X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Javdar va tritikale ekin maydoni va hosildorligi


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Javdar va tritikale ekin maydoni va hosildorligi.
Javdar ekiladigan 
maydon jahon bo„yicha 15 mln. gektar atrofida. Javdar hosildorligi 
o„rtacha 19 s/ga atrofida bo„lib, ko„plab Yevropa mamlakatlarida kuzda 
ekiladi (Germaniya, Fransiya, Polsha va boshqalar). AQSHda ham bu 
ekin ko„plab ekilib kelinadi. Shuningdek, hozirgi hamdo„stlik 
mamlakatlaridan Rossiya va Bellorusiyada ham javdar salmoqli o„rinni 
egallaydi. Bu ekinning hosildorligi ko„pchilik davlatlarda yuqori 
bo„lsada, kuzgi bug„doydan keyingi o„rinda turadi. O„zbekistonda 
javdar asosan oraliq ekin sifatida kuzda ekilib, ko„k massa olinadi.
16
Suvli yerlarda tritikale oraliq ekin o„mida yoz so„ngida (avgust) 
va kuzda ekilsa, mo„l ko„k massa va don berishi mumkin. 0„zbekiston 
sharoitida tritikale javdar va xashaki bug„doyga nisbatan yuqori hosilli, 
to„yimli konsentrat ozuqa va mo„l, sifatli ko„k massa berishi bilan 
ajralib turadi.
Olimlaming ma‟lumoti bo'yicha, tritikalening yozda ekilgan 
(avgust oyida) turli navlaridan gektariga o„rtacha 735-1025,8 s, kuzda 
ekiiganda 488,2-886,6 s ko„k massa, don uchun kuzda ekiiganda 48,6-
97,3 s hosil olingan. Javdardan olingan ko„k massa esa yozda ekiiganda 
gektariga o'rtacha 547,6 s, kuzda ekiiganda 477 s, don uchun kuzda 
ekiiganda 35,6 s bo„lgan.
16
 www.FAC)stat.fao.Org-2017 year.
119 


Tritikale don hosildorligi davlat nav sinash maydonlarida 80 s/ga 
boimoqda. Bu hosildorlik 0„zbekiston 0„simlikshunoslik Ilmiy Tadqiqot 
intituti tajriba dalasida (ayniqsa, Meksika davlati seleksiyasiga mansub 
bo„lgan) navlarda 100 s/ga va undan ortiq bo„lmoqda. 0„zbekistonda 
tritikale chorvachilik uchun to„yimli ozuqabop ekin hisoblanib, ko„k 
massa va don uchun ekilish maydoni yildan-yilga ortib bormoqda. 
Hozirgi vaqtda jahon bo„yicha tritikale ekiladigan maydon 2 mln. 
gektardan ortiqdir.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling