X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hosildorlik.
2.6.
Suli Ahamiyati. Sulining doni va somoni yoki ko„k massasi chorva mollari uchun to'yimli ozuqa sifatida ko„p ishlatiiadi. Shuningdek, donidan talqon, pechene, yorma va kofe kabi oziq-ovqat mahsulotlari ham tayyorlanadi. Bu mahsulotlar o„zining tarkibida yaxshi hazm bo„ladigan oqsil, yog„, kraxmal va vitaminlarga boy bo„lib, yosh bolalaming shifobaxsh ovqati sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Sulining somoni va poxoli boshqa donli ekinlamikiga qaraganda chorvachilikda yaxshi oziqliligi bilan qimmatlidir. Sulini vika bilan aralash holda ekiiganda juda ham samaralidir. Sulini turli xil muddatlarda ekib, mo„l hosil olish (ayniqsa, chorvachilikda ozuqa sifatida) mumkin. Bu esa O'zbekistonning sug'oriladigan yerlarida chorva mollarini to„yim!i ko„k ozuqa bilan ta‟minlashga imkon beradi. Tarixi. Suli qadimiy ekinlardan hisoblanib, yowoyi holda qadim- qadimdan bug„doy va афа ekinlari ichida aralashma holida uchrab kelgan. Tashqi sharoitga chidamliligi sababli madaniy xillarini aholi eka boshlagan. Yevropada suli ekini eramizdan 1500- 1700 yillar ilgari ma‟lumligi haqida tarixiy ma‟lumotlar bor. Hozirgi Hamdo„stlik Davlatlari hududlarida VII asrdan boshlab ekila boshlaganiigi ma‟lum. Jahon dehqonchiligida suli ekilish maydoni 17,2 mln. gektarni tashkil etib, bu ekin G„arbiy Yevropa, AQSH va Kanada davlatlarida ko„plab ekiladi. Dunyo bo'yicha sulining o„rtacha don hosildorligi 19,2 s/ga atrofida. Hosildorlik. 0„zbekistonda suli don va ko„kat massa uchun ekilib, maydoni jihatidan aфadan keyingi o„rinni egallaydi. Respublikamiz suvli yerlarida sulidan mo„l hosil olish mumkin. Buni ilmiy tashkilotlar, Davlat Nav Sinash uchastkalari va ilg„or g„allakor va chorvadorlaming ish tajribalari ko„rsatmoqda. Masalan, Davlat Nav Sinash uchastkalarida sulining ba‟zi navlaridan olingan don hosili o„rtacha 70 s/ga bo„lib, gektar hisobiga to„g„ri keladigan protein miqdori aфaga qaraganda birmuncha ortiq bo„lganligi ma‟lum. Ba‟zi ma‟lumotlarga qaraganda, sulidan 500-540 s/gacha ko„k massa olish mumkin. 123 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling