X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- Gullash davri.
Boshoqlanish davri. Bu davr boshoqni yuqorigi barg qinidan
boshoqning 1/3 qismi ko„rinishidan boshlanadi. Poya asosan ortib borayotgan barg vaznini va boshogini o„zida saqlab turadi. Boshoqlanish davri o'rtacha amal davri boshlanganga nisbatan 40- 50 kundan keyin boshlanadi. Gullash davri. Bu davr 10-15 kun davom etadi. Gullash boshoqni o„rta qismidan boshlanadi. Gullash uchun 12,5 °C harorat zarur. Har bir gulning gullashi 12-25 daqiqa davom etadi. Pishish davri. Pishish davri boshoqlanish jarayoni bir tekis kechmagani uchun don rivojlanishida tashqi muhit sharoitidan tashqari ichki muhitni ham ta‟siri boiadi. Bu donning biokimyo va morfologik tuzilishidan ma‟lum. Pishish davrining tezligi ob-havo sharoitiga ham bogiiq. Donning pishib yetilishiga shamol, havo harorati va namligi ta‟sir qiladi. Sut pishish davrida don yashil rangda boiadi va 60-40% suvda erigan organik moddalar hosil boiadi. Mum pishish davrida o„simlik sarg„ayadi. Don sariq tusga kiradi. Bu davrda don onalik o„simlikdan ajraladi. Donni namligi 20-40% ni tashkil qiladi. Toliq pishish davrida o'simlik butunlay sarg„ayadi, don qattiqlashadi, 14- 16% namlik boiadi. Pishish davrida donda kraxmal moddasi oshadi, poyada qand miqdori kamayadi. 115 Tashqi muhit sharoitiga talabi Issiqlikka talabi. Javdar mo„tadi! iqlim ekini guruhiga mansub. Urug„lari 0 °C yuqori haroratda ham ko„karadi. Unib chiqish uchun 52 °C ni tashkil etadi, unib chiqishdan tuplanishgacha 67 °C. Javdar 12 °C haroratda yaxshi tuplanadi, 3-4 °C da o„simlikning o„sishi to„xtaydi. Gullash uchun 14-15 °C zarur. Faol harorat yig„indisi erta pishar navlarda 1000-1700 °C ni, o„rta pishar navlarda 1200-1800 °C va kech pishar navlarda 1300-1850 °C ni tashkil qiladi. Harorat nafas olish jarayoniga ta‟sir qilib 4 °C haroratda nafas olish pasayadi. Suvga talabi. Javdar namga talabchan ekin. Urug„ni unib chiqishi uchun 48-55% suv talab qiladi. Tuproqning namligi 21,8% (75% DNS) tashkil qilganda ko„chat 3 kunda chiqqan. Tuproq namligi 18,5% (50% DNS) bo„lganda 7 kunda ko„karib chiqqan. Suvga talabi javdar o„simligining tuplanishi va gullash davrida oshadi, pishish davrida kamayadi. Olim Tiunov ma‟lumotiga qaraganda bir gektardan 45 s. hosil boiishida quruq holda (don va somon) javdar ekini 1 ga maydondan o„sish va rivojlanish davrida 1570,5 t suv sarf qilar ekan. Transpiratsiya koeffitsiyenti 400 ga teng. Ulardan 90% bug'lanadi, 9% oziq moddalami singdirishga va 1% hujayra molekulasida va quruq moddada saqlanadi. Bahorgi javdar 1 s quruq modda uchun 338 s. suv sarf qiladi. Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling