Sistematika.
Suli
Avena L.
avlodiga mansub boiib, ro„vagi chochiq
yoki zich holda bo„ladi (8-rasm).
Sulining juda ko„p turlari (70 ga yaqin) boiib, ularning ichida bir
yillik va ko„p yillik, madaniy hamda yowoyi xillari mavjud. Sulining
turlari ichida 11 tasi amaliy ahamiyat kasb etadi. Bizda ekib kelinadigan
suli ikki turga mansub:
Avena sativa L.
(ekma suli) va
Avena byzantini S.
Kosh
(vizantina sulisi).
Biologik xususiyatlari.
Suli - mu‟tadil iqlimga talabchan o„simlik,
uning urug„i 2-3 °C da una boshlaydi, ko„karib chiqish va tuplash
davrlardagi 15-18 °C eng qulay harorat hisoblanadi. Yosh niholi -8-9 °C
sovuqqa chidamli. Suli gullash vaqtida -2 °C sovuqdan kuchli
zararlanadi. Don hosil qilish davrida -4-5 °C sovuqqa bardoshli. Sulining
ildiz sistemasi tez rivojlanishi natijasida bahorgi qurg„oqchilikdan
bahorgi bug„doy va arpaga qaraganda kam zarar ko„radi. Issiq harorat va
yozgi qurg„oqchilikka bahorgi bug„doy, arpaga qaraganda suli chidamsiz.
Suli namtalab o„simlik, uning po„stli xillari po„stsiz donlilarga
nisbatan unib chiqish uchun ko„p nam talab etadi. Suli unishi uchun
donning og„irligiga nisbatan 60 foiz namni shimadi (arpada 50 foiz,
bug„doydan 45 foiz bo„lgani holda, u namga talabchan). Sulining
transpiratsiya koeffitsiyenti 47,4 namga eng talabchan davri o„sim- likni
naychalashidan to ro'vaklanishigacha hisoblanib, ayniqsa, tuproq namligi
ro„vaklanishdan 10-15 kun oldin yetishmasa, juda ham zararlidir. Bu
davrdagi qurg„oqchilik hosildorlikning keskin kamayishiga olib keladi.
Sulidan seryogin yillari mo„l hosil olinadi. Boshqa g„alla ekinlariga
qaraganda suli tuproqqa talabchanligi past boiib, ildizi 120 sm
chuqurlikka va yon tomoniga 80 sm gacha boradi. Suli o„simligi
tuproqdan keyin eruvchan ozuqa eritmalarini yaxshi o„zlashtirish
xususiyatiga ega.. Kuchli shoilangan tuproqlarda suli yaxshi hosil
bermaydi (9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |