X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Pedagogik texnologiya 
“BBB” texnologiyasi 
Mavzu matnini o„qib chiqib, olingan ma‟lumotlarni induvidual 
sohaiarga ajrating. Qadam bilan qo„yilgan belgilar asosida BBB 
jadvalini toidiring.
BBB jadvali 

Mavzu savollari 
Bilaman 
Bilishni 
istayman 
Bilib 
oldim 
1
2
3
9.2. Maxorka 
Barg tarkibi. Barg tarkibida 5-15% nikotin, 15-20% organik 
kislotaiar, shu jumladan 10% limon kislotasi mavjud. Poya tarkibida bu 
moddalar kamroq boiadi. Maxorkadan asosan vitamin P, limon kislotasi 
ishlab chiqariladi. Urug„idan moy olinadi (urug
1
tarkibida 35-40% moy 
bo„ladi), bu yog
1
- lak, buyoq va sovun ishlab chiqarishda qo„llanadi. 
Maxorka tamaki ekilgan tumanlarda ekiladi. Hosildorligi 30-35 si ga.
Sistematikasi. Maxorka Solanaceae oilasiga, Nicotiana rustica L. 
avlodi va turiga kiradi. Ildizi o„q ildiz, yaxshi rivojlangan. Poyasi tik 
o„sadi, yuzasi qirrali, balandligi 1,2 m gacha boiadi. Bargi bandli
yuraksimon yoki tuxumsimon, yuzasi burishgan, sargish- yashil rangli 
bo'ladi. 1000 ta urug„ining og„irligi 0,25-0,35 g boiadi.
Maxorka uzun kunli o„simlik, issiqqa talabchan, urugi 7-8 °C da 
unib chiqadi, muqobil harorat 20-25 °C, 2-3 °C da nobud boiadi. 
Namsevar ekin, namlik yetarli boimasa, mahsulot sifati pasayadi. 
Unumdor, toza, muhiti neytral tuproqlarda yaxshi rivojlanadi. Maxorka 
oziqaga talabchan: 1 t quruq barg yetishtirish uchun 24 kg azot, 10 kg 
kaliy va 35 kg kalsiy sarflanadi.
390 


Maxorka uchun 
asosiy o„tmishdoshlar: kuzgi don 
ekinlari, 
makkajo'xori, 
ildizmevalilar, don-dukkakli, ko„p yillik o„tlar va sabzavot 
ekinlardir. Maxorka poliz, kartoshka, tolaii nasha va kungabo- qardan 
keyin ekilmaydi, chunki bunda u bir xil kasallik hamda zararkunandalar 
bilan zararsizlanishi mumkin.
Maxorka ko
!
chat orqali yoki urug'ini dalaga ekib yetishtiriladi. 
Maxorkaning ko'chati tamakiniki kabi yetishtiriladi. Ekish miqdori: 
pamiklarda 1,5-2,0 g/m
2
, issiq pushtalarda 2,0-2,5 g, sovuqlarda 3,0 
g/m
2
, ekishdan oldin urug' xonalarda 3 kun 25-28 da o'stiriladi, ekish 
vaqtida urug' qum bilan 1:40 nisbatda aralashtirilib ekiladi. 30 -60 m
2
pamiklarda yetishtiriladigan ko'chat 1 ga maydonga yetarli hisoblanadi.
Ko'chat yetishtirish davrida harorat 18-20 bo'lishi lozim. 
Ko'chatxonalarda yagana qilinadi, 2-3 marta oziqlantiriladi. Tayyor 
ko'chat balandligi 8-12 sm, 5-6 chinbarg bo'iadi, ko'chat 30-45 kunda 
yetishtiriladi.
Dalada tuproq harorati 10 bo'lganda ko'chat o'tkazish mumkin. Bu 
aprel oyiga to'g'ri keladi, ko'chat keng qatorlab 60x20, 70x30 tizimda 
o'tkaziladi, gektariga barglaming kattaligiga qarab 60-90 ming ko'chat 
o'tkaziladi. Urug'i dalaga erta bahorda, quruq holatda yoki o'stirilib, 
keng qatorlab ekiladi. Qator orasi 60-70 sm, gektariga 2-3 kg urug' 
sarflanadi, ekish chuqurligi 1 sm bo'ladi.
Maysa ko'ringanda qator orasiga birinchi ishlov beriladi, yana 8-
10 kundan keyin ikkinchi marta kultivatsiya qilinadi. Ikkinchi chinbarg 
rivojlanganda mashinalar yordamida yaganalanadi. Yaganalashda 20 -
30 sm da o'simlik kesiladi, yana 2-3 kundan keyin qolgan ortiqcha 
o'simliklar yagana qilinib oxirgi ko'chat nazorati 5-
6 ta chinbarg rivojlanganda o'tkaziladi, gektarida 60-90 ming o'simlik 
bo'lishi kerak. Yaganalash tamom bo'lgandan keyin qator orasiga 2 -3 
marta ishlov beriladi, oziqlantiriladi va pastki 1-3 ta barglar uziladi.
Shonalash davrida gulto'plami chilpinadi. Yon shoxlarining 
uzunligi 5-7 sm bo'lganda qayirib olinadi. Bargning yetilishi uning 
so'lib qolishi va maydalanishiga qarab aniqlanadi. Yetilgan barg
о ziga xos kuchli hidga ega bo'ladi. Bargni tez qurishi uchun poyasi 
yuqoridan pastga qarab tilinadi (kesiladi). Maxorka o'simligi juda
391 


past qismidan qo„ida oiiladi, so„ngra quritiladi, shunda bargi soiib 
maydalanmaydi. Maxorka fabrikalariga 35% namlikda topshiriladi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Tamaki va maxorkaning qo„llanilishi?
2. Tamaki va maxorka barglarining kimyoviy tarkibi?
3. Tamaki va maxorka sistematikasi?
4. Tamaki ko'chati qanday tayyorlanadi?
5. Tamaki va maxorka biologiyasi va rayonlashtirilgan navlari?
6. Dala sharoitida tamaki ко„chat qalinligi qanchani tashkii etadi?
7. Tamaki va maxorka urug„idan qanday yetishtiriladi?
8. Tamaki va maxorka barg hosilini yig„ishtirish qanday amalga 
oshiriladi?
9. Nima uchun tamaki va maxorka hayot uchun chekish xavfli 
boiishiga qaramasdan yetishtiriladi?
10. Tamaki barg hosilini saqlash jarayonida qo„yiladigan talablar?

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling