X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savoliar
- 2.7. Makkajo„xori Ahamiyati.
Hosilni yig„ishtirish.
Suli hosilini yig'ib-terib olish don yetishtirish va uning yalpi holosilini oshirishdagi eng so'nggi va eng ma‟suliyatli davr hisoblanadi. 0„rim yig'im ishlarini o„z vaqtida va qisqa muddatda tugallash, nobudgarchilikning oldini olish bug„doydan mo'l hosil yetishtirishning asosiy garovidir. Suli hosili oldin o'rilib, keyin yig'ib olinishi asosiy usul hisoblanadi. Bu usulda ekinlar doni mum pishiqlik davrida maxsus o'rish mashinalarida yerdan 15-20 sm balandlikda o'rilib, quritish uchun ang'izga yo'l- yo'l qilib tashlab kyetiladi. Bu vaqtda o„rilgan bug'doy yerga to„kilmaydi. 0„rilgandan bir necha kun o'tgandan so„ng, donning qurishiga qarab, podborshchik o„matilgan kombaynlarda yig„iladi va yanchiladi, Hosilni oldin o'rib, keyin yo„g„ib olish usulining afzalligi shundaki, u to„g„ridan-to„g„ri o„rib yanchishga qaragan o„rimni 5-6 kun erta boshlashga imkon beradi, nobudgarchilik keskin kamayadi. Hosil to'la yetilganda, o'rim-yig'im kechikkanda, shuningdek o'simliklar past bo'yii, siyrak bo'lgan maydonlarda hosilni bir yo'la kombaynlarda yig„ib olish mumkin. Takrorlash uchun savoliar: 1. Sug'oriladigan yerlarda sulining o„tmishdoshlari? 2. Kuzgi sulining ekish me‟yori qanday aniqlanadi? 3. Bahorgi sulini ekish me‟yori qancha bo„ladi? 4. Bahori sulining ekish me‟yoriga nima ta‟sir ko'rsatadi? 5. Sulining oziqaga talabi qanday bo'ladi? 126 6. Suli uchun o„g„itlar miqdori qanday aniqlanadi? 7. Qaysi rivojlanish davrida qo„shimcha oziqlantiriladi? 8. Suli qaysi rivojlanish davrida suvni ko„p talab qiladi? 2.7. Makkajo„xori Ahamiyati. Makkajo„xori eng qimmatli, yuqori hosilli don ekini hisoblanib oziq-ovqat, yem-xashak, texnik va agrotexnik ahamiyatga ega. Oziq-ovqat sifatida makkajo„xorining doni ishlatiiadi. Uning doni juda ham to„yimli hisoblanib, tarkibida o„rtacha 10,6% kletchatka, 1,4% kul moddalari bor. Lekin makkajo„xori donida oqsil miqdori kam boiadi. Shu sababli makkajo„xori uniga 25-30% bug„doy uni qo'shib non yopiladi. Makkajo„xori doni tarkibida yog' moddasi (4,3-5,0%) ko'p bo'lganligi uchun uning uni tez achiydi. Don murtagi maxsus ma- shinalarda ajratib olinib, qolgan qismidan un tayyorlanadi, chunki makkajo'xorining murtagi tarkibida 25-40% gacha moy moddasi bo'lib, undan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan moy tayyorlanadi. Bundan tashqari, makkajo'xori donidan yorma tayyorlanadi, sut- mum pishish davrida uni qovurilgan (bodroq) va qaynatib pishirilgan holda oziq - ovqat sifatida ishlatish mumkin. Shu davrda uning donidan konserva tayyorlash ham mumkin. Makkajo'xori ko'p ekiladigan mamiakatlarda (Gruziya, Moldova, Ruminiya va boshqa mintaqalarda) u asosiy oziq- ovqat ekini hisoblanadi. Yem-xashak sifatida makkajo'xorining doni va poyasi ishlatiiadi. Uning doni juda to'yimli (1 kg makkajo'xori doni 1,34 kg ozuqa birligiga ega) hisoblanib, uy parrandalariga va mollarga butunligicha yoki yorma holida beriladi. Makkajo'xorining poyasi mollarga ko'kligicha beriladi, undan xashak tayyorlanadi, doni sut-mum pishish davrida o'rilganda esa uning poyasidan yuqori sifatli silos tayyorlash mumkin. Makkajo'xori silosining bir kilogrammi to'yimliligi jihatidan 0,20- 0, 25 ozuqa birligiga, so'tasi bilan birga bostirilganda esa 0,40 ozuqa birligiga teng bo'ladi. Makkajo'xorining texnik ahamiyati shundan iboratki, uning donidan kraxmal, spirt, glukoza, sirka kislotasi, poyasidan esa 127 qog„oz, karton, yog„och spirti, sun‟iy kauchuk, sun‟iy smola va boshqa har xil mahsulotlar olinadi. Makkajo'xori agrotexnik ahamiyatga ham egadir, u qurg'oqchilikka chidamli va chopiqtalab o'simlik bo'lganligi uchun yerda begona o'tlaming kamayishiga olib keladi. Makkajo'xori qor to'sish maqsadida ham ishlatiiadi, janubiy mamlakatlarda makkajo'xorining tezpishar navlarini ekish natijasida bir yilda ikki marta hosil olish imkonini beradi va uni boshqa ekinlar bilan birgalikda qo'shib ekish ham mumkin. Tarixi. Makkajo'xori juda qadimgi o'simlik, u Markaziy Amerikadan kelib chiqqan. Markaziy Amerikaning mahalliy xalqi miloddan 3400 - 2300-yil avvai ekib kelgan. Amerika ochilganda makkajo'xori katta ekin maydonlarini tashkil qilganligi ma‟lum. Makkajo'xori XV asrda Amerikadan Yevropaga keltirilgan, shu vaqtda portugaliyaliklar tomonidan makkajo'xori Hindiston, Hindi- Xitoy mamlakatlariga keltirilgan, XVII asrda Gruziyada tarqalgan, XVIII asming oxiri XIX asming boshlarida u g'arbiy Xitoydan Markaziy Osiyoga keltirilgan. Yer yuzida makkajo'xori 184,2 mln. gektar yerga ekiladi. U ko'pchilik mamlakatlarda, shu jumladan: Braziliya, Meksika, AQSH, Hindiston, Xitoy, Rossiya, Ukraina davlatlarida katta yer maydonlariga ekiladi. Makkajo'xori deyarli ko'pchilik mamlakatlarda - Kavkaz ortida, Shimoliy Kavkazda, Volga bo'yida, Markaziy Qora tuproq zonalarida, Qozog'iston va Markaziy Osiyo davlatlarida ham ekiladi. Makkajo„xorining ekin maydoni va don yetishtirish holati 17 26-jadva Davlatlar Ekin maydoni, Hosildorlik Yalpi hosil, ming. ga s/ga ming t. Yer yuzida 184200 55,2 10016700 Angola 1575,9 9,8 1548 Argentina 4863,8 66,0 32119 Braziliya 15317,4 52,6 80538 Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling