X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

2.6. 
Suli
Ahamiyati.
Sulining doni va somoni yoki ko„k massasi chorva 
mollari uchun to'yimli ozuqa sifatida ko„p ishlatiiadi. Shuningdek, 
donidan talqon, pechene, yorma va kofe kabi oziq-ovqat mahsulotlari 
ham tayyorlanadi. Bu mahsulotlar o„zining tarkibida yaxshi hazm 
bo„ladigan oqsil, yog„, kraxmal va vitaminlarga boy bo„lib, yosh 
bolalaming shifobaxsh ovqati sifatida katta ahamiyat kasb etadi. 
Sulining somoni va poxoli boshqa donli ekinlamikiga qaraganda 
chorvachilikda yaxshi oziqliligi bilan qimmatlidir. Sulini vika bilan 
aralash holda ekiiganda juda ham samaralidir. Sulini turli xil 
muddatlarda ekib, mo„l hosil olish (ayniqsa, chorvachilikda ozuqa 
sifatida) mumkin. Bu esa O'zbekistonning sug'oriladigan yerlarida 
chorva mollarini to„yim!i ko„k ozuqa bilan ta‟minlashga imkon beradi.
Tarixi.
Suli qadimiy ekinlardan hisoblanib, yowoyi holda qadim-
qadimdan bug„doy va афа ekinlari ichida aralashma holida uchrab 
kelgan. Tashqi sharoitga chidamliligi sababli madaniy xillarini aholi eka 
boshlagan. Yevropada suli ekini eramizdan 1500- 1700 yillar ilgari 
ma‟lumligi haqida tarixiy ma‟lumotlar bor. Hozirgi Hamdo„stlik 
Davlatlari hududlarida VII asrdan boshlab ekila boshlaganiigi ma‟lum.
Jahon dehqonchiligida suli ekilish maydoni 17,2 mln. gektarni 
tashkil etib, bu ekin G„arbiy Yevropa, AQSH va Kanada davlatlarida 
ko„plab ekiladi. Dunyo bo'yicha sulining o„rtacha don hosildorligi 19,2 
s/ga atrofida.
Hosildorlik.
0„zbekistonda suli don va ko„kat massa uchun ekilib, 
maydoni jihatidan aфadan keyingi o„rinni egallaydi. Respublikamiz 
suvli yerlarida sulidan mo„l hosil olish mumkin. Buni ilmiy tashkilotlar, 
Davlat Nav Sinash uchastkalari va ilg„or g„allakor va chorvadorlaming 
ish tajribalari ko„rsatmoqda. Masalan, Davlat Nav Sinash uchastkalarida 
sulining ba‟zi navlaridan olingan don hosili o„rtacha 70 s/ga bo„lib, 
gektar hisobiga to„g„ri keladigan protein miqdori aфaga qaraganda 
birmuncha ortiq bo„lganligi ma‟lum. Ba‟zi ma‟lumotlarga qaraganda, 
sulidan 500-540 s/gacha ko„k massa olish mumkin.
123



Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling