javdaming poxolidan (somonidan) turli xil buyumlar (qog„oz, selluloza,
furfurol, sirka), lignin va boshqa narsalar tayyorlanadi.
Tarixi. Bizning eramizdan 1-2 ming yil
ilgari madaniy javdar ekila
boshlangan. Gretsiyada,
Hindistonda, Xitoyda qadimiy sivili- zatsiya
tarixida javdarni madaniy ekin ekanligi ma‟lum bo„lmagan.
Bizning
eramizdan oldin birinchi asrda Yevropa davlatlarida javdar ekini ekilib
kelingan. FAO ma‟lumotlari bo„yicha 2016-yilda javdar yer yuzida 5,8
mln. ga maydonga ekilgan, o„rtacha hosili 28,9 s/ga, yalpi hosili 16,7 mln.
tonnani tashkil etgan.
15
Biologik xususiyatlari
Rivojlanish qonuniyatlari. Javdarda ham boshqa donli ekinlar singari
quyidagi davrlar bo„lib o„tadi: unib chiqish, tuplanish, maysalash, boshoq
tortish, gullash va pishish.
Do'stlaringiz bilan baham: