X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Tashqi muhit sharoitiga talabi
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yorug„likka talabi.
- Sho*rga chidamliligi.
- Issiqlikka talabi.
Tashqi muhit sharoitiga talabi
Suvga talabi 0„sib rivojlanish davrida makkajo„xori ko„p suv talab qiladi. Yaxshi rivojlangan makkajo„xori muqobil me‟yorda suv bilan ta‟minlanganda bir kunda 4 litr suv bug„lantirar ekan. Tuproqda suv miqdori 9,5% past bo„lsa o„simlik o„sishdan to„xtaydi, 6,7% so„liy boshlaydi. Suvni barglari orqali sarflaydi. Transpiransiya koeffitsiyenti 230-250 (370) va ortiq. Yorug„likka talabi. Yorug„likning makkajo„xori o„sishi va ri- vojlanishiga, fotosintez jarayoniga, hosil a‟zolarining shakllanishiga va hosildorlikning oshishiga ta‟siri katta. Yorugiik xlorofill 130 yaratishda xizmat qiladi, chunki bargda xlorofdl bo„lmasa fotosintez jarayoni kechmaydi. Makkajo'xori yorugiik energiyasining ko„p miqdorini o'zlashtiradi, natijada bargning rivojlanishiga yordam beradi. Barg. 0„simlikning eng zarur qismi, barg yordamida quyosh energiyasini tutadi, CO 2 gazini yutadi, uglerod bilan oziqlanadi va transpiratsiya jarayoni kechadi. Ob-havo sharoiti qulay kelganda, suv va oziq modda yetarli boiganda barg maydoni 40-50 ming m 2 /ga tashkil qiladi (Nichi- porovich,1970). Makkajo'xori - yorug'sevar qisqa kun o'simligi boiib, tropik mamlakatdan keltiri 1 gan 1 igini ta‟siri namoyon boiadi. Sho*rga chidamliligi. Makkajo'xori sho'rga chidamsiz ekin. 0„zbekistonning 60% haydaladigan yeri har xil darajada sho„rlan- gan. Makkajo„xori o„simligi tuproq eritmasining muhitini neytralga yaqin boiishini xohlaydi, lekin kam sho„rlangan tuproqlarda faqat sho„r yuvilganda yoki urug' “Antisol” stimulyatori bilan dorilan- ganda qoniqarli hosil beradi,. Issiqlikka talabi. Issiqlik makkajo'xorining o„sib rivojlanish davrida, unib chiqishdan tortib juda muhim ahamiyatga ega. Mak- kajo„xori urugi unib chiqishi uchun, urug„ ko„milgan chuqurlikda tuproq harorati 10-12 °C qulay hisoblanadi. Havo harorati maysalami qiyg„os unib chiqishida ham muhim ahamiyatga ega. Bir sutkada havo harorati 9 °C boiganda maysalar unib chiqishi uchun 27 kun talab qilingan. 16 °C 11 kun va 23 °C 5 kun. Qanchalik o'rtacha sutkalik havo harorati yuqori boigan sari unib chiqishi, so„talash va gullash davrlari ham qisqaradi. Tajribada belgilangan makkajo„xorining o'sish davrlarida zarur optimal havo harorati unib chiqishdan so'talashgacha 18-20 °C, so'talashdan gullashgacha 20- 22 °C, pishish davri 22-23 °C. Unish uchun 8 °C; maysani chiqishi uchun va vegetativ a‟zolarining va gulining rivojlanishi uchun 12 °C; pishib yetilish uchun 10 °C zarur. Bu haroratdan past boiganda o„sish va rivojlanish davrlarida muhim jarayonlar kechmaydi. Sutkalik o'rtacha harorat 15 °C dan past va 25 °C dan yuqori boiganda o„sish jarayoni qiyinlashadi, 36 °C dan oshganda fotosintez jarayoni t.o„xtaydi. Harorat yuqori boiganda hosildorligi kamayadi. Ildizning o„sishi uchun tuproqning harorati ham aniqlangan. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling