X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.2. Maxorka Barg tarkibi.
Pedagogik texnologiya
“BBB” texnologiyasi Mavzu matnini o„qib chiqib, olingan ma‟lumotlarni induvidual sohaiarga ajrating. Qadam bilan qo„yilgan belgilar asosida BBB jadvalini toidiring. BBB jadvali № Mavzu savollari Bilaman Bilishni istayman Bilib oldim 1 2 3 9.2. Maxorka Barg tarkibi. Barg tarkibida 5-15% nikotin, 15-20% organik kislotaiar, shu jumladan 10% limon kislotasi mavjud. Poya tarkibida bu moddalar kamroq boiadi. Maxorkadan asosan vitamin P, limon kislotasi ishlab chiqariladi. Urug„idan moy olinadi (urug 1 tarkibida 35-40% moy bo„ladi), bu yog 1 - lak, buyoq va sovun ishlab chiqarishda qo„llanadi. Maxorka tamaki ekilgan tumanlarda ekiladi. Hosildorligi 30-35 si ga. Sistematikasi. Maxorka Solanaceae oilasiga, Nicotiana rustica L. avlodi va turiga kiradi. Ildizi o„q ildiz, yaxshi rivojlangan. Poyasi tik o„sadi, yuzasi qirrali, balandligi 1,2 m gacha boiadi. Bargi bandli, yuraksimon yoki tuxumsimon, yuzasi burishgan, sargish- yashil rangli bo'ladi. 1000 ta urug„ining og„irligi 0,25-0,35 g boiadi. Maxorka uzun kunli o„simlik, issiqqa talabchan, urugi 7-8 °C da unib chiqadi, muqobil harorat 20-25 °C, 2-3 °C da nobud boiadi. Namsevar ekin, namlik yetarli boimasa, mahsulot sifati pasayadi. Unumdor, toza, muhiti neytral tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Maxorka oziqaga talabchan: 1 t quruq barg yetishtirish uchun 24 kg azot, 10 kg kaliy va 35 kg kalsiy sarflanadi. 390 Maxorka uchun asosiy o„tmishdoshlar: kuzgi don ekinlari, makkajo'xori, ildizmevalilar, don-dukkakli, ko„p yillik o„tlar va sabzavot ekinlardir. Maxorka poliz, kartoshka, tolaii nasha va kungabo- qardan keyin ekilmaydi, chunki bunda u bir xil kasallik hamda zararkunandalar bilan zararsizlanishi mumkin. Maxorka ko ! chat orqali yoki urug'ini dalaga ekib yetishtiriladi. Maxorkaning ko'chati tamakiniki kabi yetishtiriladi. Ekish miqdori: pamiklarda 1,5-2,0 g/m 2 , issiq pushtalarda 2,0-2,5 g, sovuqlarda 3,0 g/m 2 , ekishdan oldin urug' xonalarda 3 kun 25-28 da o'stiriladi, ekish vaqtida urug' qum bilan 1:40 nisbatda aralashtirilib ekiladi. 30 -60 m 2 pamiklarda yetishtiriladigan ko'chat 1 ga maydonga yetarli hisoblanadi. Ko'chat yetishtirish davrida harorat 18-20 bo'lishi lozim. Ko'chatxonalarda yagana qilinadi, 2-3 marta oziqlantiriladi. Tayyor ko'chat balandligi 8-12 sm, 5-6 chinbarg bo'iadi, ko'chat 30-45 kunda yetishtiriladi. Dalada tuproq harorati 10 bo'lganda ko'chat o'tkazish mumkin. Bu aprel oyiga to'g'ri keladi, ko'chat keng qatorlab 60x20, 70x30 tizimda o'tkaziladi, gektariga barglaming kattaligiga qarab 60-90 ming ko'chat o'tkaziladi. Urug'i dalaga erta bahorda, quruq holatda yoki o'stirilib, keng qatorlab ekiladi. Qator orasi 60-70 sm, gektariga 2-3 kg urug' sarflanadi, ekish chuqurligi 1 sm bo'ladi. Maysa ko'ringanda qator orasiga birinchi ishlov beriladi, yana 8- 10 kundan keyin ikkinchi marta kultivatsiya qilinadi. Ikkinchi chinbarg rivojlanganda mashinalar yordamida yaganalanadi. Yaganalashda 20 - 30 sm da o'simlik kesiladi, yana 2-3 kundan keyin qolgan ortiqcha o'simliklar yagana qilinib oxirgi ko'chat nazorati 5- 6 ta chinbarg rivojlanganda o'tkaziladi, gektarida 60-90 ming o'simlik bo'lishi kerak. Yaganalash tamom bo'lgandan keyin qator orasiga 2 -3 marta ishlov beriladi, oziqlantiriladi va pastki 1-3 ta barglar uziladi. Shonalash davrida gulto'plami chilpinadi. Yon shoxlarining uzunligi 5-7 sm bo'lganda qayirib olinadi. Bargning yetilishi uning so'lib qolishi va maydalanishiga qarab aniqlanadi. Yetilgan barg о ziga xos kuchli hidga ega bo'ladi. Bargni tez qurishi uchun poyasi yuqoridan pastga qarab tilinadi (kesiladi). Maxorka o'simligi juda 391 past qismidan qo„ida oiiladi, so„ngra quritiladi, shunda bargi soiib maydalanmaydi. Maxorka fabrikalariga 35% namlikda topshiriladi. Takrorlash uchun savollar: 1. Tamaki va maxorkaning qo„llanilishi? 2. Tamaki va maxorka barglarining kimyoviy tarkibi? 3. Tamaki va maxorka sistematikasi? 4. Tamaki ko'chati qanday tayyorlanadi? 5. Tamaki va maxorka biologiyasi va rayonlashtirilgan navlari? 6. Dala sharoitida tamaki ко„chat qalinligi qanchani tashkii etadi? 7. Tamaki va maxorka urug„idan qanday yetishtiriladi? 8. Tamaki va maxorka barg hosilini yig„ishtirish qanday amalga oshiriladi? 9. Nima uchun tamaki va maxorka hayot uchun chekish xavfli boiishiga qaramasdan yetishtiriladi? 10. Tamaki barg hosilini saqlash jarayonida qo„yiladigan talablar? Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling