X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
sugurta ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlanayotgan davlatlarda omonatlarni sug‘urtalash tizimi 1
- Nazorat va muhokama uchun savollar
- 23-mavzu. Buyuk Britaniyaning sug‘urta tizimi Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahami- yati.
- «Lloyd» sug‘urta korporatsiyasi, uning tashkiliy tuzilishi va funk- siyasi. Buyuk Britaniya bozorida sug‘urta brokerlarining asosiy vazifasi.
- Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahamiyati
- Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga oshiradigan asosiy sug‘urta turlari
- Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimining davlat tomonidan tartibga solinishi
Jahonning rivojlangan mamlakatlarida omonatlarni sug‘urtalash tizimi 1 Mamlakat Tashkil etilgan yili Davlatning ishtirok etishi Qoplamalarning eng ko‘p miqdori Yillik badal (%) AQSH 1934 + 100000 doll. 0,0—0,27 Yaponiya 1971 + 71000 doll. 0,048—0,036 Kanada 1967 + 40770 doll. 0,33 gacha Germaniya 1966 +/— 20000 yevro 0,03 Fransiya 1980 + 20000 yevro — Italiya 1987 + 20000 yevro 0,4—0,8 Belgiya 1974 + 20000 yevro 0,02 Shveysariya 1984 — 20000 yevro — 10-jadval ma’lumotlarini tahlil etish shundan guvohlik bermoqdaki, deyarli barcha iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar- da depozitlarni sug‘urta qilish tizimi joriy etilgan. Depozitlarni sug‘urtalash tizimi, dastlab, 1934-yilda AQSHda tashkil etilgan bo‘lsa, keyinchalik Yaponiyada (1971-y.), Germaniyada (1966-y.) va Fransiyada (1980-y.) tashkil etilgan. Shunisi e’tiborliki, su- g‘urta hodisasi ro‘y berganda, ya’ni tijorat banki bankrot deb e’lon qilinganda depozitlarni sug‘urtalash fondidan to‘lanadigan qoplama miqdorlari turlichadir. Masalan, jadval ma’lumotlarini tahlil etadigan bo‘lsak, eng ko‘p sug‘urta summasi Italiyada to‘lanishini aniqlab olish qiyin emas. Italiyada bitta omonatchiga to‘lanadigan sug‘urta qoplama miqdori 125,0 ming dollarga tengdir. Bu ko‘rsatkich Yaponiyada 71,0 ming dollarni, Kanadada esa 40,7 ming dollarni tashkil etadi. Tijorat banklaridagi omonat qoldig‘iga nisbatan hisoblanadi- gan va depozitlarni sug‘urtalash fondiga o‘tkaziladigan yillik majburiy sug‘urta badallari ham har xil. Jumladan, Belgiyada yillik 1 www. Allinshrans.RU. 1 7 2 badal miqdori omonat qoldig‘iga nisbatan 0,02 foizni tashkil etsa, bu ko‘rsatkich AQSHda 0,27 foizgachani tashkil etadi. Eng yuqori ko‘rsatkich Italiyada bo‘lib, u 0,4—0,8 foizni tashkil etadi. 1999-yil holatiga Yaponiyada jami depozitlarning 78,8 foizi sug‘urta himoyasiga olingan bo‘lsa, Italiyada 83,0 foizi sug‘urtalangan. Afsuski, jadvaldagi boshqa mamlakatlar bo‘yicha ma’lumotlarning berilmaganligi rivojlangan mamlakatlarda omonatlarni sug‘urtalash tuzimini samarali tahlil etish imkoniya- tini bermaydi. Endi biz depozitlarni sug‘urtalash mexanizmi ayrim Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlarida qanday yo‘lga qo‘yilganligi bilan tanishib chiqamiz. 11-jadval Rivojlanayotgan davlatlarda omonatlarni sug‘urtalash tizimi 1 Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, ba’zi Sharqiy Yevropa mamlakatlarida, xususan, Chexiya, Vengriya, Polsha, Ruminiya kabi davlatlarda depozitlarni sug‘urtalash fondlari, asosan, 1991-yildan keyin, ya’ni sotsialistik tuzum tugatilgandan keyin tashkil etilgan. Tahlil etilayotgan mamlakatlar tarkibida eng ko‘p miqdorda sug‘urta qoplamalari Chexiyada to‘lanadi, ya’ni bu yerda bank bankrot deb e’lon qilinganda depozitlarni sug‘urta qilish fondidan to‘lanadigan pul mablag‘lari miqdori 11756,0 dollarni tashkil etadi. MDH mamlakatlarida birinchilardan bo‘lib, jismoniy shaxslarning bankdagi omonatlarini himoyalash bo‘yicha fond Belorussda tashkil etilgan. Shunisi diqqatga sazovorki, jismoniy shaxslarning omonatlarini o‘z vaqtida aholiga qaytarishni kafolatlash Beloruss Respublikasining Konstitutsiyasida o‘z aksini topgan. Kafolatlash fondi Beloruss Milliy bankida tashkil etilgan 1 www. Allinshrans.RU. 1 7 3 bo‘lib, bank to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda bitta omonatchining 2000 dollargacha pul mablag‘i qaytarilishi kafolatlanadi. Tijorat banklari har oyda kafolat fondiga omonat- larning qoldig‘iga nisbatan 0,1 foiz miqdorida majburiy badal to‘lab boradilar. Kafolat fondining pul mablag‘lari hajmi jami omonat qoldiq summasining 5 foizi miqdorida belgilangan. O‘zbekistonda fuqarolarning bankdagi omonatlarini kafolatlash fondi 2002-yilda tashkil etilgan bo‘lib, banklar bankrot bo‘lganda to‘lanadigan qoplama miqdori eng kam ish haqining 100 baravarigachani va undan oshgan summaning eng kam ish haqining 250 baravarigacha 90 foizi qoplanishi qonun hujjatlarida bayon etilgan. Eng kam ish haqining 100 baravari 940,0 ming so‘mga teng bo‘lib, u 2006-yilning 17-yanvar holatiga birjadan tashqari valuta kursi bo‘yicha 792,8 dollarni tashkil etadi. Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Bank risklarining maxsus turi sifatida depozit risklarining sug‘urtasi nima maqsadda qo‘llaniladi? 2. O‘zbekistonda fuqarolarning bankdagi omonatlari sug‘urtasi qachon joriy etilgan? 3. Fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalash fondi O‘zbekistonda qachon tashkil etilgan? 4. Fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalash fondining pul mablag‘lari nima hisobidan tashkil etiladi? 5. Tijorat banklari bankrot bo‘lgan taqdirda omonatchilarga to‘lanadigan summa qanchaga teng? 6. Chet davlatlarda fuqarolarning bankdagi omonatlari necha foizgacha sug‘urtalangan? 7. Tijorat banklari fuqarolarning bankdagi omonatlarini himoyalash fondiga har chorakda necha foizdan badal o‘tkazib boradi? 8. AQSHda fuqarolarning bankdagi omonatlarini sug‘urtalash tizimi qanday tashkil etilgan? 9. MDH mamlakatlari va O‘zbekistonda depozitlarni sug‘urtalash tizimining farqli tomonlarini ko‘rsating. 10. Omonatlar sug‘urtasi aholining bank tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi deb o‘ylaysizmi? 1 7 4 23-mavzu. Buyuk Britaniyaning sug‘urta tizimi Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahami- yati. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga oshiradigan aso- siy sug‘urta turlari. Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimining davlat tomonidan tartibga solinishi. «Lloyd» sug‘urta korporatsiyasi, uning tashkiliy tuzilishi va funk- siyasi. Buyuk Britaniya bozorida sug‘urta brokerlarining asosiy vazifasi. Buyuk Britaniya jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoriga kiradi. Keyingi o‘n yil mobaynida jahon iqtiso- diyoti rivojlanishiga Buyuk Britaniya sanoatining qo‘shayotgan hissasi sezilarli darajada kamaygan, uning tovarlarining xalqaro bozorlaridagi raqobatdoshligi tushib ketgan bo‘lsa-da, Buyuk Britaniyaning moliya-kredit tizimi hamon dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Buyuk Britaniya moliya institutlari, birinchi navbatda, sug‘urta kompaniyalari sanoat korxonalarining yirik miqdordagi aksiyalariga ega va bu holat sug‘urta va sanoat kapitalining birlashishiga olib kelmoqda. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, sug‘urta kompaniya- larining qariyb 30% aktivi yirik sanoat kompaniyalarining aksiyasiga to‘g‘ri keladi. Faqat bugina emas. Bugungi kunda, Buyuk Britaniya- da aholi va korxonalarning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini iqtisodiyotga jalb etishda sug‘urta kompaniyalari o‘ziga xos mavqega ega. Masalan, 1958—1962-yillarda sug‘urta kompaniyalar va nodavlat nafaqa fondlari orqali 50 foizga yaqin shaxsiy omonatlar yig‘ib olingan bo‘lsa, 2005- yillarda ham bu ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmagan. Shuning uchun ham, Buyuk Britaniyada sug‘urta kompaniyalarini «moliyaviy vositachilar» yoki «yirik institutsional investor» sifatida baholashadi. Bozor munosabatlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalari Buyuk Britaniya iqtisodiyotining muhim strategik sohasi hisoblanadi. 2004-yilda sug‘urta kompaniyalari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari umumiy 288,6 mlrd dollardan oshib ketdi. Bu yalpi ichki mahsulotning 12,5 foizini tashkil etadi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, yig‘ib olingan sug‘urta mukofotlari- ning deyarli 45 foizi sug‘urta kompaniyalarining chet mamlakat- Buyuk Britaniya iqtisodiyotida sug‘urtaning tutgan o‘rni va ahamiyati 1 7 5 larda olib borgan sug‘urta operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Buyuk Britaniya to‘lov balansi strukturasini tahlil qiladigan bo‘lsak, valuta tushumlarining 50 foizi sug‘urta mukofotlari hisobiga to‘g‘ri kelganligini ko‘ramiz. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari jahonning 43 ta mamlakatida sug‘urta operatsiyalarini muvaffa- qiyatli amalga oshirmoqda. Buyuk Britaniyada sug‘urta ishining faol rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir qilgan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Birinchidan, bu yerda tadbirkorlikni erkin yuritish uchun hukumat yoki qonunchilik tomonidan eng kam nazorat tizimi joriy qilingan. Bu holat, so‘zsiz, Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy sug‘urta kompaniyalari uchun ham tatbiq etiladi. Hozirgi paytda, Buyuk Britaniya sug‘urta bozorida xorijiy mamlakatlarning 150 ga yaqin kompaniyalari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshir- moqda. Ikkinchidan, jahon miqyosida erishilayotgan tijorat bi- timlarining anchagina qismi Angliya hissasiga to‘g‘ri keladi. Agar tuzilgan bitimlarning ijrosi bo‘yicha e’tirozlar kelib chiqadigan bo‘lsa, sug‘urta kompaniyalari darhol bunga sug‘urta qoplamasini to‘lashadi. Bu, o‘z navbatida, biznesning xalqaro darajada rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi. O‘nlab yillar davomida Buyuk Britaniyada hamma uchun qulay bo‘lgan soliqqa tortish tizimi shakllangan. Amaldagi soliqqa tortish tizimi yirik miqdordagi zaxira jamg‘armalarini shakllantirishni va ularni investitsiya qilishni rag‘batlantiradi. Buyuk Britaniya milliy sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining chet mamlakatlardagi bo‘lim va filiallari orqali xalqaro sug‘urta bozorlarida ishtirok etmoqda. Xorijiy mamlakat sug‘urta kompaniyalarining Buyuk Britaniya bozorlariga intilishi, Lon- donda xalqaro ahamiyatga molik sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish va transmilliy kompaniyalarga xizmat ko‘rsatish kabi qiziqishlari bilan bog‘liq. Yuqorida qayd etganimizdek, sug‘urta kompaniyalari yig‘gan sug‘urta mukofotlarining katta qismi, ularning chet mamlakatlarda olib borgan operatsiyalari hisobidan shakllanadi. Masalan, «Royyal Inshurans» kompaniyasi sug‘urta mukofotlarining 68,4 foizi tashqi manbalardan kelib tushgan. Shuningdek, «Kommershial Yunion» va «Jeneral eksident» kompaniyalarining 60 foizga yaqin sug‘urta mukofotlari xorijiy mamlakatlardan kelib tushgan. Bu mablag‘larning asosiy qismi AQSH va Kanadadan kelib tushadi. 1 7 6 Sug‘urta kompaniyalari vaqtincha bo‘sh bo‘lgan mablag‘- larni, asosan, sanoat, transport, savdo va boshqa aksiyador kompaniyalarning rivojlanishiga yo‘naltiradilar, 1995-yil ma’lumotlariga qaraganda Buyuk Britaniya sug‘urta kompani- yalari London Fond birjasida ro‘yxatga tushgan jami aksiyadorlik kompaniyalarining 22 foiz aksiyalarini sotib olgan. Sug‘urtalovchilarning o‘z mablag‘larini bu investitsiya obyektiga katta miqdorda sarf etishini shu bilan tushuntirish mumkinki, aksiyalar yuqori darajada foyda keltiradilar hamda sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik kompaniyasining yirik miqdordagi aksiyasini sotib olib, ushbu kompaniya ustidan nazorat o‘rnatishi mumkin. Ammo, shu bilan bir qatorda, aksiyaning kursi pasayib ketishi bilan, sug‘urta kompaniyalari katta zarar ko‘rishi mumkin. Keyingi yillarda Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilari kattagina hajmdagi o‘z mablag‘larini ko‘chmas mulk bilan bog‘liq operatsiyalarni moliyalashtirishga yubormoqda. Hozirgi paytda ko‘chmas mulkka investitsiya jami investitsiyalarning 15 foizini (uzoq muddatli sug‘urta shartnomalari bo‘yicha) tashkil etmoqda. Ko‘chmas mulkka investitsiya qilishning ijobiy xususiyatlardan biri shundan iboratki, ko‘chmas mulk pulning qadrsizlanish jarayonidan ishonchli himoyalangan. Ammo, bu investitsiya obyektining ham bir qancha salbiy tomonlari mavjud. Masalan, amaliyotda ko‘chmas mulklarni qisqa muddatda foydali narxda sotish ancha mushkul. Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari o‘zlarining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini ipoteka kredit resursi sifatida ishlatishi yoxud bankda depozit sifatida saqlashi mumkin. 2005-yilda sug‘urta kompaniyalarini investitsiyaga sarflagan pul mablag‘lari 260 mlrd funt sterlingni tashkil etdi. Ko‘rinib turibdiki, sug‘urta kompaniyalari iqtisodiyotning rivojlanishiga muhim hissa qo‘shmoqdalar. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Buyuk Britaniyada 830 ga yaqin sug‘urta kompaniyalari faoliyat ko‘rsatmoqda. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, su- g‘urta kompaniyalari alohida sug‘urta turlari va toifalari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun, savdo va sanoat departamentining maxsus litsenziyasini olishlari Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari amalga oshiradigan asosiy sug‘urta turlari 1 7 7 zarur. Belgilangan tasnifga asosan, 7 ta muddatli sug‘urta turlari va 18 ta umumiy sug‘urta turlari (mulk, fuqarolik javobgarligi va baxtsiz hodisalardan) mavjud. Hozirgi paytda, Buyuk Britaniya aviatsiya sug‘urta bozorining asosini tashkil etadigan 300 ta kom- paniya samolyotlarni sug‘urta qilish, 433 ta kompaniya esa den- giz kemalarini sug‘urta qilish bilan shug‘ullanmoqda. Umuman olganda, Buyuk Britaniya sug‘urta bozori ikki qismga bo‘lingan: — hayotni sug‘urta qilish bozori; — umumiy sug‘urta bozori. 2004-yilda yig‘ib olingan sug‘urta mukofotlarining 189,6 mlrd dollari yoki 65,7 foizi hayotni sug‘urta qilish bozori, 99 mlrd dollari yoki 34,3 foizi esa umumiy sug‘urta bozori turlariga to‘g‘ri keladi. Hayotni sug‘urta qilish operatsiyalari ushbu sug‘urta turlarini amalga oshirishga ixtisoslashgan kompaniyalar tomonidan olib boriladi. Hayotni sug‘urta qilish bozorida, asosan, quyidagi sug‘urta turlari bo‘yicha shartnomalar tuziladi: hayotni individu- al sug‘urtalash, nafaqa va annuitetlar, sog‘liqni uzluksiz sug‘ur- talash, hayotni va nafaqani guruhlab sug‘urtalash. Hayotni individual tartibda sug‘urtalash bo‘yicha soliq imtiyozlarining mavjudligi, ushbu sug‘urta turi bo‘yicha katta miqdorda sug‘urta badallarini yig‘ish imkonini beradi. Aytish kerakki, sug‘urta kompaniyalari hayotni sug‘urtalash bo‘yicha katta miqdorda sug‘urta qoplamalari ham to‘lamoqda. Masalan, 2004-yilda hayotni individual sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urtalanuvchilarga jami 17,6 mlrd funt sterling mablag‘ to‘lagan. Buyuk Britaniyada aholiga va boshqa potensial mijozlarga sug‘urta xizmati ko‘rsatish shu darajada rivojlanganki, bunda har bir oila va fuqaroning daromadi va manfaati hisobga olinadi. Hozirgi paytda 12 ta sug‘urta kompaniyasi daromadi uncha katta bo‘lmagan shaxslar uchun hayot sug‘urtasini joriy etgan. Bu sug‘urta turining o‘ziga xos xususiyati shundaki, sug‘urta mukofotlari 2 oyda bir marta yig‘iladi. Sug‘urta mukofotlari agentlar tomonidan yig‘iladi va ularning soni 35000 ga yaqin. 2004-yilda Buyuk Britaniya sug‘urta kompaniyalari umumiy sug‘urta turlari bo‘yicha 99,0 mlrd dollar miqdorida sug‘urta mukofotlarini yig‘ib olishgan. Bu mablag‘larning asosiy qismi yong‘indan va baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish bo‘yicha kelib tushgan. 12 — Sug‘urta ishi 1 7 8 Buyuk Britaniyada rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan sug‘urta kompa- niyalari tarkibiga kelsak, ularga kema egalarining javobgarligini o‘zaro sug‘urtalash klublari ham kiradi. Hozirgi paytda 6 ta klub faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning eng yiriklari «Yunayted Kingdom» va «Britaniya»dir. Klub, kema egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish javobgarligini sug‘urtalaydi. Bundan tashqari, yukka yetkazilgan zarar uchun javobgarlik, kemalarning bir-biriga to‘qnashishi javobgarligi, dengizning neft mahsulotlari bilan ifloslanish javobgarligi sug‘urtasini ham klublar amalga oshiradi. Kema egalarining klub sug‘urta foiziga to‘laydigan sug‘urta badallari kemaning yuk ko‘tarish qobiliyatiga, sinfiga va boshqa texnik parametrlariga nisbatan belgilanadi. Yuqorida qayd etilganlar bilan bir qatorda, Buyuk Britaniya sug‘urtasining quyidagi turlari mavjud: — hayotni vaqtinchalik sug‘urta qilish. Bu sug‘urta o‘lim hodisasi ro‘y berishi muddatigacha sug‘urta qiladi. Ushbu su- g‘urta turi bo‘yicha badal miqdori nisbatan kamdir. Masalan, Angliya fuqarosi bir yil muddatga 10000 funt sterlingga sug‘urta qilinsa, sug‘urta mukofoti miqdori bir oyga 2 funt sterlingni tashkil etadi. Sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urtalanuvchining yoshiga va sug‘urta muddatiga bog‘liq; — boquvchisini yo‘qotish hodisasidan hayotni umrbod sug‘urta qilish. Boquvchisini yo‘qotish hodisasidan oilaning daromadi sug‘urta qilinadi. Sug‘urtalanuvchi dastlab katta miqdorda sug‘urta mukofoti to‘laydi. Masalan, 35 yoshdagi sug‘urtalanuvchi 5000 funt sterling miqdorida 30 yil muddatga o‘z oilasiga daromadni kafolatlash uchun 330000 funt sterlingga sug‘urta qilinadi; — umrbod hayot sug‘urtasi. Sug‘urta kompaniyasi, sug‘urta- lanuvchi vafot qilgan taqdirda, uning oilasiga yoki sug‘urta po- lisida ko‘rsatilgan shaxsga tegishli sug‘urta summasini to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta mukofoti sug‘urtalanuvchining butun hayoti davomida yoki keyingi 15—20 yil ichida to‘lanishi mumkin; — aralash sug‘urta. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta mukofotini har oyda yoki yilda bir marta to‘laydi. Sug‘urta summasi shartnoma muddati tugashi bilan to‘lanadi va unga tegishli murakkab foizlar vositasida hisoblangan foiz ham qo‘shib beriladi. Agar sug‘urtalanuvchi vafot etgan taqdirda, sug‘urta mukofoti to‘liq to‘langanligi yoki to‘lanmaganligidan qat’i nazar, sug‘urta summasi sug‘urtalanuvchining qonuniy merosxo‘riga to‘lanadi; 1 7 9 — renta sug‘urtasi (annuitetlar). Sug‘urtalanuvchi sug‘urta mukofotini sug‘urta kompaniyasiga bir vaqtning o‘zida to‘liq miqdorda yoki bir necha yillar davomida to‘lashi mumkin. Sug‘urtalanuvchining o‘zi to‘lagan sug‘urta mukofoti summasini butun umr davomida to‘lab boriladigan to‘lovlar bilan birga qaytarib olishi mumkin. Boshqacha so‘z bilan ifodalaganda, sug‘urtalanuvchi 60 yoshida o‘zi to‘lagan sug‘urta mukofotlarini to‘liq qaytarib oladi va undan keyin unga muntazam ravishda daromad to‘lab boriladi. Masalan, agar fuqaro 65 yoshida 1000 funt sterling miqdorida sug‘urta mukofoti to‘lagan bo‘lsa, u qolgan umri davomida har yili 118 dan 140 funt sterlinggacha daromad oladi; — sog‘liqni uzluksiz sug‘urta qilish. Sug‘urtalanuvchi har xil kasalliklar yoki baxtsiz hodisa tufayli sog‘lig‘ini yo‘qotganda sug‘urta kompaniyasi qoplama to‘laydi. Sug‘urta mukofoti summasi sug‘urta qoplamasiga nisbatan juda kam. Masalan, 25 yoshli sug‘urtalanuvchi har oyda 15 funt sterlingdan badal to‘lasa, unga sug‘urta hodisasi ro‘y bergan holatda, har yili 1000 funt sterlingdan sug‘urta qoplamasi to‘lanadi; — dengiz sug‘urtasi. Kemalar, kemadagi yuklar dengiz falo- kati yoki avariya hodisalaridan sug‘urta qilinadi; — muhandislik sug‘urtasi. Qurilish-montaj risklari sug‘urtasi, ekspluatatsiya jarayonidagi texnik qurilmalar sug‘urtasi; — ishlab chiqarish — xo‘jalik risklari sug‘urtasi. Korxonalarda ishlab chiqarishning to‘satdan to‘xtab qolishi, yollanma ishchilar- ning suiiste’mol qilinishi, hamkorlarning shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmasligi oqibatida zarar ko‘rish riski sug‘urtalanadi; — fuqarolik javobgarligi sug‘urtasi. Sug‘urtalanuvchilarning uchinchi shaxs oldidagi mulkiy javobgarligini himoya qiladi. Masalan, tadbirkorlikning yollanma ishchilar oldidagi javobgarligini sug‘urtalash. Bunda yollanma ishchilarga sug‘urta hodisasi ro‘y bergan taqdirda sug‘urta qoplamasi to‘lanadi; — ishlab chiqarilgan mahsulotning sifati uchun ishlab chiqaruvchining javobgarligini sug‘urtalash. Sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxs oldidagi mulkiy javobgarligini himoya qiladi; — kasbiy javobgarlikni sug‘urtalash. Bir qator toifa xodimlarning (me’morlar, muhandislar, advokatlar, auditorlar, shifokorlar, notariuslar va hokazolar) kasbiy majburiyatini sifatli 1 8 0 bajarilmasligi natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarari sug‘urta qilinadi. Boshqa rivojlangan davlatlar kabi Buyuk Britaniyada ham sug‘urta kompaniyalarining faoliyati tegishli davlat organlari tomonidan nazorat qilinadi. Birinchi marotaba, bu mamlakatda, sug‘urta kompaniyalari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish 1870-yilda qabul qilingan hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar to‘g‘risidagi qonun bilan joriy qilingan edi. Bugungi kunda Buyuk Britaniyada sug‘urta kompaniyalari ustidan nazoratni amalga oshirish savdo va sanoat departamen- tiga yuklatilgan. Uning tarkibida maxsus sug‘urta nazorati organi mavjud. Savdo va sanoat departamenti Buyuk Britaniya hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalariga ushbu faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya taqdim etadi. Odatda, litsenziya sug‘urtaning ayrim turlari bo‘yicha shug‘ullanish huquqini beradi. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati direktivalariga muvofiq, 1978-yilning 1-yanvaridan uzoq muddatli sug‘urtaning 7 turiga va umumiy sug‘urtaning 18 turiga litsenziya beriladi. Sug‘urtaning u yoki bu turi bo‘yicha litsenziya berishdan oldin, savdo va sanoat departamenti sug‘urta kompaniyasi ushbu sug‘urta turi bo‘yicha operatsiya o‘tkaza olishiga ishonch hosil qilishi kerak. Shuning uchun, litsenziya olishga talabgor kompaniya savdo va sanoat departamentiga ariza bilan bir qatorda boshlang‘ich kapital, amalga oshirishi mo‘ljallanayotgan sug‘ur- ta operatsiyalari, sug‘urta polislari, sug‘urta mukofoti stavkasi, operatsiya xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni berishi kerak. Shuningdek, tashkil etilayotgan sug‘urta kompaniyasining rahbari va bosh buxgalteri to‘g‘risidagi ma’lumot ham savdo va sanoat departamentiga taqdim etiladi. Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada faoliyat ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari hisobot yili tugaganidan so‘ng, 6 oy muddatda, amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi hisobotni matbuotda e’lon qilishlari haqida savdo va sanoat departamentiga taqdim qilinishdan oldin, mustaqil auditorlar tomonidan tekshirilib tasdiqlanishi majburiy hisoblanadi. Sug‘urta kompaniyalarining hisoboti quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimining davlat tomonidan tartibga solinishi 1 8 1 — kompaniyaning balansi; — foyda va zararlar schoti; — sug‘urta mukofotlari dinamikasining tahlili; — uzoq muddatli sug‘urta foizi bo‘yicha ro‘y bergan o‘zga- rishlar to‘g‘risida ma’lumot. Savdo va sanoat departamenti sug‘urta kompaniyalarining to‘lov qobiliyati darajasiga alohida e’tibor qaratadilar. Barcha sug‘urta kompaniyalari to‘lov qobiliyati darajasi qonunchilik ta- lablariga muvofiq bo‘lishlari uchun 1977-yilda Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati direktivalari va sug‘urta kompaniyalari to‘g‘risidagi qonun bilan belgilangan iqtisodiy normativlarga, ya’ni aktiv va majburiyatlar o‘rtasidagi o‘zaro mutanosiblikka qat’iy rioya etishlari kerak. Shunisi e’tiborliki, ushbu talablar Yevropa Iqti- sodiy Hamjamiyati hududida joylashgan kompaniyalar uchun alohida, markaziy ofisi Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati hududidan tashqarida joylashgan kompaniyalar uchun alohida belgilangan. 1981-yilda qabul qilingan qonun hujjatlariga ko‘ra, Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati mamlakatlarida ro‘yxatdan o‘tgan barcha sug‘urta kompaniyalari umumiy sug‘urta operatsiyalari bo‘yicha to‘lov qobiliyati darajasini, ushbu kompaniya joylashgan davlat tomonidan belgilangan talablarga muvofiqlashtirishi lozim. Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati mamlakatlarida sug‘urta kompaniyasining aktivi va majburiyati o‘rtasidagi mutanosiblik darajasi hayotni sug‘urta qilishga ixtisoslashgan kompaniyalar uchun alohida umumiy sug‘urta turlarini amalga oshiruvchi kompaniyalar uchun yakka tartibda belgilangan. Savdo va sanoat departamenti sug‘urta kompaniyalari tomo- nidan belgilangan sug‘urta mukofoti stavkasini nazorat qiladi. Sug‘urta kompaniyasi, agar mijozni topsa, istagan yuqori stavkasi bo‘yicha sug‘urta qilishi mumkin. Ayrim hollarda, sug‘urta kompaniyasi stavkani pasaytirib, o‘zining to‘lov qobiliyatini murakkablashtirishi mumkin. Departament bunday kompaniyalar- ga nisbatan chora ko‘radi va sug‘urta badali stavkasini oshirishni talab qiladi. Savdo va sanoat Departamenti sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya qilish maqsadida sug‘urta kompaniyalarining joriy faoliyatiga aralashishga haqlidir. Agar sug‘urta kompaniyalari Departamentga noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim qilsa, bu holda u mazkur kompaniyalarga nisbatan jazo choralarini qo‘llashi 1 8 2 mumkin. Departament sug‘urta kompaniyasining faoliyati bo‘yicha kamchiliklar topsa, ushbu kamchiliklarni tugatish yuzasidan sug‘urta kompaniyasiga ko‘rsatma beradi. Modomiki, mazkur ko‘rsatma bir oy muddatda bajarilmasa, kompaniyaga yangi sug‘urta shartnomalarini tuzishga hamda investitsiya faoliyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Eng asosiysi, agar sug‘urta kompaniyasi o‘z zimmasidagi majburiyatlarni bajara olmasa yoki kompaniyada buxgalteriya hisobi belgilangan tartibda olib borilmasa, Departament ushbu kompaniyani tugatish to‘g‘ri- sida qaror qabul qiladi. Buyuk Britaniyada sug‘urta ishi shunchalik rivojlanganki, buni mamlakat parlamenti tomonidan qabul qilingan ayrim qonunlar misolida ham ko‘rish mumkin. Chunonchi, «Sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun sug‘urta kompaniyasi bilan sug‘urta shartnomasini tuzgan har bir Buyuk Britaniya fuqarosini har qanday holatda himoya qilishni kafolatlaydi. Bu, o‘z navbatida, sug‘urtalanuvchilarni sug‘urta polislarini ishonch bilan sotib olishga undaydi. Yuqorida qayd qilingan qonun talablariga mu- vofiq, sug‘urta kompaniyasi tugatilgan taqdirda, uning sug‘urtala- nuvchilar oldidagi majburiyatlarini bajarish sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya qilish bo‘yicha Kengashga yuklatiladi. Dastlab, sug‘urta kompaniyasi tugatilishidan oldin, Kengash kompaniyaning moliyaviy holatini sog‘lomlashtirish yuzasidan maxsus tadbirlarni amalga oshiradi. Buyuk Britaniyada sug‘urta tizimini davlat tomonidan tartibga solishda soliq siyosatining muhim o‘rni bor. Gap shundaki, uzoq yillardan beri uzoq muddatli hayotni sug‘urta qilish bo‘yicha shartnomalarni tuzgan sug‘urtalanuvchilarga daromad solig‘ini to‘lashda imtiyozlar berilgan. Masalan, umrbod hayot sug‘urtasida sug‘urta mukofoti 10 yildan kam bo‘lmagan muddatda to‘lab borilsa, sug‘urta summasi miqdori jami to‘langan sug‘urta mukofotining 75 foizdan kam bo‘lmagan miqdorini tashkil etsa, sug‘urtalanuvchi to‘laydigan daromad solig‘i stavkasi 15 foizga kamaytiriladi. Shuni alohida qayd etish zarurki, sug‘urta kompaniyalari korporatsiya solig‘ini to‘lashda katta imtiyozga ega. Agar tadbirkorlikning boshqa tuzilmalari 35 foizli stavka bilan foyda solig‘i to‘lasa, sug‘urta kompaniyalarining foydasiga solinadigan soliq stavkasi 30 foizni tashkil qiladi. 1 8 3 Buyuk Britaniya sug‘urta tizimida «Lloyd» korporatsiyasining o‘ziga xos o‘rni bor. «Lloyd»ning tashkiliy tuzilmasi sug‘urta kompaniyalarining tashkiliy tu- zilmasidan tubdan farq qiladi. «Lloyd» London shahrining mar- kazida joylashgan va bu yerda sug‘urta operatsiyalarini uning a’zolari amalga oshiradi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, «Lloyd»ning 33532 ta a’zolari bo‘lib, ular yig‘gan sug‘urta mukofotining hajmi 10 mlrd funt sterlingdan oshadi. «Lloyd»ga a’zo har bir anderrayter sug‘urta operatsiyasini o‘zining imkoniyati darajasida amalga oshiradi va korporatsiyaning boshqa a’zolarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. Sug‘urta kompaniyalaridan farqli o‘la- roq, «Lloyd» korporatsiyasi a’zosi tuzilayotgan shartnomalar bo‘yicha cheklanmagan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi mumkin. «Lloyd» a’zolari sug‘urta operatsiyalarini amalga oshi- rishi uchun maxsus sindikatlarga birlashgan. Hozirgi paytda korporatsiyaning 150 dan ortiq tarmoq sindikatlari mavjud bo‘lib, ulardan 100 ga yaqini dengiz sug‘urtasi, 34 tasi aviatsiya sug‘ur- tasi, 27 tasi avtomobil sug‘urtasiga ixtisoslashgan sindikatlardir. Sindikatlarga «Lloyd» anderrayterlari boshchilik qiladi va u ushbu sindikatga a’zo bo‘lgan boshqa anderrayterlar nomidan sug‘urta operatsiyalarini amalga oshiradi. Potensial mijozlarni jalb qilish bo‘yicha sindikatlar o‘zaro qattiq raqobat kurashini olib boradi- lar. Shu nuqtayi nazardan «Lloyd»ni o‘ziga xos sug‘urta bozori deb atash mumkin. «Lloyd»da barcha sug‘urta operatsiyalari bro- kerlik firmalari vositachiligida amalga oshiriladi. Hozirgi paytda «Lloyd»da ro‘yxatdan o‘tgan brokerlar 300 dan ortiq. Shu o‘rinda ta’kidlash zarurki, bugungi kunda O‘zbekistonda ham ayrim sug‘urta kompaniyalari va sug‘urta brokerlari «Lloyd» korporat- siyasi bilan mustahkam aloqa o‘rnatishgan. «Lloyd» korporatsiyasi doirasida yig‘ib olinadigan sug‘urta badallarining 30 foizi dengiz sug‘urtasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Negaki, Buyuk Britaniyani deyarli uch tomondan okean va dengizlar qurshab olgan va bu yerda azaldan savdo-sotiqlar dengiz va okeanlar orqali amalga oshirilgan. Ayrim manbalarga ko‘ra, Angliyada dastlabki sug‘urta shartnomalari, bundan taxminan 300 yillar oldin, aynan, dengizda tashiladigan yuklar va kemalar bilan bog‘liq bo‘lgan. «Lloyd» sug‘urta korporatsiyasining tashkiliy tuzilmasiga anderrayter, sindikat va brokerlardan tashqari, a’zolik va depozitlar Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling