X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V
Nazorat va muhokama uchun savollar
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
sugurta ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12-mavzu. Sug‘urta bozorida vositachilar faoliyati Sug‘urta agenti, uning asosiy vazifalari. Sug‘urta brokerlari va ularning faoliyatini huquqiy tartibga solish.
- Sug‘urta agenti, uning asosiy vazifalari
- Sug‘urta brokerlari va ularning faoliyatini huquqiy tartibga solish
- Nazorat va muhokama uchun savollar
- 13-mavzu. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning obyektiv zarurligi va shakllari.
- Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning obyektiv zarurligi va shakllari
- 14-mavzu. Sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlari Sug‘urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi.
- Sug‘urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi
- Sug‘urta tashkilotlari daromadlarining manbalari va tarkibi.
Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Sug‘urta bozori infratuzilmasi deganda nimani tushunasiz? 2. Sug‘urta bozori infratuzilmasiga qanday tashkilotlar kiradi? 3. Sug‘urta bozorida aktuariylarning vazifasi nimadan iborat? 4. Sug‘urtachilarning uyushmasi sug‘urta bozori infratuzilmasida qanday o‘rin tutadi? 5. O‘zbekiston sug‘urta bozorida infratuzilma tarkibiga kiruvchi qanday tashkilotlarni bilasiz? 6. Qanday vazifalarni bajaruvchi shaxslarga dispasherlar deyiladi? 7. Ixtisoslashgan maslahat tashkilotlari sug‘urta tashkilotlariga qanday xizmat ko‘rsatadi? 8. Auditorlik tashkilotlarining sug‘urta bozori infratuzilmasidagi o‘rni qanday? 9 2 9. Xorijiy mamlakatlar sug‘urta bozorida mavjud, ammo O‘zbekiston sug‘urta bozori infratuzilmasida hali o‘z o‘rnini topmagan tashkilotlardan qaysilarini bilasiz? 10. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari va bozor infratuzilmasi subyektlari o‘rtasida qanday bog‘liq jihatlar ko‘zga tashlanadi? 12-mavzu. Sug‘urta bozorida vositachilar faoliyati Sug‘urta agenti, uning asosiy vazifalari. Sug‘urta brokerlari va ularning faoliyatini huquqiy tartibga solish. Mamlakatimizda sug‘urta agentlarining faoliyati «O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida» gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 28- yanvardagi 19-son buyrug‘iga asosan tasdiqlangan hamda 2003- yilning 1-fevralida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1213- son bilan ro‘yxatga olingan «Sug‘urta agentlari to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq tartibga solinadi. Sug‘urtalovchining nomidan va uning topshirig‘iga muvofiq sug‘urta shartnomalarini tuzish hamda uning ijrosini tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshi- ruvchi yuridik va jismoniy shaxslarga sug‘urta agenti deyiladi. Sug‘urta agenti — sug‘urtalovchi nomidan va uning topshi- rig‘iga ko‘ra berilgan vakolatlar doirasida ish yurituvchi jismoniy va yuridik shaxsdir. Sug‘urta agenti va sug‘urta tashkiloti o‘rtasidagi munosabatlar agentlik bitimiga asoslanadi. Agentlik bitimi — tomonlarning huquq va majburiyatlarini, javobgarligini hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tartibini belgilovchi yuridik hujjat. O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi har qanday yuridik shaxs va fuqarolik salohiyatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar sug‘urta agenti sifatida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Sug‘urta agenti lavozimiga ishbilarmonlik qobiliyatiga va tegishli kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar qabul qilinadi. Sug‘urta agenti fuqarolar bilan muomala qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi va sug‘urta ishining asoslarini bilishi zarur. Sug‘urta agenti sug‘urta kompaniyasining shtatdagi xodimi bo‘lishi mumkin yoki sug‘urta agenti lavozimini o‘rindoshlik asosida kompaniyaning Sug‘urta agenti, uning asosiy vazifalari 9 3 har qanday xodimi amalga oshirishi mumkin. Bunday holatda sug‘urta agentining funksiyasi, huquqi va majburiyatlari sug‘urtalovchining lavozim yo‘riqnomalari asosida belgilanadi. Agar sug‘urta agenti shtatdan tashqari xodim bo‘lsa, uning sug‘urtalovchi bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabati, ular o‘rtasida tuziladigan agentlik bitimi bilan belgilanadi. Sug‘urta agenti quyidagi huquqlarga ega: — potensial sug‘urtalanuvchilarga sug‘urtalovchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish; — sug‘urtalanuvchilar bilan sug‘urta shartnomasini tuzish uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni (sug‘urta qilish Qoidalari, sug‘urta operatsiyalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnomalar, shartnomalar, sug‘urta polislari va hokazo) sug‘urtalovchidan olish; — sug‘urtalovchi nomidan sug‘urta polislarini yozish; — sug‘urtalovchining topshirig‘iga muvofiq, sug‘urta hodisa- lari tufayli ko‘rilgan zararni aniqlash; — sug‘urta qilingan mol-mulkni saqlash va holatini nazorat qilish. Sug‘urta qilingan mol-mulkning nobud bo‘lishi yoxud zararlanishiga olib keluvchi omillar aniqlangan taqdirda, bu haqda tegishli chora ko‘rish uchun sug‘urtalanuvchiga xabar qilish. Sug‘urta agentining majburiyatlari: — sug‘urtaning mohiyatini va sug‘urta shartnomalarini tuzish tartibini bilish; — sug‘urta shartnomasini tuzish chog‘ida ixtiyoriy sug‘urtani tegishli turi bo‘yicha Qoidalar bilan sug‘urtalanuvchini tanishtirish; — qo‘shimcha mijozlarni jalb etish yuzasidan sug‘urta bozo- rining holatini o‘rganish; — sug‘urta qilish imkoniyati to‘g‘risida qaror qabul qilish maqsadida sug‘urta obyektini ko‘rikdan o‘tkazish; — sug‘urta shartnomalarini to‘g‘ri tuzish va uni yangi mud- datga rasmiylashtirish, sug‘urta hujjatlari hamda undagi rekvizit- larni pishiq va aniq to‘ldirgan holda, ushbu hujjatlarda bo‘yash, o‘chirib yozish va xatoni to‘g‘rilash holatlariga yo‘l qo‘ymaslik; — belgilangan tartibdagi sug‘urta agentining shaxsiy varaqasi- ni pasport nusxasini ilova qilgan holda rasmiylashtirish. Sug‘urta agentlariga to‘lanadigan vositachilik haqi sug‘urta- lovchining yoki uning filialining hisob-kitob raqamiga kelib tushgan summaga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Sug‘urta agenti 9 4 jismoniy shaxs bo‘lgan taqdirda, unga vositachilik haqi kompaniya yoki uning filiali kassasiga naqd pul shaklida topshirilgan sug‘urta mukofotiga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Chet mamlakatlarda, ayniqsa, iqtisodi taraqqiy etgan mamlakatlar sug‘urta tizimida brokerlar muhim o‘rin egallay- di. Mustaqillik tufayli va iqtisodiyotda ro‘y berayotgan tarkibiy o‘zgarishlar sug‘urta sohasida ham bro- kerlarning faoliyat ko‘rsatishiga zamin yaratdi. Tan olish zarur- ki, hozirgi paytda O‘zbekistonda sug‘urta brokerlari unchalik rivojlangan emas. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, 2006-yilning 1- yanvar holatiga mamlakatimizda bitta sug‘urta brokeri faoliyat yuritish uchun tegishli litsenziya olgan. Shunisi e’tiborliki, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonunining (hozir o‘z kuchini yo‘qotgan) 7-moddasi «Sug‘urta vakillari va sug‘urta brokerlari» deb atalib, unda shunday deyilgan edi: «Sug‘urtalovchilar sug‘urta faoliyatini sug‘urta vakillari va sug‘urta brokerlari orqali amalga oshirishlari mumkin. Sug‘urta vakillari o‘zlariga berilgan vakolatlarga muvofiq sug‘urtalovchi nomidan va uning topshirig‘i asosida ish ko‘radigan jismoniy yoki yuridik shaxslardir». Sug‘urta brokerlari belgilangan tartibda tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan, sug‘urtalanuvchi yoki sug‘urtalovchining topshirig‘i asosida sug‘urta bo‘yicha o‘z nomidan vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxslardir. O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el sug‘urta tashkilotlari nomidan sug‘urta shartnomalarini tuzish bilan bog‘liq vositachilik faoliyatini amalga oshirishga, basharti, O‘zbekiston Respublikasi ishtirokidagi davlatlararo bitimlarda o‘zga qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida» gi Qonunining 5-moddasida sug‘urta vositachilari, shu jumladan, sug‘urta brokeri sug‘urta faoliyatining subyekti sifatida qayd etilgan. Shu qonunning 7-moddasi «Sug‘urta brokeri» deb ataladi. Ushbu moddada «sug‘urta brokeri» tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: «Sug‘urta qildiruvchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasi tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs sug‘urta Sug‘urta brokerlari va ularning faoliyatini huquqiy tartibga solish 9 5 brokeri hisoblanadi». Ta’kidlash kerakki, sug‘urta brokerining faoliyati sug‘urta sohasidagi boshqa faoliyat turlari bilan qo‘shib olib borilishi mumkin emas. Xalqaro tajribaning guvohlik berishicha, sug‘urta tashkiloti va qayta sug‘urta qilish tashkiloti o‘rtasida vositachilik vazifasini bajaruvchi qayta sug‘urta brokerlari ham faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Shundan kelib chiqib, «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunda qayta sug‘urta qiluvchi broker tushunchasiga alohida e’tibor berilgan. Unga muvofiq, qayta sug‘urta brokeri — o‘z nomidan va qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchi tariqasida ishtirok etuvchi sug‘urtalovchining topshirig‘iga binoan qayta sug‘urta qilish shartnomasi tuzilishini va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik shaxs qayta sug‘urta brokeri hisoblanadi. Bunday brokerlarni tashkil etish qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa-da, ularning faoliyatini tartibga solish bo‘yicha normativ hujjatlar ishlab chiqilmagan. Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Sug‘urta agenti tushunchasiga ta’rif bering. 2. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida sug‘urta agentiga qanday ta’rif berilgan? 3. Sug‘urta agentining huquq va majburiyatlari nimalardan iborat? 4. Agentlik bitimi nima maqsadda tuziladi? 5. Sug‘urta agentining vositachilik haqi qanday hisoblanadi? 6. Sug‘urta agentiga nisbatan qanday talablar belgilanishi mumkin? 7. Sug‘urta agentining sug‘urta brokeridan farqi nimada? 8. Sug‘urta brokerining vazifasini aytib bering. 9. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida sug‘urta brokeriga qanday ta’rif berilgan? 10. Qayta sug‘urta brokeri jismoniy shaxs bo‘lishi mumkinmi? 9 6 13-mavzu. Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning obyektiv zarurligi va shakllari. Davlat sug‘urta nazorati: uning funksiya va vazifalari. Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash tartibi. Sug‘urta tashkilotlarining faoliyati boshqa turdagi xo‘jalik subyektlari faoliyatidan keskin farq qiladi. Chunki, ular ishlab chiqarish uzluksizligini ta’minlashda va sug‘urta hodisalari ro‘y berganda yetkazilgan zararni qoplash uchun xizmat qiladilar. Bu holat sug‘urtachilar zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi va shuning uchun ular davlat tomonidan nazorat ostiga olinmog‘i zarur. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish shakllari. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan nazoratga olishni shartli ravishda uchga bo‘lish mumkin (9-chizma). Xorijiy mamlakatlar tajribasining ko‘rsatishicha, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarning barchasida sug‘urta bozori davlatning vakolatli idoralari tomonidan tartibga solib boriladi. Masalan, Buyuk Britaniyada sug‘urta ishini Savdo va sanoat departamenti, Yaponiyada Moliya vazirligining sug‘urta bo‘limi, AQSHda esa maxsus sug‘urta komissariatlari nazorat qilib boradi. Davlat bunday nazorat ishini olib borar ekan, avvalo, mamlakatning sug‘urta sohasiga taalluqli qonunlariga hamda boshqa me’yoriy hujjatlariga asoslanadi. Sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari, sug‘urtaga ixtisoslashgan vositachilar davlat sug‘urta nazoratining obyektlari hisoblanadi. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning obyektiv zarurligi va shakllari 9-chizma. Sug‘urta faoliyatini nazorat qilish shakllari. 9 7 Sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solish turli shakllarda, xususan, maxsus qonunlar qabul qilish, soliq solish, alohida hukumat qarorlari bilan majburiy sug‘urtalashni joriy qilish va vakolatli sug‘urta nazorati xizmatini tashkil etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Sug‘urta bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga litsenziyalar berish sug‘urta nazorati xizmatining eng asosiy vazifalaridan biridir. Litsenziya berish jarayonida sug‘urta nazorati sug‘urtachining bo‘lajak faoliyatini dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi. Ya’ni Nizom jamg‘armasi va o‘z mablag‘larining holati hamda bu mablag‘lar- ning tashkilot zimmasidagi majburiyatlariga o‘zaro munosabati ko‘rib chiqiladi. Sug‘urta faoliyatiga litsenziya berishning zaruri- yati sug‘urtaning o‘z mohiyatidan kelib chiqishini unutmaslik kerak. Chunki, sug‘urta tashkiloti sug‘urta hodisasi yuz bergan vaqtda sug‘urtalanuvchiga shartnomada ko‘rsatilgan mablag‘ni o‘z vaqtida to‘lashi lozim. Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi organning bu boradagi ishlari nafaqat sug‘urtalanuvchilar man- faatiga mos tushadi, balki butun davlatning manfaatlari yo‘lida ham xizmat qiladi. E’tirof etish lozimki, bugungi kunda mamlakatda sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya berish tartibi ishlab chiqilgan. Sug‘urta tashkilotiga beriladigan litsenziya sug‘urta- lashning har bir turi yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan sug‘urta turlari guruhlari uchun beriladi. Chunki, ba’zi sug‘urta turlari bo‘yicha operatsiyani amalga oshirish sug‘urtalovchida yetarli darajada moliyaviy mablag‘lar bo‘lishini talab etadi. Bundan tashqari, sug‘urta kompaniyasi ishlab chiqqan biznes-rejada sug‘urta tarifi stavkalarining to‘g‘ri hisoblanishiga alohida e’tiborni qaratish za- rur. Negaki, noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan tarif, pirovard natijada, sug‘urta tashkilotining moliyaviy nobarqarorligiga yoki to‘lov qobiliyatining yomonlashuviga olib keladi. Nazarimizda, nafaqat sug‘urta kompaniyalarining, balki qayta sug‘urtalashga ixtisoslashgan tashkilotlar va vositachilik idoralarining faoliyatini ham litsenziyalashning kiritilishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Biz mamlakatimizda sug‘urta bozorini davlat tomonidan tartibga solishni tashkil etish va uni takomillashtirish yo‘llari haqida o‘ylar ekanmiz, yaqin qo‘shni mamlakatlar, xususan, Rossiya Federatsiyasida bu sohada olib borilayotgan ishlar haqida biroz to‘xtalsak, foydadan xoli bo‘lmaydi. 7 — Sug‘urta ishi 9 8 Bugungi kunda, Rossiya Federatsiyasida 1200 dan ortiq sug‘urta tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda va ularning aksariyati sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi Federal xizmatning litsenziyalariga ega. Sug‘urta faoliyatini nazorat qiluvchi bu tashkilot 1992-yilda tashkil etilgan bo‘lib, u Rossiya sug‘urta bozorini tartibga keltirish bo‘yicha yetarli tajribaga ega bo‘ldi, o‘nlab me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi. Ulardan eng muhimlari «Rossiya hududida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkilotlariga litsenziyalar berish tartibi», «Sug‘urta zaxiralarini joylashtirish tartibi» va hokazolardir. Mazkur tashkilot o‘zining qattiqqo‘lligi va boshqa harakatlari tufayli Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta nufuzga egadir. Eng asosiysi, sug‘urta nazorati xizmati har yili Rossiya hududida faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyalarining yetarli darajada kuchlilarini reyting asosida aniqlab, keng xalq ommasiga ma’lum qilib boradi. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida» gi Qonuniga muvofiq, sug‘urta tashkilotlari sug‘urtalanuvchi oldidagi majburiyatini bajara olmay qolganda, davlat sug‘urta nazorati xizmati, mijozlarning manfaatini ko‘zda tutadigan choralar ko‘rishi kerak. Bozorda ko‘plab sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi, tabiiyki, bu holat potensial mijozlarni jalb qilish uchun ular o‘rtasidagi raqobatning ham kuchayishiga olib keladi. Natijada, raqobatga bardosh bermagan ba’zi sug‘urta kompaniyalari «su- g‘urta maydonidan» chiqib ketadi. Bunga jahon tajribasidan ham misollar keltirish mumkin. Jumladan, 1993-yil boshida AQSHda 103 ta fuqarolar hayotini sug‘urtalashga ixtisoslashgan kompaniyalar to‘lov qobiliyatini yo‘qotgan, deb e’lon qilindi. Qizig‘i shundaki, bu kompaniyalar ichida moliyaviy jihatdan ishonchli bo‘lgan «Ekzekyutiv Layf Inshuerans» kompaniyasi ham bor. Mutaxassislar tomonidan uning aktivi bir necha milliard AQSH dollariga baholangan. Bu yerda, shunday o‘rinli savol tug‘ilishi mumkin. Xo‘sh, xalqaro sug‘urta bozorida kuzatilgan yuqoridagidek holat ro‘y bermasligi uchun, davlat qanday chora- tadbirlar ko‘rishi mumkin? Birinchidan, hukumat o‘zining tegishli nazorat organi orqali, sug‘urta kompaniyalari tomonidan «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining qat’iy bajarilishini, shu jumladan, sug‘urta zaxiralarining to‘g‘ri joylanishini nazorat qilib borish muhimdir. Ikkinchidan, endi shakllanayotgan 9 9 O‘zbekiston sug‘urta bozoriga moliyaviy jihatdan mustahkam xorijiy sug‘urta kompaniyalarining kirib kelishini tartibga solishi kerak. Negaki, bu holat mahalliy sug‘urta kompaniyalarining raqobatbardoshliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ularning kasod bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Sug‘urta tashkilotlari o‘z zimmasiga olgan majburiyatlari hajmiga qarab, ma’lum foiz ajratish yo‘li bilan markazlashgan sug‘urta jamg‘armasini tashkil etsalar, maqsadga muvofiqdir. Ushbu jamg‘arma mablag‘lari qiyin holatga tushib qolgan sug‘urta tashkilotlariga beriladi yoki ular bankrot deb e’lon qilinganda majburiyatlarini bajarishi uchun xizmat qiladi. Bizningcha, bu jamg‘arma tashkil etilajak davlat sug‘urta nazorati xizmati tomonidan, sug‘urtalovchilar uyushmasi vakillarini jalb qilgan holda boshqarilishi lozim. Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning zarurligi nimada? 2. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning qanday shakllarini bilasiz? 3. Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishda maxsus vakolatli davlat organining vazifalari nimalardan iborat? 4. Sug‘urta tashkilotlari faoliyatini soliq orqali tartibga solishning zarurligini tushuntirib bering. 5. Sug‘urta faoliyatini majburiy sug‘urta turlarini joriy etish vositasida tartibga solishga munosabatingiz qanday? 6. Xorijiy mamlakatlarda ham sug‘urta faoliyati nazorat qilinadimi? 7. Sug‘urta kompaniyalarining bankrot bo‘lishining oldini olish uchun qan- day chora-tadbirlar ko‘rish mumkin? 8. O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat etuvchi organ qachon tashkil etilgan va qaysi vazirlik tasarrufida joylashgan? 9. Rossiya Federatsiyasining sug‘urta faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha Federal xizmat tomonidan qanday me’yoriy hujjatlar qabul qilingan? 10. O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish yuzasidan qanday normalar belgilangan? 1 0 0 14-mavzu. Sug‘urta tashkilotining daromad va xarajatlari Sug‘urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi. Sug‘urta tashkilotining xarajatlari va ularning tarkibi. Sug‘urta tashkilotlarida moliyaviy natijaning shakllanishi. Sug‘urta tashkiloti hayotni sug‘urta qilish borasida tuzilgan har bir shartnomada turli darajadagi sug‘urta tarifini qo‘llashi yoki daromadlilik me’yorini har bir shart- noma bo‘yicha mustaqil ravishda hisoblab chiqishi va belgilashi mumkin. Hayotni sug‘urta qilish klasslari bo‘yicha daromadlilik me’yorlari qat’iy belgilangan bo‘lishi, uning tarif stavkalariga o‘zgarishlar kiritish esa, davlatning vakolatli organi bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim. Sug‘urta tashkilotlarida asosiy daromad va xarajatlar hisobi o‘ziga xosligi bilan farq qiladi. Sug‘urtani amalga oshirish, qonunchilikda man etilmagan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish natijasida hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘larining jami uning daromadi hisoblanadi. Sug‘urta tashkiloti daromadlarini guruhlashning turli variantlari mavjud. Ular ichida manbalarga ko‘ra, olingan daromadlarni uch guruhga bo‘lishga asoslangan variant keng qo‘llaniladi (10-chizma): a) sug‘urta faoliyatidan olingan daromadlar. Sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishdan olingan daromadlar sug‘urtachi daromadlarining asosiy manbayi hisoblanadi. Bu daromadlarning asosiy qismi sug‘urta shartnomalari bo‘yicha undirilgan mukofotlar hisobiga shakllantiriladi. Sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlari hajmiga sug‘urta majburiyatlari portfelining tarkibi va tuzilishi, tarif siyosati, marketing strategiyasi hamda boshqa qator omillar o‘zaro bog‘liqlikda ta’sir etadi. Masalan, ishlab chi- qilgan marketing strategiyasini unga mos bo‘lgan tarif siyosatisiz amalga oshirib bo‘lmaydi, o‘z navbatida, muvaffaqiyatli amalga oshirilgan marketing strategiyasi sug‘urta portfeli balanslashuvini ta’minlaydi va aksincha. Sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlariga bozor konyunk- turasi, inflatsiya sur’ati, me’yoriy qonunchilik bazasi, amaldagi soliqqa tortish tizimi, sug‘urta bozorining monopollashganlik Sug‘urta tashkilotining daromadlari va ularning guruhlanishi 1 0 1 darajasi, kredit foizi dinamikasi, mamlakatdagi ijtimoiy himoya- ning holati va boshqa qator omillar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Yuqorida sanab o‘tilgan omillar ta’sirining qandayligidan qat’i nazar, amaliyotda sug‘urta tashkilotining mukofot tushumlari oqimi ortishi yoki kamayishi hodisasi kuzatiladi. O‘zaro kelishuv shartnomasiga muvofiq sug‘urta tashkiloti sug‘urta riskining ma’lum ulushi bo‘yicha mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu jarayonda u sug‘urta operatsiyalarini birgalikda sug‘urtalash mexanizmi orqali sug‘urta mukofotining mos bo‘lgan qismi o‘z hisobiga o‘tkazilishidan ham daromad olishi mumkin. Sug‘urta tashkilotining yana bir daromad manbayi qayta sug‘urta tizimida qatnashish orqali mukofotlar ulushini undirishdir. Bu ulushning qanday kattalikda bo‘lishi qayta sug‘urtalashning rivojlanganlik darajasi, unga bo‘lgan talab, qayta sug‘urtalovchilarning kasbiy yetukligi kabi omillar hamda birlamchi sug‘urta bozori ko‘lami, sug‘urta risklarining hajmi kabilarning ta’siriga bog‘liqlikda kechadi. Sug‘urta tashkiloti qayta sug‘urtalashni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lsa, u sug‘urta hodisasi yuz berganda shartnoma 10-chizma. Sug‘urta tashkilotlari daromadlarining manbalari va tarkibi. 1 0 2 shartlariga binoan qayta sug‘urtalashga o‘tkazilgan risklar bo‘yicha zarar qoplamasidagi ulushini ham undirib oladi. Sug‘urta tashkiloti vositachilik vazifasini ham bajarishi mumkin. Masalan, riskni qayta sug‘urtalashga o‘tkazish jarayonida sug‘urtachi vositachilik haqini undirib oladi. Sug‘urta tashkiloti ayrim holatlarga ko‘ra, riskni boshqa sug‘urtachiga siylov etishi orqali vositachilik va brokerlik rag‘batlantirishlarini olishdan ham daromad ko‘rishi mumkin. Teng ulushdagi qayta sug‘urtalash shartnomasida qayta sug‘urtachiga tantem to‘lovlari ham nazarda tutilishi sug‘urtachining qayta sug‘urtalovchining foydasida o‘z ulushiga ega bo‘lishi shaklidir; b) investitsiya joylashtiriluvidan olingan daromadlar. Sug‘urta tashkilotining ushbu faoliyati to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urta faoliyati bilan bog‘liq emas. Sug‘urtachining investitsiya joylashtirish imkoniyati sug‘urta mukofotlari hisobidan yuzaga keladi. Odatda, sug‘urta mukofotlari ma’lum vaqt oralig‘ida sug‘urtachi ixtiyorida bo‘lishi davrida amaldagi me’yoriy qoidalarga asoslanib, daromad aktivlariga joylashtirilishi unga investitsiya daromadlarini kelti- radi. Investitsiya imkoniyatlari bo‘yicha uzoq muddatga hayotni sug‘urtalash zaxiralari ko‘proq manfaatlidir. Sug‘urta tashkilotining investitsiya faoliyatidan oladigan daromadlari tarkibi: — bank jamg‘armalari foizlari; — aksiyalardan dividend foizlari; — qimmatli qog‘ozlardan daromadlar; — ko‘chmas mulkdan olingan daromadlar kabilardan iborat bo‘ladi. Bu faoliyatning ahamiyatli jihati shundaki, sug‘urtachi o‘z mijozlariga bonus to‘lovlarini aynan investitsiya joylashtiriluvi- dan oladigan manbalari hisobidan to‘laydi. Investitsiya bozorlari rivojlangan mamlakatlarda ushbu faoliyatdan sug‘urtachining olgan daromadlari ayrim sug‘urtalash turlari bo‘yicha sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishda yuzaga kelgan zararlarni qoplash imkoniyatini bermoqda. Shu nuqtayi nazardan sug‘urta tashkiloti investitsiya faoliya- tini samarali olib borishi uning daromad manbalari tarkibida muhim ahamiyat kasb etadi; d) sug‘urta tashkilotining boshqa daromadlari. Sug‘urtachi sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishi va investitsiya joylashtiriluvidan tashqari boshqa faoliyatdan ham daromad olishi mumkin. 1 0 3 Bunday daromadning manbalari: — depo mukofotlar hisobiga o‘tkazilgan foiz summalari; — regress tartibida olingan summalar; — asosiy fondlar, moddiy boyliklar va boshqa aktivlarni sotishdan olingan foyda; — ijarachilik faoliyatidan olingan daromadlar; — sug‘urta zaxiralarining qaytim summalari; — o‘qitish, maslahat ishlarini olib borish bo‘yicha undirilgan to‘lovlar hisoblanadi. Sug‘urtachining sug‘urta xizmatlari sotuvidan tashqari olgan daromadlari asosan o‘z filiallariga ish qog‘ozlarini (hisobot blanklari va shu kabilarni) tayyorlab berish, ularning yangi «mahsulot»ini reklama qilish kabilar hisobiga olinadi. Ayrim hollarda ular ijara munosabatlari orqali ham shakllantiriladi. Sug‘urtachining sotuvdan tashqari daromadlarini hajmi sug‘urta tashkilotining kattaligiga bog‘liqdir. Sotuvdan tashqari daromadlarni olish uchun amalga oshirilgan xarajatlarni sug‘urta faoliyatiga yoki sug‘urtadan boshqa faoliyatga taalluqli ekanligini aniqlash murakkab kechadi. Shuningdek, sug‘urta tashkiloti ma’lum bir sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urtalashni amalga oshirmayotgan bo‘lsa-da, uni yo‘lga qo‘yish yuzasidan xarajatlarni sotuvdan tashqari daromadlari hisobiga bajaradi. Ma’lumki, sug‘urtada risklar transformatsiyasi jarayonida hamda bosh tashkilot va filiallar (yakuniy moliyaviy natija balansi yoki hisob raqamiga egaligiga ko‘ra) o‘rtasida mas’uliyat taqsimotining mexanizmi turlichadir. Sug‘urta faoliyati — sug‘urta hodisasi yuz berishi oqibatida sug‘urtalanuvchining zararini qoplash bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos iqtisodiy faoliyat turidir. Sug‘urta hodisasi yuz berishi yoki bermasligiga ko‘ra qoplama to‘lashning ilmiy asoslanganlik (o‘rganilgan, hisoblangan, aniqlangan) me’yorini belgilash va ko‘rilgan zararni sug‘urta tashkilotining zaxira fondidan to‘lash maqsadga muvofiqdir. Sug‘urta hodisasining yillar bo‘yicha yuz berishi ehtimolligi turlichadir. Ayrim aniq bir yilda bu hodisalarning soni ko‘p bo‘lishi ham mumkin. Aynan shu yil bo‘yicha sug‘urta tashkilotining faoliyati zarar bilan tugashi ehtimoli bor. Zaxira fondining mablag‘i yetishmasligi holatida sug‘urta tashkilotida qolgan daromad hisobidan uning har yilgi zaxira fondiga ajratma me’yorini qayta ko‘rib chiqish zarur. Statistik ma’lumotlarga 1 0 4 asoslanib, qayd etish kerakki, sug‘urtaning ko‘p turlari bo‘yicha amalga oshirilgan sug‘urta qoplamasi undirilgan mukofotlari summasiga nisbatan past foizlarni tashkil etadi. Shunga asoslanib, tariflarni oshirish emas, balki uning tarkibini o‘zgartirish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzishda qayta sug‘urtalovchi (xalqaro terminda «sedent») qayta sug‘urtalash mukofotining ma’lum qismini yoki hammasini deponentga o‘tkazishi nazarda tutilishi mumkin. U shartnoma davri tugashi hamda sug‘urta hodisasi yuz bermagan taqdirda mazkur mukofotlar hisobidan olingan depo foizlari bilan birgalikda qayta sug‘urtalovchi hisobiga o‘tkaziladi. Uning hajmi (foizda) shartnomada qayd etilgan bo‘ladi. Shunday kafolat berilishi qayta sug‘urtalash mukofotlarini moliyaviy zaxira sifatida ishlatish imkoniyatini oshiradi. Fuqarolik qonunchiligiga binoan sug‘urta tashkiloti o‘z mijozi manfaatlarini himoya qiluvchi vakil sifatida sug‘urta hodisasiga sababchi bo‘lgan aybdor shaxsga regress da’vo qilish huquqiga ham egadir. Odatda, regress tartibidagi summa sug‘urtachi o‘z kafilligini bajarib bo‘lganidan keyin undiriladi. Bunday faoliyat natijasida undirilgan summa sug‘urta tashkilotining sug‘urta ta’minoti to‘lovlari bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun manba hisoblanadi. Sug‘urta tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida o‘z faoliyatida foydalanilayotgan asosiy fondlarini sotish huquqiga egadir. Shunda faoliyat bo‘yicha sug‘urtachining foydasi asosiy fondni sotishdan olgan tushum summasi bilan mulkning balans (qoldiq) bahosida hisobdan chiqarish summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Sug‘urta tashkilotining mulki ijaraga berilishi mumkin. Masalan, ko‘chmas mulk obyektlari hamda asosiy fondlardan ayrim hollarda ijara obyekti sifatida foydalaniladi. Bu faoliyat natijasida undirilgan ijara to‘lovi ham sug‘urtachining daromadi hisoblanadi. Sug‘urta tashkilotining yana bir daromad manbayi o‘qitish, maslahat ishlari uchun undirilgan to‘lovlar summasi, shuningdek, risk-menejment bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishi, dastur «mahsulot»larini o‘rnatib berishi kabilar hisoblanadi. Bu daromadlar sug‘urtaga to‘g‘ridan to‘g‘ri daxldor bo‘lmasa-da, ammo u bilan uzviy bog‘liqlikda shakllanadi. Sug‘urta tashkiloti daromadining shakllanish mexanizmi, tarkibi va tuzilishini o‘rganish uning o‘ziga xos faoliyat turi ekanligini namoyon etadi. 1 0 5 Sug‘urtachining jami mablag‘lar sarfi sug‘urta «mahsulot»i tannarxini tashkil etadi. U amaldagi me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi hamda sug‘urtachi xarajatlarining tarkibini belgilashi uchun asos hisoblanadi. Soliqqa tortish bazasini aniqlashda sug‘urtachining jami xarajatlari va ularning tarkibini aniqlashtirish ham talab etiladi. Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining tarkibi ham xilma-xildir (11- chizma). Sug‘urta tashkilotining xarajatlari sakkiz turdan iborat bo‘lib, har bir tur, o‘z navbatida, asosiy va maqsadli faoliyat hamda xarajatlarning amalga oshirilishi vaqtiga qarab guruhlanadi. Sug‘urta tashkiloti xarajatlarining turlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular o‘z ahamiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi: a) sug‘urtani amalga oshirish xarajatlari. Bu xarajatlar sug‘urtachi faoliyatini moliyalashtirish uchun amalga oshiriladi. Sug‘urta tashkiloti faoliyatini tahlil etishda mazkur xarajatlar tarkibini ma’lum belgilariga ko‘ra guruhlash maqsadga muvofiqdir. Sug‘urtachining faoliyati jarayonida mablag‘lar sarf etilishi yuzasidan belgilangan vazifalarga ko‘ra, sug‘urta tashkiloti daromadi va zararlari haqidagi hisobotiga mos ravishda, sug‘urta ishini yuritish xarajatlari tarkibini quyidagicha guruhlash mumkin: — shartnomalarni tuzish va bajarish xarajatlari; — investitsiya faoliyati bo‘yicha xarajatlar; — boshqaruv xarajatlari; b) sug‘urta ishini yuritish xarajatlari sarflanishiga ko‘ra quyidagicha bo‘lishi mumkin: — ish haqi to‘lovlari; — davlat fondlariga ajratmalar, xodimlarni tayyorlash xarajatlari, reklama hamda marketing xarajatlari, xo‘jalik xarajatlari va boshqalar. Sug‘urta ishini yuritish xarajatlarining yuzaga kelishi davriga ko‘ra, ularni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin: — sug‘urta shartnomasini tuzish uchun oldindan qilingan (ish qog‘ozlarini tayyorlash, statistik ma’lumotlarni yig‘ish, tarif hisob- kitoblari va shu kabi) xarajatlar; — sug‘urta shartnomasi tuzish davrida qilingan (xalqaro terminda «acquisition») xarajatlar; — sug‘urta shartnomasi amal qilish davrida qilingan (masalan, riskni qayta sug‘urtalashga o‘tkazish bo‘yicha) xarajatlar; Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling