X. s h e n n a y e V, T. B a y m u r a t o V
Download 0.87 Mb. Pdf ko'rish
|
sugurta ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat va muhokama uchun savollar
- 9-mavzu. O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning hozirgi holati Sug‘urta mukofotlari tushumining YAIMdagi salmog‘i dinamikasi.
- Sug‘urta mukofotlari tushumining YAIMdagi salmog‘i dinamikasi
- Sug‘urta mukofotlarining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i
- Sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitali va tashkiliy-huquqiy shakllariga ko‘ra guruhlanishi
- O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining ustav fondi hajmiga ko‘ra guruhlanish ko‘rsatkichlari (% da)
- O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy shakllari ta’sischilari tarkibi % 2003-y. sentabr
- O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining jami ustav fondidagi o‘sish ko‘rsatkichlari (mlrd so‘mda) 1999—2004-yy.
- Sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta qoplamalari ko‘rsat- kichlarining tahlili
- Sug‘urta mukofotlari tushumi ulushining o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari (%) 1999—2004-yy. 0 10
Sug‘urta bozorining turlari va ularga umumiy tavsifnoma 5 8 hududidagi sug‘urta muassasalarini va ularning faoliyatini o‘z tarkibiga oladi. Jahondagi eng yirik milliy sug‘urta bozori Ame- rika Qo‘shma Shtatlaridir. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda yig‘iladigan sug‘urta tushumlarining 43 foizdan ortig‘i AQSH hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu yerda hayotni sug‘urta qiluvchi 2600 dan ortiq va boshqa umumiy turdagi sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatuvchi 3800 ta kompaniya faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan ba’zi birlari dunyo sug‘urta bozorida ham oldingi o‘rinlardadir. Masalan, «Prudenshial of Amerika» kompaniyasi mamlakat ichki bozorida birinchi va 1992-yil boshida mavjud aktivlari, to‘plagan sug‘urta mukofotlari bo‘yicha uchinchi o‘rinni egalladi. Mintaqaviy sug‘urta bozori deganda savdo, iqtisodiy va boshqa jihatlardan o‘zaro yaqin munosabatda bo‘lgan bir nechta mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Yevropa Ittifoqining sug‘urta bozori yirik mintaqaviy bozordir. Xalqaro sug‘urta bozori sifatida dunyo miqyosida sug‘urta faoliyatini olib boruvchi alohida mamlakatlarning ichki bozori tushuniladi. Jumladan, hozirgi vaqtda Yaponiya sug‘urta bozorining xalqaro darajada muhim o‘rni bor va keyingi o‘n yillikda Yaponiya sug‘urtachilari dunyo bozorida yetakchilik qilib kelishmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, 1992-yili jahondagi eng yirik 20 ta hayotni sug‘urta qiluvchi kompaniyalar ichida 9 tasi yoki 45 foizi Yaponiyaga tegishlidir. Bu kompaniyalarning moliyaviy salohiyati 869 mlrd dollar miqdorida baholangan. Sug‘urta bozorlari hududiy bo‘linish bilan bir qatorda sug‘urta turlariga qarab ham xilma-xil bo‘lishi mumkin. Iqtisodi rivojlangan mamlakatlar amaliyotida sug‘urta bozori ikkiga bo‘linadi: 1) hayotni sug‘urta qilish bilan bog‘liq sug‘urta xizmatlari bozori; 2) umumiy sug‘urta xizmatlari bozori. Nazorat va muhokama uchun savollar: 1. Sug‘urta bozori deganda nimani tushunasiz? 2. Sug‘urta bozorida raqobat qanday amalga oshiriladi? 3. Sug‘urta bozorida xizmatlarni sotib olishning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating. 4. Sug‘urta bozori qatnashchilariga ta’rif bering. 5. Sug‘urtalanuvchilarni potensial sug‘urtalanuvchilardan farqli tomonlarini ko‘rsating. 6. Sug‘urta brokeri nima va uning funksiyalari haqida tushuntirish bering. 5 9 7. Qayta sug‘urtalovchi kompaniyalarni oddiy sug‘urta kompaniyalardan qanday farqlash mumkin? 8. Sug‘urta bozorini sug‘urta operatsiyalari turiga qarab qanday guruhlash mumkin? 9. Xalqaro sug‘urta bozori va uning qatnashchilari kim? 10. Milliy sug‘urta bozorini mintaqaviy sug‘urta bozoridan qaysi xususiyatlariga ko‘ra ajratish mumkin? 9-mavzu. O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirishning hozirgi holati Sug‘urta mukofotlari tushumining YAIMdagi salmog‘i dinamikasi. Sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitali va tashkiliy-huquqiy shakllariga ko‘ra guruhlanishi. Sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta qoplamalari ko‘rsatkich- larining tahlili. Sug‘urta shartnomalari va majburiyatlari ko‘rsatkichlarining tahlili. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar subyektlarning sug‘urtaga bo‘lgan munosabatlarini ham tubdan o‘zgartirib yubordi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida sug‘urta rivoji uchun zaruriy obyektiv shart-sharoit yuzaga keldi. Bugungi kunda, bir tomondan, O‘zbekistonda sug‘urta katta imkoniyatlarni o‘zida mujassam etgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtaga bo‘lgan talabi ham ortib bormoqda. Ammo, shuni alohida ta’kidlash lozimki, respublikada sifatli sug‘urta xizmatini ko‘rsatishga bo‘lgan talab sust qondirilmoqda. Buning dalili sifatida 1999—2004-yillar davomida O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari uchun undirilgan mukofotlar summasi hajmining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog‘i hamon past darajada ekanligini qayd etish mumkin (1-diagramma). Mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmidagi sug‘urta mukofotla- ri ulushi 1999-yilda 0,23 foiz bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2000— 2003-yillarda mos ravishda 0,26; 0,37; 0,47; 0,58 foizlarni tashkil etgan, ya’ni u barqaror o‘sgan. 2004-yilda bu ko‘rsatkich 0,69 foiz bo‘lganligi yoki oldingi yilga nisbatan 11 punktga o‘sganligiga qaramasdan, uning ulushi ancha pastligicha qolmoqda. Sug‘urta mukofotlari tushumining YAIMdagi salmog‘i dinamikasi 6 0 Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, sug‘urta mukofotla- rining qator mamlakatlar yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i ham turlichadir. Masalan, bunday holatni Osiyo mamlakatlari misolida ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Janubiy Koreya va Yaponiyada uning salmog‘i yalpi ichki mahsulot hajmida eng yuqori 12—15 foizlar atrofida bo‘lsa, ayrim (Saudiya Arabistoni, Eron, Quvayt, Pokiston, Oman va boshqa) mamlakatlarda u 0,4—2,0 foizlar darajasidadir. Osiyoning ayrim mamlakatlarida sug‘urta faoliyati rivojlani- shi ko‘rsatkichlariga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, hayot sug‘urtasi bo‘yicha mukofotlarning eng yuqori o‘sishi Xitoy (12,8%) va Janubiy Koreya (12,1%) kabi mamlakatlar hisobiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, hayot sug‘urtasidan boshqa sug‘urta bo‘yicha mukofotlarning o‘rtacha o‘sishi Xitoy (25,1%), Indoneziya (18,5%), Malayziya (14,0%), Tayvan (12,7%) kabi davlatlarda birmuncha yuqori bo‘lganligi kuzatildi. Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Kanada kabi davlatlarda sug‘urta faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari yuqoriroq bo‘lib, sug‘urta mukofotlarining yalpi ichki mahsulotdagi salmog‘i o‘rtacha 6,2—11,3 foiz darajasida bo‘lsa, ayni vaqtda Polsha, Italiya, Vengriya, Chili, Chexiya, Braziliya, Rossiya kabi davlatlarda bu ko‘rsatkich 1,3—5,6 foizni tashkil etgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yillik sug‘urta mukofotlari (AQSH dollari hisobida) Shveysariyada 2894,5; 1-diagramma Sug‘urta_mukofotlarining_O‘zbekiston_yalpi_ichki_mahsulotidagi_salmog‘i'>Sug‘urta mukofotlarining O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi salmog‘i Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblab chiqilgan. 6 1 AQSHda 2280,0 dollar miqdorida bo‘lsa, bu ko‘rsatkich Polshada eng past, ya’ni 5,5 dollar darajasida bo‘lganligini qayd etish lozim. Dunyo hududlari bo‘yicha undirilgan sug‘urta mukofotlar ko‘rsatkichlariga asoslanib, shuni ta’kidlash mumkinki, keyingi yillarda Yevropa va Shimoliy Amerikada ular barqaror o‘sish an’anasiga ega bo‘lgan. Boshqa hududlarda, xususan, Osiyoda jamlangan sug‘urta mukofotlari hajmi nisbatan barqaror bo‘lmagan. Sug‘urta mukofotlari undirilishiga ko‘ra, xalqaro sug‘urta bozoridagi ulush ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH (32,35%), Yapo- niya (23,0%), Buyuk Britaniya (7,48%), Germaniya (6,4%), Fran- siya (6,1%) kabi davlatlar an’anaviy ravishda yetakchilik mavqeyini saqlab qolmoqda. Dunyoning transnatsional xarakterdagi eng yirik sug‘urta kompaniyalari qator yillar davomida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatib kelgan bo‘lsalar, hozirgi globallashuv sharoitida ularning reyting ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Shu o‘rinda, xalqaro sug‘urta sohasi uchun 2001—2002-yillar eng omadsiz kechganligini ta’kidlash lozim. Xususan, 2000-yilda «Forbes Global 500» tomonidan qayd etilgan 47 sug‘urta kompaniyasining faqat 28 tasi 2001-yilda o‘z reyting ko‘rsatkich- larini saqlab qola olgan. Mazkur reyting ko‘rsatkichlarida qayd etilgan sug‘urta kompaniyalarining umumiy daromadlari 783 mlrd dan 689 mlrd ga, ya’ni 94 mlrd dollarga yoki oldingi yilga nis- batan 88,0 foizga kamaygan. «Forbes Global 500» ma’lumotlariga asoslanib, 2002-yilda ham deyarli barcha katta sug‘urta kompaniyalari daromadlarining kamayganligini ta’kidlash mumkin. Xususan, Yevropa sug‘urta kompaniyalarining yozgi suv toshqinlari oqibatida ko‘rilgan zararlar yuzasidan katta hajmdagi qoplama to‘lovlarini amalga oshirishlariga to‘g‘ri kelganligi ularning faoliyatlarini takomillashtirish masalasini dolzarb qilib qo‘ydi. Mamlakatimizda sug‘urta faoliyatini rivojlantirishga bo‘lgan talabdan kelib chiqib, 1996—1997-yillar davomida kuchli sug‘urta tashkilotlarining yuzaga kelishi, ayniqsa, davlat kapitali ishtirokidagi ixtisoslashgan katta sug‘urta kompaniyalarining faoliyat ko‘rsatishlarini yo‘lga qo‘yish bu soha rivojida samarali rol o‘ynadi. Xususan, eksport-import operatsiyalari — «O‘zbek- invest» EIMSK, qishloq xo‘jalik tovar ishlab chiqaruvchilari 6 2 risklari — «O‘zagrosug‘urta» DASK, kichik va o‘rta biznes risklari «Madad» SA kabi sug‘urta tashkilotlari tomonidan ishonchli da- rajada sug‘urtalanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 8- iyundagi «Sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan boshqarish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi 286-sonli Qarorida qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, sug‘urta munosabatlari subyektlarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Davlat sug‘urta nazorati (Davsug‘nazorat) inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan sug‘urtani rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi Mo- liya vazirligi hay’atining 1999-yil 12-maydagi 3/3-sonli Qarori bilan tasdiqlandi hamda hayotga tatbiq etildi. Shuningdek, O‘zbekistonda 2002-yil 28-maygacha amalda bo‘lib kelgan «Sug‘urta to‘g‘risida»gi Qonun chet ellik investor- lar mablag‘larini mamlakatimiz sug‘urta sohasiga joylashtirishla- ri uchun shart-sharoitni ham yuzaga keltirganligi o‘zining ijobiy samarasini berdi. Xususan, «O‘z-AIG», «Transinsurance», «ALSKOM» kabi sug‘urta tashkilotlari faoliyatlari bunga misol bo‘la oladi. Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatib kelgan sug‘urta tashkilotlarining 2003-yilning avgustiga qadar ustav fondi miqdori ham turlicha bo‘lganligini ta’kidlash lozim. Bu masalada mamlakatimizda amalga kiritilgan qonunda «sug‘urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida to‘qson foizi muassislarning (ishtirokchilarning) pul mablag‘laridan shakllantiriladi. Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘- lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sug‘urtalovchining ustav fondi litsenziya olinadigan paytga qadar sug‘urtalovchining muassislari tomonidan to‘langan bo‘lishi kerak» 1 ligi ta’kidlangan. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlarining ustav fondi miqdori yildan yilga ortib bormoqda. Xususan, 2002- Sug‘urta kompaniyalarining ustav kapitali va tashkiliy-huquqiy shakllariga ko‘ra guruhlanishi 1 O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 12-modda. 6 3 yilning yanvar oyi holati bo‘yicha ustav fondi kattaligiga ko‘ra sug‘urta kompaniyalari, shartli ravishda (2-diagramma): kichik (10 mln so‘mgacha), o‘rta kattalikdagi (500 mln so‘mgacha) va katta (500 mln so‘mdan ko‘p bo‘lgan) uchta guruhdan tashkil topgan edi hamda jami kompaniyalar tarkibida mos ravishda kichik kompaniyalar 47,0 o‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar 42,0, katta kompaniyalar 11,0 foiz salmoqni tashkil etganligini ta’kidlash mumkin. 2-diagramma O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining ustav fondi hajmiga ko‘ra guruhlanish ko‘rsatkichlari (% da) (2002-y. yanvar) (2003-y. yanvar) 11% 42% 47% 10% 20% 70% — katta kompaniyalar — o‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar — kichik kompaniyalar Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan. Mamlakatimiz sug‘urta kompaniyalarining ustav fondi katta- ligiga ko‘ra, guruhlashning 2003-yil yanvar oyi ko‘rsatkichlarida, mos ravishda, kichik kompaniyalar (ustav fondi kattaligi 100 mln dan 500 mln gacha) 70,0; o‘rtacha kattalikdagi kompaniyalar (ustav fondi kattaligi 500 mln dan 1 mlrd gacha) 20,0; katta kompaniyalar (ustav fondi kattaligi 1 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lgan) 10,0 foiz bo‘lganligi aniqlandi. Shuni ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish borasida moliyaviy jihatdan kuchli hisoblanadigan uchinchi guruh kompaniyalari salmoqli o‘ringa ega bo‘lganliklari ko‘zga tashlandi. O‘zbekistonda 2002-yil may oyigacha amal qilinib kelgan sug‘urta qonunchiligida sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy-huquqiy shakllari ham to‘liq bayon qilib berilmagan edi. Bu masalaning, 6 4 bizning nazarimizda, bir tomondan, sug‘urtachi subyektlar uchun dolzarbligidan, ikkinchi tomondan, sug‘urta faoliyati respublikamizda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ham o‘zida aks ettirishidan; sug‘urta tashkilotlarining o‘z zimmalariga olgan majburiyatlari to‘liq yoki qisman bajarilmasligi esa, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida salbiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkinligidan kelib chiqib, yangi qonunda sug‘urtachilarni tuzish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi modda kiritilgan va unda «sug‘urtalovchilar qonunlarda nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tuziladi. Sug‘urtalovchilarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi» 1 deb ta’kidlangan. Mamlakatimiz sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy shakllari va ta’sischilari tarkibini (3-diagramma) o‘rganish shuni ko‘rsatmoqdaki, 2003-yilning sentabr holatiga ko‘ra, ular aksionerlik kompaniyalar (44,0%), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (55,0%) va boshqa tashkiliy shakllarda (1,0%) faoliyat yuritgan, ularning ustav fondlarini shakllantirishda yuridik shaxslarning mablag‘laridan keng foydalanilgan. 3-diagramma O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta tashkilotlarining tashkiliy shakllari ta’sischilari tarkibi % 2003-y. sentabr sug‘urta kompaniyalari boshqa tashkilotlar banklar jismoniy shaxslar Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan. 1 O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, 11-modda. 6 5 Ularning ta’sischilari tarkibida banklar 62,2; sug‘urta tashkilotlari 16,7; jismoniy shaxslar 4,6 va boshqa ta’sischilar 16,5 foiz ulushlarga egadir. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, mazkur ta’sischilarning iqtisodiy holatidagi o‘zgarishlar sug‘urta tashkilotining ahvoliga amaliy jihatdan salbiy ta’sir etmagan. O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlari jami ustav fondining keltirilgan yillardagi holati (4-diagramma) tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, 1999- yilda bu ko‘rsatkich 6,7 mlrd so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2000- yilda oldingi yilga nisbatan qariyb 6,0; 2001-yilda 2000-yilga nisbatan yaqin 15,5; 2002-yilda oldingi yilga nisbatan 1,2; 2003-yil yakuniga ko‘ra, 2002-yilga nisbatan 24,1 foizga o‘sganligini yoki 1999-yilga nisbatan o‘sish 53,7 foizdan ortiqroq bo‘lganligini ta’kidlash lozim. 4-diagramma O‘zbekiston sug‘urta tashkilotlarining jami ustav fondidagi o‘sish ko‘rsatkichlari (mlrd so‘mda) 1999—2004-yy. 6,7 7,1 8,2 8,3 8,3 11,4 0 2 4 6 8 10 12 1999 2000 2001 2002 2003 2004 y i l l a r Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan. O‘zbekistonda sug‘urta tashkilotlari xuddi banklardagi kabi ustav fondining pul ko‘rsatkichi nisbatining minimal hajmining aniq belgilab qo‘yish talabidan kelib chiqib, O‘zdavsug‘nazorat tomonidan qonunchilik loyihasini ishlab chiqish sa’y-harakati natijasida Moliya vazirligi tomonidan 1999-yilning 11-mayida qabul qilingan 31-sonli va Adliya vazirligi tomonidan o‘sha yilning 4-iyunida 739-son bilan ro‘yxatga olingan muvaqqat (vaqtinchalik) Nizomga muvofiq 2000-yilning 1-yanvaridan boshlab sug‘urta kompaniyalarining tez sotiladigan aktivlari hajmining me’yori 75 5 — Sug‘urta ishi 6 6 ming AQSH dollariga (hisobot muddatida Markaziy bank tomonidan belgilangan kursga ko‘ra) ekvivalent bo‘lgan summadan kam bo‘lmasligi belgilab qo‘yilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27- noyabrdagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to‘g‘risida»gi 413-sonli Qarorida sug‘urtachi subyektlarning tarmoqlar bo‘yicha ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtachilarning ustav fondining eng kam miq- dori 1 aniq, ya’ni 2003-yilning 1-avgustiga qadar: — hayotni sug‘urta qilish tarmog‘ida ixtisoslashayotgan sug‘ur- tachilar uchun — 250 ming AQSH dollariga; — umumiy sug‘urta tarmog‘iga ixtisoslashayotgan sug‘urtachilar uchun — 150 ming AQSH dollariga; — qayta sug‘urta qilish faoliyatiga ixtisoslashayotgan sug‘ur- tachilar uchun (agar faoliyat faqat qayta sug‘urta qilish bo‘lsa) — 2 mln AQSH dollariga; —majburiy sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtachilar uchun ustav fondining eng kam miqdori 500 ming AQSH dollariga teng miqdordagi summalarda bo‘lishi ta’minlanishi qat’iy belgilanganligi oqibatida sug‘urta tashkilotlarining soni 1/3 ga qisqardi. Mamlakatimiz sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘lamlariga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi. Bu ularning menejment va marketing bo‘yicha imkoniyatlari, ya’ni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashuvchanligi turlicha ekanligi bilan izohlanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, litsenziyaga ega bo‘lgan sug‘urta tashkilotlarining 3/5 qismida ustav fondi belgilangan eng kam miqdori darajasida bo‘lsa, ularning faqat 1/3 qismi majburiy sug‘urtani amalga oshirish imkoniyatini beruvchi kapital miqdoriga egadir. Ta’kidlash lozimki, mamlakatimiz sug‘urta tashkilotlarining kapital ta’minotidagi bu ko‘rsatkichlar, ularning hajmi katta bo‘lgan risklarni sug‘urtalash imkoniyatlarini cheklaydi. Sug‘urtaga bo‘lgan talab darajasi mamlakatning iqtisodiy holati bilan o‘zaro bog‘liqlikda kechadigan jarayondir. Shu nuqtayi nazardan yondashadigan bo‘lsak, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan Sug‘urta mukofotlari tushumi va sug‘urta qoplamalari ko‘rsat- kichlarining tahlili 1 Qarang:O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27- noyabrdagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 413-sonli Qarori. 6 7 sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi 2000- yilda 1999-yilga nisbatan 74,0 foizdan ko‘proq miqdorda ortgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2001-yilning yakuniga ko‘ra, 16,2 mlrd so‘mni tashkil etganligi yoki 1999-yilga nisbatan 3,4 baravar o‘sganligi, 2002-yilda oldingi yilga nisbatan o‘sish 33,1 foizni tashkil etganligi, 2003-yilda oldingi yilga nisbatan 21,3 foizga ortganligi yoki 26,3 mlrd so‘m darajasida bo‘lganligi, 2004-yilda esa 32,9 mlrd so‘m darajasida bo‘lganligi yoki oldingi yilga nisbatan 25,1 foizga ortganligi aniqlan- di. Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, keltirilgan yillarda sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta mukofotlarini yig‘ish hajmining o‘sishi barqarorlik xususiyatiga egadir. Sug‘urta tashkilotlari tomonidan 1999—2003-yillar bo‘yicha jamlangan jami sug‘urta mukofotlarining (5-diagramma) o‘rtacha 65 foizidan ko‘prog‘i asosan ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi hisobiga to‘g‘ri kelgan, ya’ni ularning sug‘urta portfeli asosan ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi hisobiga shakllantirilgan. 5-diagramma Sug‘urta mukofotlari tushumi ulushining o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining rivojlanish ko‘rsatkichlari (%) 1999—2004-yy. 0 10 20 30 40 50 60 70 1999 2000 2001 2002 2003 2004 Yillar Sug‘urta tarmoqlari 1999 2000 2001 2002 2003 2004 Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta 9,3 8,8 6,9 7,4 5,6 5,0 Ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi 51,8 60,2 66,3 72,3 77,7 79,8 Ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi 2,8 2,4 5,0 4,4 4,5 4,6 Majburiy sug‘urta 36,1 28,6 21,8 15,9 12,2 10,6 Manba: O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan. 6 8 Keltirilgan yillarda sug‘urta mukofotlari tushumining o‘sish ko‘rsatkichlarida ham ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasining ulushi ortgan. Bu ko‘rsatkichning 1999-yilda umumiy mukofot tushumidagi ulushi 51,8 foiz darajasida bo‘lganligi, shuningdek, 1999-yilga nisbatan 2000—2003-yillarda uning o‘sishi, mos ravishda, 16,0; 28,0; 40,0; 50,0 foizlarni tashkil etganligi hamda barqaror o‘sganligi kuzatildi. Sug‘urta mukofotlari hajmi bo‘yicha bunday ko‘rsatkich ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi hamda sug‘urtaning boshqa turla- rida sug‘urta xizmatiga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasida ancha tafovut mavjudligini ko‘rsatadi. Masalan, mamlakatimizda turli mulkchilikka asoslangan iqtisodiyot ravnaqi, bir tomondan, jismoniy shaxslar mol-mulklarini ixtiyoriy sug‘urtalashning ko‘lami ortishi, ikkinchi tomondan, yuridik shaxslar uchun sug‘urta tashkilotlari tomonidan sug‘urta xizmatining yangi turlari taklif etilishi hisobiga ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasining istiqbolli im- koniyatlarini namoyon etadi. O‘zbekistonda ixtiyoriy javobgarlik sug‘urtasi ham rivojlanib bormoqda. Mazkur sug‘urtaning keltirilgan yillar davomida umumiy mukofotlar tushumidagi ulushi ortib borishi uni rivojlantirishning katta imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Shu o‘rinda, ayrim kasbiy (vrachlar, sudyalar, notariuslar va boshqalar) javobgarlik sug‘urtasini amaliyotga joriy etish samarali ekanligini qayd etish mumkin. Ixtiyoriy shaxsiy sug‘urta bo‘yicha shuni qayd etish mumkin- ki, uning mazkur yillarda 1999-yilga nisbatan salmog‘i kamayishi kuzatildi. Shuningdek, keltirilgan yillar davomida majburiy sug‘urta bo‘yicha ham mukofot tushumlari summasi kamayib borayotganligi ko‘zga tashlandi. Bu holat mamlakatimizda sug‘urta munosabatlarining erkinlashuvi jarayonida ustuvorlik ixtiyoriy sug‘urtani rivojlantirishga qaratilganligi bilan izohlanadi. Sug‘urtaning mohiyatidan kelib chiqib, shuni ta’kidlash lozimki, qoplama to‘lovlari sug‘urta hodisalari yuz bergan hollarda sug‘urta mukofotlaridan shakllantirilgan fond hisobidan to‘lanadi. Keyingi yillarda sug‘urtachilarning sug‘urta portfeli asosan zararli natijalarga olib kelmaganligini ta’kidlash o‘rinlidir. Sug‘urta qoplamasi to‘lovlari barcha sug‘urta turlari bo‘yicha keltirilgan yillarda mos ravishda 1,3; 2,7; 3,3; 2,4; 2,3 mlrd so‘mni tashkil etgan. O‘zbekistonda sug‘urta faoliyatining rivojlanishi tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, keltirilgan yillar davomida umumiy 6 9 qoplama hajmida (6-diagramma) majburiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar o‘rtacha 30,9 foizdan ortig‘roq darajada bo‘lgan. 2003— 2004-yillar ko‘rsatkichlarida ham uning salmoqli o‘rni saqlanib qolinganligini ta’kidlash mumkin. Shuningdek, 1999—2004-yil- larda mamlakatimizda ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha eng katta hajmdagi qoplama to‘lovlari amalga oshirilgan. O‘zbekistonda erkin bozor munosabatlari qaror topayotgan sharoitda ixtiyoriy sug‘urta bo‘yicha sug‘urta qoplamalari to‘lovlarining salmog‘i o‘rtacha 54,8 foizni tashkil etganligini ta’kidlash lozim. Xususan, 2000—2004-yillarda jami sug‘urta qoplamasi to‘lovlari hajmida ixtiyoriy mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha amalga oshirilgan qoplamalar o‘rtacha 58,0 foizni tashkil etganligi tahlil davomida aniqlandi. 6-diagramma Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling