X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0„tmishdosh.
Navlari:
0„zbekistonda suli suvli yerlarda don va ko„kat uchun ekiladi. «Vizantina-П» navi esa lalmikor yerlarda ekib kelingan. Hozirgi vaqtda sulining 4 navi 0„zbekistonda ekishga rayon- lashtirilgan: «Toshkent-1» yarim kuzgi boiib, sug'oriladigan yerlarda oraliq ekin sifatida kuzda ekib kelinadi; «O'zbekskiy shirokolistniy» 0„zbekistonning suvli yerlarida bahorda va kuzda ekib kelinadi; «Do„stlik 85» yarim kuzgi boiib, Samarqand 124 viloyatining suvli yerlarida oraliq ekin sifatida kuzda ekiladi; «Uspex» bu nav Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatla- rining sug'oriladigan yerlarida kuzgi va bahor mavsumda ekiladi. Yetishtirish texnologiyasi 0„tmishdosh. Suli uchun eng yaxshi o„tmishdosh chopiqtalab ekinlar, ayniqsa. dukkakli don ekinlardan bo„shagan yerlardir. Sulini lavlagidan so„ng ekishga tavsiya etilmaydi, chunki nematod zarar- kunandasi zarar keltiradi. Sulini bir maydonda ikki yil ekish ham salbiy ta‟sir etib, hosildorligi keskin kamayib ketishiga olib keladi. Yerni ishlash boshoqli don ekinlari bilan bir xildir. 0„g„itlash. Suli organik va mineral o„g„itlarga, ayniqsa, azotga talabchan. Ilgaridan haydalib kelinadigan yer sharoitida suliga azot, fosfor, kaliy o„g„itlarini qo„llash samarali bo„lib, hosildorligi yuqori bo'ladi. Suliga organik va mineral o„gitlami qoilash arpanikiga o„xshash boiadi. Doni va ko„k massasi hosildorligiga va uning sifatiga, ko„p jihatdan o„g„itni qoilash muddati va miqdori ta‟sir etadi. 8-rasm. Suli o'simligi. 9-rasm. Suli ekinzori. Sulini ekish uchun yerni ishlash, ekish muddati, miqdori va usuli hamda ekish chuqurligi, shuningdek, parvarishlash va hosilni 125 o„rib, yanchib olish arpanikiga o'xshash. Yashil massa uchun ekiiganda esa doni sut pishish davrida o'rilganda mo„l va sifatli ozuqa olish mumkin. Sulini bahorda erta muddatda ekish (fevral oxiri-martning boshlarida) 0„zbekistonning suvli yerlari sharoitida mo„l hosil olishda muhim ahamiyatga ega bo„lsada, kuzgi muddatda ekilganga qaraganda (don va yashil massa hosildorligi past) hosili kam bo'ladi, shuningdek, kuzda ekilgan suliga nisbatan kech pishishiga, yerni takroriy ekinlarni ekish uchun kech bo'shashiga olib keladi. Bu o'z navbatda takroriy ekinlardan kam hosil olishga sabab bo'ladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling