevropada tamakini chekish XVI asrda boshlangan. Tamakini 
Rossiyada ekishga Peyotr I yo„l ochib berdi. U 1687-yili tamakini ochiq 
savdo qilish to„g„risida farmon chiqaradi.
Tamaki yer yuzida keng tarqalgan, ekin maydoni 4,75 mln/ga 
(1915). Asosiy ekin maydoni Xitoy, AQSH, Hindiston va Brazili- yada 
joylashgan. Tamaki Bolgariya, Turkiya, Rossiya, Moldovada ekiladi. 
0„zbekistonda tamaki asosan Samarqand viloyatining Urgut tumanida 
ekiladi. 0„zbekistonda 1997-yili 8,7 ming/ga yerga ekilgan, o„rtacha 
hosili 29,2 s/ga tashkil qiladi.
39

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling