X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Javdar va tritikale ekin maydoni va hosildorligi
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
Javdar va tritikale ekin maydoni va hosildorligi.
Javdar ekiladigan maydon jahon bo„yicha 15 mln. gektar atrofida. Javdar hosildorligi o„rtacha 19 s/ga atrofida bo„lib, ko„plab Yevropa mamlakatlarida kuzda ekiladi (Germaniya, Fransiya, Polsha va boshqalar). AQSHda ham bu ekin ko„plab ekilib kelinadi. Shuningdek, hozirgi hamdo„stlik mamlakatlaridan Rossiya va Bellorusiyada ham javdar salmoqli o„rinni egallaydi. Bu ekinning hosildorligi ko„pchilik davlatlarda yuqori bo„lsada, kuzgi bug„doydan keyingi o„rinda turadi. O„zbekistonda javdar asosan oraliq ekin sifatida kuzda ekilib, ko„k massa olinadi. 16 Suvli yerlarda tritikale oraliq ekin o„mida yoz so„ngida (avgust) va kuzda ekilsa, mo„l ko„k massa va don berishi mumkin. 0„zbekiston sharoitida tritikale javdar va xashaki bug„doyga nisbatan yuqori hosilli, to„yimli konsentrat ozuqa va mo„l, sifatli ko„k massa berishi bilan ajralib turadi. Olimlaming ma‟lumoti bo'yicha, tritikalening yozda ekilgan (avgust oyida) turli navlaridan gektariga o„rtacha 735-1025,8 s, kuzda ekiiganda 488,2-886,6 s ko„k massa, don uchun kuzda ekiiganda 48,6- 97,3 s hosil olingan. Javdardan olingan ko„k massa esa yozda ekiiganda gektariga o'rtacha 547,6 s, kuzda ekiiganda 477 s, don uchun kuzda ekiiganda 35,6 s bo„lgan. 16 www.FAC)stat.fao.Org-2017 year. 119 Tritikale don hosildorligi davlat nav sinash maydonlarida 80 s/ga boimoqda. Bu hosildorlik 0„zbekiston 0„simlikshunoslik Ilmiy Tadqiqot intituti tajriba dalasida (ayniqsa, Meksika davlati seleksiyasiga mansub bo„lgan) navlarda 100 s/ga va undan ortiq bo„lmoqda. 0„zbekistonda tritikale chorvachilik uchun to„yimli ozuqabop ekin hisoblanib, ko„k massa va don uchun ekilish maydoni yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda jahon bo„yicha tritikale ekiladigan maydon 2 mln. gektardan ortiqdir. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling