X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov


Download 5.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/291
Sana20.09.2023
Hajmi5.06 Mb.
#1683170
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   291
Bog'liq
Ўсимликшунослик

Oziq unsurlariga talabi.
Javdaming oziq unsurlariga talabi o„sish va 
rivojlanish davriga qarab har xil. Bu o„simlikning ahvo- liga, ob-havo 
sharoitiga, tuproq tarkibiga, ishlov berish texnologiya- siga va navning 
biologik xususiyatlariga bog„liqdir. Javdar rivojlanish davrida quyidagi 
oziqa elementlarini talab qiladi: C,H,0 (havodan), N, S, P, K, Ca, Mg, Fe, 
Mn, Zn, B, Cu, Mo. 0„simlik- ning oziqa elementlari bilan aloqasi 
chambarchas bog„liq. Oqsii hosil qilish uchun azot kerak, azot 
xlorofillga, nuklein kislotasiga, fosforit va boshqa organik azotli 
moddalarga zarur. Azot bilan oziqlanganda tuplanishni tezlashtiradi. 
Nitrat azotga qaraganda ammiyakli azotni yaxshi o„zlashtiradi. Fosfor 
oziqlanishdan tashqari oqsilni sintezlash va ildizini rivojlanishi uchun 
ham zarur. Fosfor yetishmovchiligi umumiy hosilni kamayishiga olib 
keladi. Fosfor
116 


yetishmasligi gullash va pishishni kechiktiradi. Kaliy unsuri ham zarur 
hisoblanadi. Donda 0,5%, somonda 0,8-1,5% kaliy bo„ladi. Kaliy oqsilni 
sintezlashda qatnashadi. Karbon suvlarini hosil bo„lishida kaliy ishtirok 
etadi. Kaliyning yordami bilan xlorofill, karotin, ksantofil miqdori 
oshadi.
Tuproqqa talabi.
Kuzgi javdar tuproq tanlamaydi. Olib borilgan 
tajribalarga qaraganda javdar hosili tuproq muhiti pH 4,5 bo„lganda 
kamayadi. Ishqor tuproqda aluminiy ko„p, bu esa javdaming o„sib 
rivojlanishiga salbiy ta‟sir ko„rsatadi. Kuzgi javdar oziqa elementlariga 
boy, tuproqda yaxshi aeratsiya bo„ladigan dalalarda yuqori hosil beradi. 
Javdar yengil qumoq tuproqlarda, og„ir tuproqlarga qaraganda yaxshi 
rivojlanadi. Bahorgi javdar har xil tuproqlarda yuqori 25 s/ga .hosil 
beradi (Tiunov).
Navlar:
0„zbekistonda “Vaxshskaya-116” navi rayonlashtiril-
gan.
Tritikale ekini 
Ahamiyati.
Donning tarkibida oqsil bug„doyga nisbatan 1,0- 1,5%, 
javdarga qaraganda 3-4% ko„pligi, oqsil tarkibida lizin, triptofan kabi 
qimmatli aminokislotalar ko„pligi uning oziq-ovqat va ozuqalik 
qiymatini belgilaydi. Ammo kleykovinaning sifati bug„doynikidan 
pastroq. 
Ozuqabop 
navlari 
ko„kat, 
silos, 
o„t 
talqoni 
va 
donadonlashtirilgan ozuqalar tayyorlash uchun ekiladi. Ko„kati va silosi 
bug„doy va javdarga nisbatan 0,5-1,0% ko„proq hazmlanadigan 
proteinga ega bo'ladi va hayvonlar yaxshi yeydi. 0„t talqoni oqsil. 
Karatinoid va mineral moddalarga boy bo„ladi. Somoni hayvonlar uchun 
ozuqa va to„shamadir. Tritikale doni to„yimliligi jihatidan arpa va 
jo„xori donidan qolishmaydi.
Doni va ko'kati ozuqa sifatida qoilaniladi. Pichanning tarkibida 10 -
11%, donida 11-12% oqsil boiadi. Tritikaledan don, ko„kat, pichan, un 
tolqoni, silos, senaj tayyorlanadi. Undan tayyorlangan aralash yem 
qoramollarni bo„rdoqiga boqishda, sogin sigirlar va qo„ylar uchun juda 
mosdir. Somoni hayvonlar uchun ozuqa va to„shamadir. 0„zbekistonda 
bu ekin don va ko„kat olish uchun oraliq ekin sifatida ekiladi. Non 
mahsuloti tayyorlashda sifati bug„doy mahsulotidan pastdir.

Download 5.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   291




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling